Edens Zero
Edens Zero | |
---|---|
Anime logotipi | |
Rejissyor(lar) | Yusi Suzuki |
Ssenariynavis(lar) | Mitsutaka Xirota |
Bastakor(lar) | Mitsutaka Xirota |
Studiya(lar) | JCStaff |
Chiqarilgan sanasi | 11-aprel 2021-yildan — 3-oktyabr 2021-yilgacha |
Davomiyligi | 25 seriya |
Mamlakat | Yaponiya |
Tillar | yaponcha, inglizcha, ruscha |
Edens Zero (yaponcha: エデンズゼロ) – Yaponiyada ishlab chiqarilgan shu nomli mangaga asoslangan anime. Anime mangasi yozuvchi va rassom Xiro Mashima asari boʻlib, 2018-yilda Kodasha nashriyotining haftalik Shonen jurnalida chop etilgan. U jami sakkizta tankobonda birlashtirilgan[1]. 2021-yilda JCStaff studiyasi tomonidan anime seriyalari taqdim etilgan boʻlib, syo'nen, sarguzasht, komediya, fentezi, fantastika va etti kabi anime janrlarida yaratilgan[2].
Manga
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiyalik Xiro Mashima tomonidan yaratilgan Edens Zero mangasi dastlab 2018-yilning 27-iyulidan boshlab Kodansha nashriyotining Shoʻnen manga jurnalida chop etila boshlandi[3]. Keyinchalik nashriyot manga boʻlimlarini bitta tankobonda birlashtirdi. 2018-yil 14-sentyabrda esa birinchi jild chiqarildi. 2023-yil 14-sentyabr holatiga koʻra, yigirma sakkizta jild chiqarilgan. Manga seriyalari bir vaqtning oʻzida olti tilda muxlislarga taqdim etildi: ingliz, fransuz, xitoy, koreys, nemis va tay tillarida[4]. Kodashaning Shimoliy Amerikadagi boʻlimi mangani Crunchyroll Manga va Amazon Kindle kabi raqamli platformalarda taqdim etgan[5][6].
Anime
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edens Zero mangasining muallifi Xiro Mashima 2020-yilning 12-iyulida oʻzining sobiq Twitter sahifasida, mangaga asoslangan anime ishlab chiqarilishini eʼlon qildi[7]. Bu haqida toʻliqroq maʼlumot 2020-yilning 26-sentyabr kuni Tokio Game Show yarmarkasida eʼlon qilindi. JCStaff studiyasi tomonidan taqdim etilgan animega Shinji Ishihira rejissiyorlik qilga boʻlib ssenariyni Mitsutaka Xirota yozgan. Anime musiqalari muallifi Yoshihisa Hirano hisoblanadi[8]. Edens Zero animesi oʻzbek tilga ham tarjima qilingan, uni oʻn yetti yoshdan katta tomashabinlar koʻrishi tafsiya etiladi[9].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anime zulmat maʼbudi, koinot qaroqchisi boʻlmish Ziggi oʻz qaramogʻiga olgan Shiki ismli qahramon bola va uning sarguzashtlari haqida. Bir vaqtlar Sakura koinotining Granbell sayorasiga kelib qolgan Shiki, yuzlab robotlar bilan baxtli yashardi. Bir kuni sayyoralar aro sayohat qilib yuruvchi Rebeka ismli qiz Happy laqabli mushugi bilan, bikub ilovasi uchun qiziqarli maʼlumotlar toʻplash niyatida Shiki yashovchi Granbell sayorasiga uchib keladi hamda bu yerda robotlar tomonidan iliq kutib olinadi. Rebeka Shiki bilan tez fursatda doʻstlashadi. Hammasi yaxshi ketayotgan bir vaqtda robotlar birdan oʻzgarib qolishadi va sayyoradagi yagona odamlar boʻlmish Shiki va Rebekaga hujum qilishadi. Yoshligidan robotlar orasida yashagan va ular bilan qalin doʻst boʻlgan Shiki voqeadan juda hayratlanadi, ularga virus tushgan deb taxmin qiladi. Lekin robotlar faol taʼqib qilib ularga xavf tugʻdira boshlagach, Shiki Rebekaning kemasida boshqa sayyoraga ketishga majbur boʻladi. Keyinchalik esa sirlar oshkor boʻlib, robotlarning niyati odamlarni oʻldirish emas, balki Shikini bu oʻlib borayotgan sayyoradan yuz yilda birinchi marta tashrif buyurgan odam, Rebeka bilan birga ketishi uchun qilishgan boʻlib chiqadi. Robotlar bunday tomosha koʻrsatishmaganida Shiki bu sayyoradan ketishga koʻnmay buzilib borayotgan robotlarni tuzatishga urinar va keyinchalik baribir barcha robotlar buzilar hamda Shiki bu sayyorada yolgʻiz qolib ketar edi. Kosmik kemaga chiqqan qahramonlar Sakura koinotidagi sayyohlar klubi joylashgan sayyoraga yetib kelishadi va Shiki bu yerda sayyohlar gildiyasiga aʼzo boʻladi. Bu yerda sayyohlar homiysi sifatida tasvirlangan „Ona“ maʼbudni koʻrgan Shiki, uni izlashga qaror qiladi. Maʼlum boʻlishicha, Sakura koinotidan tashqari yana minglab koinotlar mavjud boʻlib, ulararo sayohat qilish uchun kattaroq va kuchli kema kerak boʻladi. Ularning baxtiga Elsi Krimson ismli kosmik qaroqchi Shikiga bobosi Ziggidan qolgan, koinotlararo uchuvchi „Edens Zero“ kemasini olib keladi. Bunday kemaga ega boʻlgan qahramonlar afsonaviy sayyohlar maʼbudi „Ona“ni izlab yoʻlga chiqishadi va turli sarguzashtlarga duch kelishadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „EDENS NO (1)“. https://kc.kodansha.co.jp/. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Edens Zero Anime Premieres on April 10“. www.animenewsnetwork.com. animenewsnetwork. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Hiro Mashima Launches New Manga on June 27, Also Plans Fairy Tail Sequel & Spinoff Manga“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Xiro Mashimaning "EDENS ZERO" so'nggi asari Weekly Magazine jurnalida chiqariladi va bir vaqtning o'zida 6 tilda dunyo bo'ylab tarqatiladi.“. natalie.mu. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „EDENS ZERO Vol. 1“. www.amazon.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Kodansha to Launch New 'K Manga' Platform in U.S. (Updated)“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Hiro Mashima's Edens Zero Manga Gets TV Anime“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Edens Zero Anime's Teaser Video Reveals More Staff“. www.animenewsnetwork.com. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Edens Zero [17+“]. amediatv.uz. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.