Kontent qismiga oʻtish

Eduard Smirnov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eduard Pavlovich Smirnov
Tavalludi 1939-yil 17-sentyabr
Fuqaroligi Moldova
Kasbi siyosatchi
Partiyasi Moldova Respublikasi Sotsialistik partiyasi

Eduard Pavlovich Smirnov (rumincha: Eduard Smirnov; 1939-yil 17-sentyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati) — Moldova Respublikasi parlamenti Sotsialistlar partiyasi deputati[1]. 2014-yil 30-noyabrdan 2015-yil 23-yanvargacha hamda 2019-yil 24-fevraldan 2019-yil 8-iyunga qadar Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

Eduard Smirnov 1939-yilning 17-sentyabrida SSSR Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatida tavallud topgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956—1961-yillar — Rossiyaning Kostroma shahridagi toʻqimachilik instituti talabasi.

1961—1963-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi gazlama fabrikasi bosh mexanigi.

1963—1969-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahar komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi.

1969—1973-yillarda — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.

1973—1977-yillar — Kishinyov shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.

1977—1991-yillar — Kishinyov partiya va sovet organlari xodimi.

1991—1995-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes sherik“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori.

1995—1999-yillar — Kishinyov meri oʻrinbosari.

1999-2007-yillar — Kishinyov shahar kengashi aʼzosi.

1999—2010-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes hamkor“ masʼuliyati cheklangan jamiyat direktori oʻrinbosari.

2013—2014-yillar — Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi raisi maslahatchisi.

2014-2015-yillar — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

2014-yil — Moldova Respublikasi parlamenti deputati.

2019-yil — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

Parlament spikerligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 30-noyabridan 2015-yil 23-yanvarigacha, yaʼni Andrian Kandu oʻz vakolatlarini topshirgunga qadar Moldova Respublikasi parlamentida Smirnov bosh deputat sifatida qonun chiqaruvchi organ spikeri vazifasini bajargan[2].

2019-yil 24-fevralidan 2019-yilning 8-iyuniga qadar Moldova Respublikasi parlamentida parlament koalitsiyasi tuzilib, Zinaida Greceanii parlamentning yangi spikeri etib saylangunga qadar Smirnov Parlamentda eng yuqori martabali deputat lavozimida faoliyat koʻrsatgan[3].

Moldova parlamentining rasmiy sayti Eduard Smirnovning tarjimai holi — Moldova tilida.

  1. „Lista candidaţilor la funcţia de deputat în Parlamentul Republicii Moldova pentru alegerile parlamentare din 30 noiembrie 2014 din partea Partidului Socialiştilor din Republica Moldova“.
  2. „Eduard Smirnov“.
  3. „Eduard Smirnov“.[sayt ishlamaydi]