Kontent qismiga oʻtish

Efemeroidlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Efemeroidlarkoʻp yillik oʻsimliklar guruhi. Yillik vegetatsiya davri qisqa. Yer ostki organlari (tuganagi, piyozboshi) bir necha yil, yer ustki organlari bir necha hafta yashaydi. Efemeroidlar bahorda gullab, meva qiladi, urugʻlari pishib toʻkiladi, tuganaklari, piyozboshlari yoki ildizpoyasi yer ostida saqlanib, yer ustki qismlari quriydi.

Efemeroidlar urugʻlari orqali va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Ular yer osti organlariga qarab tuganaklilar (burmaqora, it kuchala va boshqalar), piyozboshlilar (lola, boychechak) va ildizpoyalilar (rang, ilaq)ga ajratiladi. Efemeroidlar — qorakoʻl qoʻylarining asosiy ozigʻi. Efemeroidlar orasida gullaydigan oʻtlar (lola, zaʼfar, gulsapsar), dorivor giyohlar (piyozlar) va zaharli koʻkatlar (kuchalalar) bor. Efemeroidlarni ikki guruh (qurgʻoqchil hududlar efemeroidlari va oʻrmonli hududlar efemeroidlari)ga ajratiladi.