Kontent qismiga oʻtish

Egamnazar Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Egamnazar Muftillaevich Akbarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 18-iyul 1973-yil (1973-07-18) (51 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Faol tomoni 2007-yil
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Venchjou 1999 73kg gacha
Bronza Olmaota 2004 73kg gacha
Bronza Kuvayt 2007 81kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Pusan 2002 73kg gacha
Universiada
Oltin Pekin 2001 73kg gacha

Egamnazar Muftillaevich Akbarov(1973-yil 18-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek dzyudochisi, 73 va 81 kilogrammgacha vazn toifalarida ishtirok etgan. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi va Osiyo chempionatlari sovrindori, Jahon Universiadasi sovrindori.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akbarov Egamnazar 1998-yildan buyon xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 1999-yilda Venchjouda (Xitoy) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi[1]. 2001-yilda u Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 73 kg gacha vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Choi Yong-sinni magʻlub etib, Universiada chempioni boʻladi[2][3]. 2002-yilda Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻladi[4]. 2002-2003-yillarda Yaponiyadagi xalqaro turnirda bronza medallarini olishga muvaffaq boʻladi.

2003-yilda Osaka shahrida (Yaponiya) dzyudo boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 73 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u faqat beshinchi oʻrinni egallab, bronza medalini oladi. 2004-yilda Akbarov Egamnazar Olma-Otada (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi[5]. U Afinada (Gresiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida birinchi davradayoq kamerunlik dzyudochi Bernard Mvondo-Etogga magʻlub boʻladi[6]. Sportchimiz Chirchiq shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 81 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida 81 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida bronza medalini olishga musharraf boʻladi.

Akbarov Egamnazar 2006-yilda Qozogʻistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda 81 kg vazn toifasida birinchi oʻrinni egalladi[7]. 2007-yilda esa Quvaytda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 81 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritadi[8]. U Rio-de-Janeyroda (Braziliya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilayotgan jahon chempionatida 81 kilogramm vazn toifasida 1/32 finalda shveysariyalik Kristof Kellerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi. Shundan keyin u sportdagi faoliyatiga nuqta qoʻyadi.

  1. „JudoInside - Asian Championships Wenzhou Event“. www.judoinside.com. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  2. „Roundup: China Wins 6 Titles as 7 Countries Strike Gold in Pool“. web.archive.org (2014-yil 15-dekabr). 2014-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  3. „УНИВЕРСИАДА“ (ru). sport-express.ru. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  4. „Wayback Machine“. web.archive.org (2013-yil 5-oktyabr). 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  5. „Results of 2004 Asia Championship“. web.archive.org (2014-yil 12-sentyabr). 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  6. „Men's 66-73kg judo results“ (2004-yil 12-avgust). 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  7. „Спор ведут дзюдоисты“ (ru). UzReport.news. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  8. „Wayback Machine“. web.archive.org (2008-yil 4-may). 2008-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.