Kontent qismiga oʻtish

Elektrli ilonbaliq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Elektrli ilonbaliqning umumiy koʻrinishi

Elektr ilonbaliq – Asosan Janubiy Amerikaning tropik mintaqasidagi chuchuk suvda yashovchi elektrli baliqlar oilasiga mansub tur hisoblanadi. Ular oʻz oʻljasini 860 voltgacha elektr toki hosil qilish orqali zarba berib karaxt qilish xususiyatiga egadir. Bu ilon baliqlarning, elektr ishlab chiqarish qobilyati birinchi bor 1775-yilda oʻrganilgan, Ushbu oʻrganishlar 1800-yilda birinchi elektr batareylari yaratilishiga zamin ochib berdi. [1]Nomi ilonbaliq boʻlishiga qaramay, elektr ilonbaliqlar haqiqiy ilonbaliqlarga yaqin emas. 2019-yilda elektr ilonbaliqlar uch turga boʻlindi: 2 asr davomida ushbu baliqlar faqat bir turga mansub deb qaralgan. Ushbu ilonbaliqlar koʻrish xususiyatiga ega, ammo oʻz oʻljasini elektolokatsiya orqali oson topib olishadi . Elektrli ilonbaliqlar asosan tunda oʻta faol boʻlishadi. Elektr ilonbaliqlar butun hayoti davomida oʻsadi va umurtqa pogʻonasiga umurtqa qoʻshilib boradi. Erkaklari urgʻochilariga qaraganda kattaroq boʻladi. Ularning baʼzi xonakilashtirilgan namunalari ham boʻlgan va ular 20 yildan ortiq xayot kechirgan.[2]

Yashash tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektr ilonbaliqlar kam yogʻin tushadigan mavsumda, asosan sentyabrdan dekabrgacha koʻpayadi. Bu vaqtda erkak-urgʻochi juftlari suv sathi tushganidan keyin kichik hovuzlarga suzib oʻtishadi. Erkak suv ostida uya quradi va uyada urgʻochi urugʻlanish uchun taxminan 1,200 ta tuxum qoʻyadi. Urugʻlar yetti kun ichida ochiladi va onalar butun koʻpayish mavsumi davomida vaqti-vaqti bilan tuxum qoʻyishda davom etishadi. [3]Tuxumdan chiqqan lichinkalar 15 mm ga yetgach, hali ochilmagan tuxumlarni isteʼmol qilishadi va 9 sm ga yetgach, boshqa ovqatlar bilan oziqlanishni boshlashadi. Elektr ilonbaliqlar jinsiy dimorfizmga ega boʻlib, erkaklar 1.2 m uzunlikka yetganida jinsiy yetuklikka erishadi va urgʻochilardan kattaroq boʻladi; urgʻochilar tana uzunligi taxminan 70 sm boʻlgandada koʻpayishni boshlaydiKichik ilonbaliqlar 4 oy davomida ota ona qaramogʻida boʻlishadi. Erkak ham bolalarini, ham uyani himoya qiladi. Elektr hosil qilish organi rivojlangan baliqlar mustaqil hayot kechira boshlashadi .Ularning elektr organlari tana uzunligi 23 sm ga yetganda elektr toki ajratishni boshlaydi.[4]

Elektr ilon baligʻini elektr toki orqali oʻljaga zarba berishi

Janubiy Amerikaning shimoliy qismida asosan uch tur bir-biriga mos kelmaydigan tarqalishga ega. E. electricus shimolda, faqat Guiana qiyaligi hududlarida uchrasa, E. voltai janubda, Braziliya qiyaligidan shimolga qarab tarqalgan; ikkala tur ham togʻli suv havzalarida yashaydi. E. varii markaziy hududda, asosan pasttekisliklarda qoʻnim topgan.[5] E. varii pasttekislik hududi oʻzgaruvchan muhitga ega boʻlib, yashash joylari soylar, oʻtloqlar va jarliklardan tortib, hovuzlargacha, nam va quruq mavsumlar orasida suv sathining katta oʻzgarishlari bilan ajralib turadi. Ularning barchasi loyqa daryo tubida va baʼzida botqoqlarda yashaydi, chuqur xafsiz joylarni afzal koʻradi. [6] Ular uzoq vaqt kislorodsiz yashay olish xususiyatiga ham egadir, vaqti vaqti bilan suv yizasiga chiqib havo qopchalarini toʻldirib olishadi. Elektr ilonbaliqlar tungi jonzot hisoblanadi. Ular asosan mayda baliqlar bilan oziqlanishadi, olimlar tomonidan ushlangan bir namunasi tekshirilganda, oshqazonidan zaharli amfibiya qoldiqlari aniqlangan. Bu ularni oʻziga xos imunitet xosil qilganini koʻrsatadi. Elektrli ilon baliqlar toʻda boʻlib ov qilishi olimlar tomonodan isbotlangan.[7]

  1. de Santana, C. D.; Vari, R. P.; Wosiacki, W. B. (2013). "The untold story of the caudal skeleton in the electric eel (Ostariophysi: Gymnotiformes: Electrophorus)". PLOS ONE 8 (7): e68719. doi:10.1371/journal.pone.0068719. PMID 23894337. PMC 3722192. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3722192. 
  2. Van der Laan, Richard; Eschmeyer, William N.; Fricke, Ronald. Zootaxa: Family-group names of Recent fishes. Auckland, New Zealand: Magnolia Press, 11 November 2014 — 57-bet. ISBN 978-1-77557-573-3. 
  3. Bastos, Douglas Aviz. História Natural de Poraquês (Electrophorus spp.), Gymnotiformes: Gymnotidae (pt). Manaus: Instituto Nacional de Pesquisas da Amazônia (PhD Thesis), November 2020 — 10, 60, 63, and throughout-bet.  Abstracts in English.
  4. Ferraris, C. J. Jr; de Santana, C. D.; Vari, R. P. (2017). "Checklist of Gymnotiformes (Osteichthyes: Ostariophysi) and catalogue of primary types". Neotropical Ichthyology 15 (1). doi:10.1590/1982-0224-20160067. 
  5. Xu, Jun; Cui, Xiang; Zhang, Huiyuan (18 March 2021). "The third form electric organ discharge of electric eels". Scientific Reports 11 (1): 6193. doi:10.1038/s41598-021-85715-3. PMID 33737620. PMC 7973543. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7973543. 
  6. Williamson, Hugh (1775). "Experiments and observations on the Gymnotus electricus, or electric eel". Philosophical Transactions of the Royal Society 65 (65): 94–101. doi:10.1098/rstl.1775.0011. https://royalsocietypublishing.org/doi/epdf/10.1098/rstl.1775.0011. 
  7. Kramer, Bernd „Electric Organ; Electric Organ Discharge“, . Encyclopedia of Neuroscience Marc D. Binder: . Berlin, Heidelberg: Springer, 2008 — 1050–1056-bet. ISBN 978-3-540-23735-8.