Kontent qismiga oʻtish

Elektrokar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Elektrokar (elektro.. va ing. sag — arava) — akkumulyatorlar batareyasadan tok olib ishlaydigan gʻildirakli (relssiz) oʻziyurar ixcham yuk mashinasi. E. shassi, akkumulyatorlar batareyasi, kuch va kommutatsiya elektr jihozlari va tortish elektr dvigatelidan iborat. Tezligi — 20 km/soat gacha. Unda 100 t gacha yuk tashish mumkin. E.ning platformasi koʻtaribtushiriladigan va koʻtarilmaydigan turlari bor. Uni haydovchi oʻrindiqqa oʻtirib yoki tik turgan holda boshqaradi.

Elektr mashinasi-ichki yonish dvigatelidan ko'ra mustaqil elektr manbalaridan (batareyalar, yoqilg'i xujayralari, kondansatörler va boshqalar) ishlaydigan bir yoki bir nechta elektr motorlar bilan ishlaydigan mashina. Elektr avtomobil ichki yonish dvigateli va elektr uzatish bilan bir qatorda trolleybuslar va tramvaylardan ajralib turishi kerak. 2020-yilda elektr dvigatelli avtomobillarning ulushi dunyodagi jami avtomobillarning 0,7% ni tashkil etdi

E. sanoat korxonalari, savdo tarmoqlari, temir yoʻl stansiyalari, dengiz portlari va aeroportlarda ishlatiladi. E.ning dasturli (kompyuter orqali) boshqariladigan (haydovchisiz) turlari ham yaratilgan.