Kontent qismiga oʻtish

Elin Hilderbrand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elin Hilderbrand — amerikalik romantika janridagi romanlar yozuvchisi. U dunyoga mashhur nashriyotlarda eʼtirof etilgan, jumladan The New York Times nashri yozuvchini taʼkidlab, uni „The queen of summer beach read“ deb atagan. New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida ketma-ket 11 ta kitobi bilan mashhur boʻgan Hilderbrand romanlarida asosiy eʼtiborni sevgi afsonalari, doʻstlik va baʼzan fojialarga qaratgan.

Elin Hildeerbrand vafotiga qadar jami 23 ta ishqiy roman va bir nechta novellalar yaratgan. ,,Qishki boʻronlar"(2017-yil) ,,Summerland" (2012-yil) ,,Kumush qiz" (2011-yil) kabi asarlari ayniqsa ommalashgan.

Yozuvchi 1969-yilda Pensilvaniya shtatining Kollejvil shahrida tugʻilgan. 16 yoshligida otasi samolyot halokatida vafot etgunga qadar u har yozni Cape Codda oʻtkazdi, „toʻlqinlar pastligida futbol oʻynadi, qisqichbaqalar uchun hovuz qazdi, qirgʻoqdan yogʻoch salga suzdi“. 2014-yilda koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilgandan soʻng, u oʻsha yili ikki marta mastektomiyani boshidan kechirdi. Massachusets umumiy kasalxonasida davolangandan soʻng bu kasallik haqida omma oldida gapirishdan tashqari, unga chalingan ayollarni tajribalari bilan oʻrtoqlashishga taklif qiladigan ,,MamaStrong" jamiyatini tuzdi. Hilderbrandning nashriyoti bu borada oʻz hikoyasini yuborgan har bir ayolga muallifning kitoblaridan bir quti yuboradi. Bundan tashqari, Hilderbrand koʻkrak bezi saratoni tadqiqot jamgʻarmasining Bostondagi uchrashuvlarida qatnashib, ommaviy nutq soʻzladi. Turmush oʻrtogʻi Chip Cunningham bilan 1995-yilda turmush qurgan va uch farzand koʻrishgan.

Elin Hilderbrand Iova universitetidagi Yozuvchilar boʻlimida o‘qituvchi va yozuvchi sifatida ishlagan. U mukammal yozuvchi boʻlishdan oldin mahalliy gazeta uchun tasniflangan reklamalar yozgan. Uning ilk romanlari St. Martin matbuotida chop etilgan. 2008-yilda nashr etilgan „Yozgi ish“ asari bilan boshqalar eʼtiborini qozondi. Uning aksariyat asarlari Nantucketda yaratilgan boʻlib, ijodkor atrofidagi goʻzallikni asarlariga singdirishga harakat qiladi. Otasining oʻlimidan soʻng esa yozni fabrikada ishlash bilan oʻtkazishga majbur boʻlgan.

Uning „Yalang oyoq“ kitobi 2008-yilda „Yilning romantik romani“ nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.

Yugurish Velosipedda yurish

  • ,,Plyaj klubi"(2019)
  • ,,Orol" (2012)
  • ,,Mukammal juftlik"(2018)
  • ,,Moviy Bistro"(2010)
  • ,,Yoz odamlari"(2010)
  • ,,Goʻzal kun" (2014)
  • ,,Qish koʻchasi"(2015)
  • ,,Mish-mish"(2016)
  • ,,Nantucket kechalari"(2010)
  • ,,Sevgi fasli"(2010)