Elvis Stojko
Elvis Stojko | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Elvis Stojko |
Davlat | Kanada |
Murabbiyi | Uschi Keszler |
Oldingi murabbiylari | Dug Lee |
Elvis Stojko (talaffuzi: Elvis Stoyko; 1972-yil 22-mart, Nyumarket, Ontario) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan kanadalik figurali uchuvchi. Ikki karra Olimpiya kumush medali sovrindori, uch karra jahon chempioni, yetti karra Kanada chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991—1993-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilgi Jahon chempionatida Stoyko 4 sakrashli tryukni muvaffaqiyatli bajargan birinchi konkida uchuvchisi boʻlgan, hakamlar mahorati uchun past baho berganligi sababli atigi oltinchi oʻrinni egallagan. Stoyko 1992-yilda jahon chempionatida birinchi marta medal sohibiga aylanadi[1].
1994—1998-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilgi Jahon chempionatida Stoyko har ikkala dasturda gʻolib chiqqan, erkin dasturda 6,0 ball toʻplab birinchi marta jahon chempioni boʻlishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qisqa dasturdagi chiqishdan soʻng u ikkinchi oʻrinni egalladi (uning asosiy raqobatchilari (Kurt Brauning, Briaan Boitano va Viktor Petrenko) oʻz dasturlarida xatolikka yoʻl qoʻydilar).
Stojko 1994—1995-yilgi mavsumni Kanada chempionati vaqtida jarohat olib boshlagan. Shunga qaramay, u 1995-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Qisqa dasturdan soʻng u T.Eldrijga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo qisqa dasturdanda qiyinroq erkin dasturni bexato yakunlab, ikkinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. 1996-yilgi Jahon chempionatida, qisqa dasturdagi chiqishda yiqilib yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Elvis Stojko 1997-yilda Gran-pri finalida birinchi marta halqa tryukini amalga oshirib, gʻolib chiqdi. 1997-yilgi jahon chempionatida Stojko qisqa dasturdagi chiqishdan keyin toʻrtinchi oʻrinni, erkin dasturda esa birinchi oʻrinni egallab uchinchi marta jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Stojko 1998-yilgi Olimpiadada koʻzga koʻringan konkida uchuvchilardan biri edi. Qisqa dasturda qoʻsh aksel sakrashni bexato amalga oshirdi va 2-oʻrinni egalladi. Erkin dasturda ham Stojko ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi Olimpiya kumushini qoʻlga kiritdi. Stojko erkin dastur davomida jarohat olgan, natijada 1998-yilgi Jahon chempionatida qatnashmadi[2].
1999—2002-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jarohatlari bitgan Stojko 1999-yilgi jahon chempionatida qatnashib, 4-oʻrinni egalladi. 2002-yilgi Olimpiadada 8-oʻrinni egallaganidan soʻng u oʻz sport faoliyatini yakunladi.
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqalar/mavsum | 88/89 | 89/90 | 90/91 | 91/92 | 92/93 | 93/94 | 94/95 | 95/96 | 96/97 | 97/98 | 98/99 | 99/00 | 00/01 | 01/02 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 7 | 2 | 2 | 8 | ||||||||||
Jahon chempionatlari | 9 | 6 | 3 | 2 | 1 | 1 | 4 | 1 | 4 | 2 | 10 | |||
Toʻrt qitʼa chempionati | 3 | 1 | ||||||||||||
Kanada chempionati | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||
Gran-pri finali | 2 | 1 | 2 | 2 | ||||||||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America | 4 | 3 | ||||||||||||
Gran-pri seriyasi bosqichlari: Skate Canada | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | |||||||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Borfost Cup on Ice | 1 | 1 | 6 | |||||||||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Trophee Lalique | 3 | |||||||||||||
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy | 1 | 1 | ||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 6 | 8 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Elvis Stojko, Figure Skating - Winners - Greatest Sporting Moments - The Lionel Conacher and Bobbie Rosenfeld Winners“. conacher-rosenfeld.ca. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Canadian Olympic Hall of Fame“. olympic.ca. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.