Kontent qismiga oʻtish

Ely (Nevada)

Koordinatalari: 39°15′12″N 114°52′38″W / 39.25333°N 114.87722°W / 39.25333; -114.87722
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ely
Shahar
Skyline of Ely
39°15′12″N 114°52′38″W / 39.25333°N 114.87722°W / 39.25333; -114.87722
Mamlakat AQSh
Maydon 7.63 km2 (2.95 kv mi)
Aholisi
 (2020)
3 924
Zichligi 514.56 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCPacific (PST)
Ely xaritada
Ely
Ely

Eli (talaffuzi: Iliy) — AQShning Nevada shtatidagi White Pine okrugidagi eng yirik shahar[1][2]. 2020-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, aholi soni 3 924 kishini tashkil qiladi.

Ely 77 milya (124 km) Eurekadan sharqda, 153 milya (246 km) Deltadan g'arbda, 105 milya (169 km) Pioche shahridan shimolda, 139 milya (224 km) Wellsdan janubda, va 120 milya (190 km) West Wendoverdan janubda, joylashgan[3].

Qo'shma Shtatlar aholini ro'yxatga olish byurosi ma'lumotlariga ko'ra, shaharning umumiy maydoni 7.1 kvadrat milya (18 km2) ni tashkil qiladi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 4 041 kishi, 1 727 xonadon va 1 065 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi – har kvadrat milga 2 nafar kishi (218,8/km²). Shaharning irqiy tarkibi 89,14% oq tanli, 0,32% afro-amerikalik, 3,12% tubjoy amerikalik, 1,09% osiyolik, 0,35% Tinch okeani orollari, 3,71% boshqa irqlardan va 2,28% ikki yoki undan ortiq irqdan. Har qanday irqga mansub ispan yoki lotinlar aholining 12,35% ni tashkil etadi.

Shaharda 1 727 ta uy xoʻjaligi boʻlib, ulardan 28,6 foizi 18 yoshgacha boʻlgan bolalari bor, 46,4 foizi er-xotinlar, 10,2 foizi eri boʻlmagan ayollar, 38.3 foizi oilasizlarni tashkil qiladi. Barcha uy xo'jaliklarining 33,7 foizi jismoniy shaxslardan iborat bo'lib, 13,1 foizida esa 65 yosh va undan katta bo'lgan yolg'iz yashaydiganlar bor[4].

Shahar aholisi yosh taqsimotiga ko'ra, 25,7% 18 yoshgacha, 6,3% 18 yoshdan 24 yoshgacha, 23,8% 25 yoshdan 44 yoshgacha, 27% 45 yoshdan 64 yoshgacha, 17,2% 65 yosh yoki yoshi kattaroqdir. Aholining o'rtacha yoshi 41 yosh edi. Har 100 ayolga 98,3 erkak to'g'ri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 96 erkak to'g'ri keladi.

Shahardagi uy xo'jaliklarining o'rtacha daromadi 36 408 dollarni, oilaning o'rtacha daromadi esa 42 168 dollarni tashkil etdi. Erkaklar o'rtacha daromadi 36 016 dollarni, ayollarniki esa 26 597 dollarni tashkil qilgan. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 17 013 dollarni tashkil etdi. Oilalarning qariyb 11,3 foizi va aholining 12,5 foizi qashshoqlik chegarasidan past bo'lgan, shu jumladan 18 yoshgacha bo'lganlar 12% va 65 va undan katta yoshdagilar 9,2% qashshoq hisoblanadi.

  1. „Ely, Nevada“. Nevada Commission on Tourism. 2008-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-fevral.
  2. „Find a County“. National Association of Counties. 2011-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
  3. „Google Maps“. Google Maps. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
  4. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.