Kontent qismiga oʻtish

Enaxon Siddiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enaxon Siddiqova
Tavalludi 28-avgust 1954-yil
Vafoti 13-yanvar 2023-yil(2023-01-13)
(68 yoshda)
Fargʻona shahri, Fargʼona viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Oʻqituvchi, shoir
Mukofotlari

Enaxon Siddiqova (1954-yil 28-avgust, Oltiariq tumani, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 13-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Enaxon Siddiqova 1954-yili Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan[1]. 1976-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. 1976—1996-yillar davomida Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, maktab direktori, 1996-yil Oʻzbekiston XDP Fargʻona tumani ikkinchi kotibi, 1990—1997-yillar „Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“ gazetasi muxbiri, 1997—2001-yillar Fargʻona viloyati hokimligi xodimi[2], 2001—2023-yillari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, „Qalb sadosi“ haftalik gazetasining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan[1]. 2013—2023-yillarda Enaxon Siddiqova Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2015—2023-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan[3].

Enaxon Siddiqova 2023-yil 13-yanvarda 68 yoshida vafot etgan[4].

Enaxon Siddiqova ijodiy faoliyati 1977-yildan boshlagan[5]. Siddiqova „Sumanbar nasim“, „Qorakoʻz turnalar“, „Koʻngilim ufqlari“, „Ishq ifori“, „Sirli tun faryozdi“, „Tibbiyot fidoyilari“, „Xaloskorlik“, „Qizoyimlarga kelinlik saboqlari“, „Eʼzozli ayollar“, „Soʻz ustidagi dunyo“, „Ona haqida qoʻshiq“, „Barxanlarda ungan gul“ kabi kitoblar muallifidir[1][6].

Enaxon Siddiqova „Eng ulugʻ, eng aziz“ tanlovining respublika bosqichida gʻoliblikka erishgan. 2004-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „El-yurt hurmati“ ordeni, 2016-yil „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“ unvoni[5], 2018-yilda Farg‘ona davlat universitetining faxriy professori unvoni[2] bilan mukofotlangan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafoti munosabati bilan hamdardlik“ (2023-yil 14-yanvar). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „O‘zbekiston xalq shoiri, senator Enaxon Siddiqova vafot etdi“ (2023-yil 14-yanvar). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  3. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  4. „Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafot etdi“ (2023-yil 13-yanvar). 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  5. 5,0 5,1 „Enaxon Siddiqova (1954)“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  6. „Shoira Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi“ (2023-yil 13-yanvar). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.