Kontent qismiga oʻtish

Endell Street harbiy gospitali

Koordinatalari: 51°30′55.4″N 0°7′31.8″W / 51.515389°N 0.125500°W / 51.515389; -0.125500
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Endell Street

Endell Street harbiy gospitali
Gospital
Skyline of Endell Street
51°30′55.4″N 0°7′31.8″W / 51.515389°N 0.125500°W / 51.515389; -0.125500
Mamlakat Angliya
Shahar London
Hukumat
 • Shifokor Flora Murrey
Asos solingan 1915-yil may
[[File:|290px|Endell Street xaritada]]
Endell Street
Endell Street

Endell Street harbiy gospitali – Birinchi Jahon urushida tashkil qilingan London markazi, Covent Gardendagi Endell koʻchasida joylashgan ayollar harbiy shifoxonasi. Bu yerda asosan suffragistlar (ayollar huquqlari uchun ovoz beruvchilar) ishlagan. Tibbiyot kashshoflari boʻlgan Flora Murrey hamda Louise Garrett Anderson 1914—1915-yillarda Birinchi jahon urushida faoliyat koʻrsatgan, tibbiyot boʻyicha bilimga ega ayollarni kasalxonaga yollashgan. Endell kasalxonasi 573 oʻrinli boʻlib, 26 000 ga yaqin bemorga hizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻlgan. Urush tugashi bilan 1919-yilda kasalxona yopilgan. Kasalxona „Soʻz emas, amal“ shiori ostida ish boshlagan va bu Buyuk Britaniya ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqining (WSPU – „Women's Social and Political Union“) ham shiori hisoblangan. Hukumat tomonidan ayol tibbiyot hodimlari shifoxonani boshqarishiga qarshiliklar boʻlishiga qaramay, Endell Street koʻplab bemorlar tomonidan eʼtiroflarga sazovor boʻlgan va operatsiyalar bilan koʻplab askarlar hayotini saqlab qolgan.

Kasalxonaning tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Endell Street harbiy gospitaliga kirish qismi, taxminan 1915-yil

Ayollar gospitali 1915-yil may oyida tashkil etilgan. Britaniya hukumatidan noroziliklarga uchragan shifokorlar Flora Murray hamda Louise Garret Anderson toʻgʻridan toʻgʻri Fransiya elchixonasiga murojaat qiladi va Fransiyada harbiy gospital ochishga muvaffaq boʻladi. Ikki hafta ichida ular butunlay tayyorgarlikni tugatadi va tibbiy bilimga ega ayol shifokorlar, hamshiralar, hizmatchilarni qabul qilishadi. Fransiyadagi bu shifoxonaga tashrif buyurgan ayollar orasida Portugaliya qirolichasi Amélia ham boʻlgan[1]. Urush tugagach bemorlar Angliyada davolana boshlaganlari sababli kasalxona yopilgan. Dastlab 520 oʻringa moʻljallangan shifoxona urush davomida yana qoʻshimcha toʻshak, bemorlar uchun boʻsh joy qabul qila boshlagan. 1916-yildan 1919-yilgacha rasmiy oʻrinlar soni 573 tani tashkil qilgan. Bu davrda bemorlar soni 800 nafarga yetgan[2].

Kasalxona besh yil davomida faoliyat koʻrsatib, 26 000 ga yaqin bemorga yordam koʻrsatgan[3]. Ayol jarrohlar tomonidan kuniga 20 ga yaqin operatsiyalar amalga oshirilgan. Kuniga 80 ga yaqin yaralangan askarlar qabul qilingan kunlar ham boʻlgan. Kasallar oqimining koʻp boʻlishi kasalxonaning Londondagi asosiy temir yoʻl vokzallariga yaqin joylashganiga bogʻliq boʻlgan. Konvoylarda 30 dan 50 tagacha yaralangan askarlar olib kelingan va koʻpincha tunda kuniga 80 ga yaqin olib kelingan askarlarga 20 dan ortiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan[3]. Endell Street harbiy gospitaliga olib kelingan bemorlarning koʻp qismi mustamlaka qoʻshinlardan iborat inglizlar edi. Ikki mingdan ortiq avstraliyaliklar, yangi zelandiyaliklar, 200 nafar amerikalik askarlar davolangan. Ruslar, yapon, fransuz yaradorlari kam qismni tashkil qilgan[4][5].

Kasalxona hodimlari 1916-yil avgustda
WSPU „Soʻz emas, amal“ bayrogʻi. 1910-yil

Kasalxona tashkilotchilari Murrey bosh maʼsul shifokor, Anderson esa bosh jarroh etib tayinlangan. Kasalxonada haydovchi, stomatolog, patolog, jarroh sifatida ham ayollar faoliyat yuritgan[6]. Jarroh ayollardan biri Lilian Marie Wemyss Grant Endell Streetga chaqirilishidan oldin 1918-yilda Gretnada jarroh yordamchisi sifatida ishlagan[7] .

Urush davrlarida gospitalda ishlagan ayollarga leytenantdan podpolkovnikkacha unvonlar, maosh hamda imtiyozlar berilgan. Ammo ular harbiy jihatdan erkaklarga qoʻmondonlik qila olishmagan[1]. Kasalxona WSPUning „Soʻz emas, amal“ shiorini qabul qiladi. Ayollar kasalxonani boshqarish orqali ham ayollarning jamiyatdagi huquqlari, fuqarolik burchlarini bajara olishlarini isbotlashni koʻzda tutgan. Kasalxonada bemorlarga maʼnaviy hordiq uchun kutubxonachilar va koʻngilochar hodimlar tashrifi yoʻlga qoʻyilgan. Bogʻbonlar atrof-muhitni obodonlashtirish bilan birga oilasi, yaqinlari yoq yolgʻiz bemorlar bilan vaqt oʻtkazish uchun kelib turishgan. Kasalxona faoliyati davomida hodimlar tomonidan The Lancet jurnalida yettita maqola chop etilgan. Maqolalar anaerob infeksiyalar tahlili boʻyicha Shotlandiya xorijiy hizmatlari bilan hamkorlikda yozilgan. Paster instituti bilan hamkorlikda gazli gangrenaga qarshi sinovlarda qatnashishgan[8].

1917-yilda Murrey va Anderson kasalxonadagi hizmatlari uchun CBE (The Most Excellent Order of the British Empire) mukofotini oldi[3]. 1919-yil oktabrda Endell Street gospitalini evakuvatsiya qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarildi. 1919-yil dekabrda u yopildi[9]. Kasalxona buzib tashlanib, bu joyda hozir Oazis sport markazi tashkil qilingan[10]. 2017-yil noyabrda Alison Ramsey ishtirokidagi kasalxona haqidagi film Imperator tomonidan mukofotlangan[11].

  1. 1,0 1,1 Geddes, Jennian F (1 May 2006). "The Women's Hospital Corps: Forgotten Surgeons of the First World War". Journal of Medical Biography (Journal of Medical Biography 14, no. 2) 14 (2): 109–17. doi:10.1258/j.jmb.2006.05-24. ProQuest 210330818. ISSN 0967-7720. OCLC 942611802. PMID 16607411.  (subscription required)
  2. Murray 1920, p. 169
  3. 3,0 3,1 3,2 „World War One: Endell Street hospital's suffragette surgeons“ (2014-yil 28-fevral). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
  4. Murray 1920, pages 180–184
  5. „Dollis Hill House Auxiliary Hospital“. Lost Hospitals of London. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  6. Murray 1920, p. 123
  7. UK & Ireland, Medical Directories 1845-1942
  8. A Companion to Women's Military History, History of Warfare. Leiden: Brill, 17 August 2012. ISBN 978-90-04-20682-3. Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.  (subscription required)
  9. Murray 1920, p. 246
  10. „Military Hospital Endell Street Staff - World War I plaque and Women's Hospital for Children“. Imperial War Museum. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  11. „Deeds Not Words Wins at Imperial War Museum Short Film Festival“. Digital Drama. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.