Endotelin
Endotelin tananing bir qancha qismida joylashgan retseptorlarga taʼsir koʻrsatuvchi peptid tabiatli aktiv modda[1][2][3]. Endotelin qon tomirlarini toraytiradi va qon bosimini oshiradi. Endotelinlar odatda bir qancha mexanizmlar yordamida muvozanatda saqlanadi, ammo haddan tashqari koʻpayib ketadigan boʻlsa, yuqori qon bosimi (gipertenziya), yurak kasalliklari va boshqa kasalliklarga sababchi boʻladi[1][4]. Endotelinlar 21 aminokislotadan iborat vazokonstriktor peptidlari boʻlib, asosan endoteliy hujayralarida hosil boʻladi va qon tomir gomeostazida muhim modda hisoblanadi. Endotelinlar yurak, oʻpka, buyraklar va miyani qon bilan taʼminlovchi qon tomirlar kasalliklariga sababchi boʻlishi mumkin[5][6]. 2018-yildan boshlab, endotelinlarning bir nechta organlar tizimidagi vazifalarini aniqlash uchun keng qamrovli ilmiy va klinik tadqiqotlar olib borilmoqda[1][7][8][9].
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endotelinlar nomi olishiga sabab: ularning qon tomirlardagi endotelial hujayralardan sintezlangani hisoblanadi[1][10].
Izoformalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peptidning uchta izoformasi mavjud (ET-1, -2, -3 sifatida aniqlanadi), ularning har biri alohida gen tomonidan kodlangan, turli xil ekspression qismlari mavjud hamda kamida toʻrtta endotelin retseptorlari - ETA, ETB1, ETB2 va ETC bilan bogʻlanadi[1][11]. Endotelin-1 (ET-1), endotelin-2 (ET-2) va endotelin-3 (ET-3) uchun inson genlari mos ravishda 6, 1 va 20-xromosomalarda joylashgan[12].
Taʼsir mexanizmi va funksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endotelin G oqsili bilan bogʻlangan retseptorlar: endotelinA va endotelinB retseptorlarini faollashtirish orqali ishlaydi (mos ravishda ETA va ETB)[2]. Endotelin retseptorlarining bu ikki kichik turi laboratoriyada uchta endotelin peptidiga sezuvchanlik tartibi bilan ajralib turadi: ETA retseptorlari ET-1 uchun selektiv, ETB retseptorlari esa barcha uchta ET peptidlari uchun bir xil sezuvchanlikka ega[2]. Ikki turdagi ET retseptorlari turli hujayralar va organlar boʻylab taqsimlanadi, lekin turli darajadagi faollikka ega. Endotelin-1 organlar tizimida qon tomir tonusiga ta'sir qiluvchi eng kuchli endogen kimyoviy moddadir[2]. Qon tomir endoteliyasidan endotelin-1 ning sekretsiyasi vazokonstriksiyaga sabab boʻladi va mahalliy hujayra oʻsishi va yashashiga taʻsir qiladi[12]. ET-1 ateroskleroz va gipertoniya kabi bir qancha yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishida ishtirok etadi. Endotelin, shuningdek, mitogenez, hujayraning omon qolishi, angiogenez, suyak oʻsishi, nositseptor funksiyasi va saraton paydo boʻlish mexanizmlarida rol oʻynaydi. Klinik jihatdan oʻpka arterial gipertenziyasini davolash uchun anti-ET preparatlari qoʻllanadi[2][12].
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Endotelin peptidlari va retseptorlarining hamma joyda tarqalishi turli organ tizimlari orasida turli xil fiziologik va patologik jarayonlarda ishtirok etishini koʻrsatadi[1]. Endotelin disregulyatsiyasi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻplab kasalliklar orasida:
saratonning bir necha turlari[13]
subaraxnoidal gemorragiyadan keyin miya vazospazmi[14]
arterial gipertenziya, oʻpka gipertenziyasi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari[2]
ogrriq kelib chiqishida[15]
yurak gipertrofiyasi va yurak yetishmovchiligi[2]
gemorragik isitmasi
II turdagi diabet
Dastlabki tadqiqotlarda endotelin-1 ning lateral miya qorinchasiga kiritilishi miyaning glyukoza almashinuvini kuchli ragʻbatlantirishi va epilepsiya kabi sharoitlarda uning turli nerv taʼsirlari uchun potentsialini koʻrsatuvchi konvulsiyalarni keltirib chiqarishi koʻrsatilgan. Miya neyronlarida endotelin-1 retseptorlari mavjud boʻlib, bu nerv funktsiyalarida potentsial rolni koʻrsatadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Davenport AP, Hyndman KA, Dhaun N, Southan C, Kohan DE, Pollock JS, et al. (April 2016). "Endothelin". Pharmacological Reviews. 68 (2): 357–418. doi:10.1124/pr.115.011833. PMC 4815360. PMID 26956245.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Kawanabe Y, Nauli SM (January 2011). "Endothelin". Cellular and Molecular Life Sciences. 68 (2): 195–203. doi:10.1007/s00018-010-0518-0. PMC 3141212. PMID 20848158.
- ↑ Kedzierski RM, Yanagisawa M (2001). "Endothelin system: the double-edged sword in health and disease". Annual Review of Pharmacology and Toxicology. 41: 851–76. doi:10.1146/annurev.pharmtox.41.1.851. PMID 11264479.
- ↑ Maguire JJ, Davenport AP (December 2014). "Endothelin@25 - new agonists, antagonists, inhibitors and emerging research frontiers: IUPHAR Review 12". British Journal of Pharmacology. 171 (24): 5555–72. doi:10.1111/bph.12874. PMC 4290702. PMID 25131455.
- ↑ Agapitov AV, Haynes WG (March 2002). "Role of endothelin in cardiovascular disease". Journal of the Renin-Angiotensin-Aldosterone System. 3 (1): 1–15. doi:10.3317/jraas.2002.001. PMID 11984741. S2CID 11382836.
- ↑ Schinelli S (2006). "Pharmacology and physiopathology of the brain endothelin system: an overview". Current Medicinal Chemistry. 13 (6): 627–38. doi:10.2174/092986706776055652. PMID 16529555.
- ↑ Kuang HY, Wu YH, Yi QJ, Tian J, Wu C, Shou WN, Lu TW (March 2018). "The efficiency of endothelin receptor antagonist bosentan for pulmonary arterial hypertension associated with congenital heart disease: A systematic review and meta-analysis". Medicine. 97 (10): e0075. doi:10.1097/MD.0000000000010075. PMC 5882424. PMID 29517668.
- ↑ Iljazi A, Ayata C, Ashina M, Hougaard A (March 2018). "The Role of Endothelin in the Pathophysiology of Migraine-a Systematic Review". Current Pain and Headache Reports. 22 (4): 27. doi:10.1007/s11916-018-0682-8. PMID 29557064. S2CID 35440852.
- ↑ Lu YP, Hasan AA, Zeng S, Hocher B (2017). "Plasma ET-1 Concentrations Are Elevated in Pregnant Women with Hypertension -Meta-Analysis of Clinical Studies". Kidney & Blood Pressure Research. 42 (4): 654–663. doi:10.1159/000482004. PMID 29212079.
- ↑ Tuma RF, Durán WN, Ley K (2008). Microcirculation (2nd ed.). Amsterdam: Elsevier/Academic Press. pp. 305–307. ISBN 978-0-12-374530-9.
- ↑ Boron WF, Boulpaep EL (2009). Medical physiology a cellular and molecular approach (2nd International ed.). Philadelphia, PA: Saunders/Elsevier. p. 480. ISBN 978-1-4377-2017-4.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 Kawanabe Y, Nauli SM (January 2011). "Endothelin". Cellular and Molecular Life Sciences. 68 (2): 195–203. doi:10.1007/s00018-010-0518-0. PMC 3141212. PMID 20848158.
- ↑ Bagnato A, Rosanò L (2008). "The endothelin axis in cancer". The International Journal of Biochemistry & Cell Biology. 40 (8): 1443–51. doi:10.1016/j.biocel.2008.01.022. PMID 18325824.
- ↑ Bagnato A, Rosanò L (2008). "The endothelin axis in cancer". The International Journal of Biochemistry & Cell Biology. 40 (8): 1443–51. doi:10.1016/j.biocel.2008.01.022. PMID 18325824.
- ↑ Hasue F, Kuwaki T, Kisanuki YY, Yanagisawa M, Moriya H, Fukuda Y, Shimoyama M (2005). "Increased sensitivity to acute and persistent pain in neuron-specific endothelin-1 knockout mice". Neuroscience. 130 (2): 349–58. doi:10.1016/j.neuroscience.2004.09.036. PMID 15664691. S2CID 23517779.