Kontent qismiga oʻtish

Ene Ergma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ene Ergma
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-fevral 1944-yil (1944-02-29) (80 yosh)
Rakvere, Estoniya SSR, SSSR
Fuqaroligi Estoniya bayrogʻi Estoniya
Siyosiy partiyasi „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi
Taʼlim Moskva davlat universiteti

Ene Ergma (1944-yil 29-fevral, Rakvere) — estoniyalik astrofizik va siyosatchi, Estoniya Fanlar akademiyasining aʼzosi. 2003-yildan 2006-yilgacha va 2007-yilda 2014-yilgacha Riigikogu (Estoniya parlamenti) raisi boʻlgan[1]. 2007-yilning may oyidan „Isamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisi oʻrinbosari.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ene Ergma Viljandi shahridagi Carl Robert Jakobson nomidagi oʻrta maktabni tamomlagan (1962). Tartu universitetining fizika fakultetida tahsil olgan (1962—1964), 1969-yilda Moskva davlat universitetining fizika fakultetining astronomiya fakultetini tamomlagan. Bu universitetda Ene Ergma fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi (1972) va 1984-yilda „Yulduzlar evolyutsiyasining soʻnggi bosqichlarida termoyadro yoqilgʻisining beqaror yonishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1][2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ergma Estoniya SSR Fanlar akademiyasining Astronomiya institutida kichik ilmiy xodim (1972—1974), SSSR Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida kichik, keyin esa katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, ilmiy direktor boʻlib ishlagan (1974—1988). 1988—1992-yillarda Tartu universitetining nazariy fizika va astrofizika kafedrasi professori[3], 1992—1998-yillarda esa Nazariy fizika instituti mudiri lavozimlarida ishlagan. Ene Ergma ilmiy faoliyatining choʻqqisi Estoniya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimi boʻlgan (1999—2004). Ene Ergma Estoniya TEA ensiklopediyasi tahririyat kengashi aʼzosi (2008).

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Res Publica partiyasiga aʼzob boʻladi. 2003-yilda X chaqiriq Riigikogu deputati boʻladi. Shuningdek, XI va XII chaqiriqlar Riigikogu deputati boʻlgan. Keyingi ikki yil ichida parlament spikeri boʻlgan. 2006-yilda oʻzining nomzodini prezidentlikka qoʻygan. Estoniya parlamentining 2/3 ovozini olmasdan saylovda yutqazadi. 2007-yildanIsamaa“ va „Res Publica“ birlashgan partiyasi raisining oʻrinbosari[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 [Eesti Teaduste Akadeemia aastaraamat. Faktid ja arvud XXV (52) 2019. Tallinna, 2020, lk 99]
  2. Eesti Teaduste Akadeemia liikmeskond II : 1938-1998. Tallinn, 1998, lk 36-37.
  3. Ene Ergma
  4. „Riigikogu juhatus“. Riigikogu.
  5. esa „Estonia accedes to ESA Convention“. European Space Agency. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.