Kontent qismiga oʻtish

Eres qal’a 1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eres qal’a 1
Manzilgoh Toʻrtkoʻl tumani, Qoraqalpogʻiston
Turi Qalʼa
Hudud 360 m x 220 m
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil.avv. IV-III asr, mil. III-IV, VII-VIII asrlar

Eres qal’a 1 — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Mil.avv. IV-III asr, mil. III-IV, VII-VIII asrlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Kaltaminor“ OFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Eres qal’a 1 dengiz sathidan 106 metr balandlikdagi tabiiy tepalikda joylashgan. Hozirgi vaqtda qal’a vayronaga aylangan. U bir vaqtlar shahar va qal’alardan iborat majmuani ifodalagan. Qadimda Eres qal’asidan Anqa qal’a va Bozor qal’a aholi punkti orqali qadimgi Kaltaminor tizimining asosiy sugʻorish kanali choʻzilgan boʻlib, uning quyi oqimida shahar joylashgan.

Shahar 360 x 220 m maydoni boʻlgan tartibsiz rejaga ega. Qalinligi 2,70 metr boʻlgan tashqi devorlar baʼzi joylarda 9-10 metr balandlikda saqlanib qolgan.

Ichki devorning qalinligi 2 metr, yoʻlakning kengligi 1,90 metr. Dasht qal’alari bir-biridan 23-30 metr masofada joylashgan ochiq minoralar bilan mustahkamlangan. Kirish eshigining yon tomonida ikkita mustahkam darvoza minoralari (6 x 13,50 m) joylashgan[3].

Aholi punkti eni 13 – 15 metr, chuqurligi 1,5 – 2 metr boʻlgan ariq bilan oʻralgan. Yodgorlikning dastlab paydo boʻlish davrini miloddan avvalgi IV-III asrlarga toʻgʻri keladi deb hisoblashgan. Biroq, hududdan topilgan sopol topilmalar uni milodiy III-V asrlarga oid degan dalilni berdi. Xorazmning qangʻyuy madaniyatiga oid koʻplab kulolchilik topilmalari (miloddan avvalgi IV asr – milodiy 1-asr boshlari) aholi punkti qadimda paydo boʻlgan, ammo unda hayot V—VI-asrlargacha davom etgan, degan fikrni bildiradi[4].

Shahristonga janub tomondan kirilgan. Kirish yo‘li ikki burj bilan himoyalangan. Bu burjlarning tuzilishi va shakli devorbo‘yi burjlarnikiga o'xshash. Lekin ular devor chizig‘idan tashqariga ancha bo'rtib chiqqan, kengligi ham boshqa qal'a burjlaridan kattaroq — 13,5 m va 6—7 m. Peshdarvoza burjlarining ichki o‘lchamlari 12,75 m va 2,60 m ga teng[5].


  1. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. „Эрес-кала“. karakalpakstan.travel. Qaraldi: 17-oktabr 2023-yil.
  4. „Городища Эрес кала“. silkadv.com. Qaraldi: 17-oktabr 2023-yil.
  5. Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. Тошкент: OʻZBEKISTON нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2007 — 32-bet. ISBN 978-9943-01-175-5.