Ergash Karimov
Ergash Karimov | |
---|---|
Tavalludi |
26-oktyabr 1935-yil |
Vafoti |
4-iyul 2009-yil (73 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Yoʻnalish | Komediya |
Mukofotlari |
Ergash Karimov (26-oktabr, 1935—4-avgust, 2009) — oʻzbek kino aktyori va qiziqchisi. Oʻzbek SSRda Ergash Karimovni „oʻzbek komediyasining qiroli“ deb atashgan[1]. Karimovga 1990-yil Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan[2]. Aktyor 1999-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan. 1970-yillar Ergash Karimov ishtirokida olingan filmlar oʻzbek sovet komediyasining klassik namunalari hisoblanadi[1]. Hayoti davomida Karimov bir nechta TV programmalarda ham ishtirok etgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ergash Karimov 1934-yil 26-oktabrda Toshkentda tugʻilgan. 1958-yil Toshkentdagi sanʼat institutini tugatgan.
Sovet davrida katta shuhrat qozongan boʻlsa ham, SSSR parchalanganidan keyin Ergash Karimov ishsiz qoldi. Doʻsti Ali Hamroyevning aytishicha, Karimov umrining soʻnggi yillarini oz maosh olib Toshkentda kechirgan. Ergash Karimov 2009-yil 4-avgustda 74 yoshda vafot etdi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karimov 1958-1959-yillar Surxondaryo teatrida ishlagan. 1959-yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining „Yoshlik“ telestudiyasida teleminiatura teatrida rejissor assistenti, 1965-yildan rejassori, 1997-yildan badiiy rahbari boʻlgan.
Karimov sanʼati oʻtkir satira va koʻtarinki ruh bilan sugʻorilgan boʻlib, plastik, mimik harakatlar ustasi sifatida tanilgan. U baʼzan bir spektaklda bir nechta rollarda chiqqan. Topqirlik, mubolagʻa bilan boʻrttirib koʻrsatish, ijrodagi tabiiylik, hazil ohangidagi soddalik Karimov ijodining asosini tashkil etadi.
Karimovning eng mashhur rollariga quyidagilar kiradi: Sovchi (Said Ahmad, „Oliq-soliq“), Gʻizgʻizon (Alp Jamol, „Gʻizgʻizon“), Sinovchi-ichuvchi (Said Ahmad, „Sinovchi-ichuvchi“), direktor (Said Axmad, „Lampashisha“), Muqimjon (Said Ahmad, „Birinchi muhabbat“), Ishqiboz (Alp Jamol, „Paxtakor yutganda va yutqizganda“), talaba (E. Musayev, „H2O“), Qiyomov (Alp Jamol, „Toʻzgʻigan pat“), Sottivoy (Alp Jamol, „Yozaman“), mudir (Alp Jamol, „Noshud mudir“), Koyilxoʻjayev (Alp Jamol, „Xurrak“), telemuxbir (Said Ahmad, „Qizlar brigadasi“), Chol (Said Ahmad, „Qirchillama chol“), er (E. Usmanov, „Tushingni suvga ayt“), Sudya (E. Raimov, „Quyoshxon“), Ota (E. Usmanov, „Gudbay“) va boshqalar.
Karimov oʻynagan eng mashhur film 1972-yil olingan „Uchrashuv“ deb nomlangan teleminiaturalar toʻplamidir. Bu filmda Karimov suvning formulasini tushuntirib bera olmagan sodda talaba rolini oʻynagan. Talaba suvda atom yoʻqligini, atom bomba yasash uchun qoʻllanilishini aytadi. Ergash Karimov yana „Shum Bola“ filmida qoʻli egri domla rolini oʻynagan.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Tohir va Zuhra“ (1945)
- Ruscha: «Круг» (1966)
- Ruscha: «Без страха» (1971)
- „Yettinchi oʻq“ (Ruscha: «Седьмая пуля») (1972)
- „Abu Rahyon Beruniy“ (1974)
- „Shum Bola“ (Ruscha: Озорник«») (1977)
- Ruscha: «Наедине» (1984)
- „Vodiylik kelin“ (Ruscha: «Невеста из Вуадиля») (1984)
- . “Kim jinni” (1991)
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil)[3];
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „„Oʻzbek komediyasining qiroli” Toshkentda vafot etdi (ingl.)“. Ozodlik Radiosi (2009-yil 6-avgust). Qaraldi: 2009-yil 23-avgust.
- ↑ „Ergash Karimov olamdan o'tdi“ (4-avgust). Qaraldi: 6-aprel.
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 26-oktyabrda tugʻilganlar
- 1935-yilda tugʻilganlar
- 4-iyulda vafot etganlar
- 2009-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar
- Sovet erkak aktyorlari
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Toshkentlik aktyorlar
- Oʻzbekistonlik komediyachilar
- Oʻzbekistonlik erkak kino aktyorlari
- Oʻzbekiston rejissyorlari