Kontent qismiga oʻtish

Spektakl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spektakl (lotincha: spectaculum — tomosha) — teatr sanʼati asari. Postanovkachirej. boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar, rassom, kompozitor, baletmeyster va hokazo) tomonidan yaratiladi. Spektakl asosida pyesa (opera va balet kompozitor partiturasi, libretto, ssenariy) mazmuni bilan belgilanuvchi gʻoyaviy niyat yotadi. Tanlangan pyesaning talqin rejalari, dekoratsiya va liboslarning eskizlari, rollar taqsimoti teatr badiiy kengashida muhokama qilinadi. Rej. pyesa va obrazlarning talqin vositalarini muayyan gʻoya va badiiy shaklga boʻysundiradi, Spektaklning koʻrinishlari, yechimi va ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyorlar bilan ishlash, mizansahnalarni belgilash, sahnaviy obrazlar va ular oʻrtasidagi munosabatlarni shakllantirish Spektakl yaratish jarayonining hal qiluvchi shartlaridan biridir. Spektakl sintetik asar boʻlgani uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari, chiroklar va turli effektlar uni yanada boyitadi. Yana q. Teatr, Rejissyorlik sanʼati, Aktyorlik sanʼati.