Erkin Usmonxoʻjayev
Erkin Usmonxoʻjayev | |
---|---|
Tavalludi |
20-avgust 1927-yil |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston SSR |
Kasbi | qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Otasi | Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev |
Mukofotlari |
Erkin Buzrukxoʻjayevich Usmonxoʻjayev (1927-yil 20-avgust, Uyrat qishlogʻi, Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957-yil 11-yanvar)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Usmonxoʻjayev 1927-yil 20-avgust kuni Uyrat qishlogʻi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev xonadonida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Otasi Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896—1977) Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspluatatsiya boshqarmasi boshligʻi (1952—1977) boʻlib ishlagan. Ukasi Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) Oʻzbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi (1983—1988) boʻlgan. Erkin Usmonxoʻjayev 1948-yildan KPSS aʼzosi. 1945-yilda Bagʻdod tumanidagi „Bolshevik“ kolxozining brigada boshligʻi, 1946—1967-yillarda ushbu kolxozning raisi boʻlib ishlagan. 1968—1970-yillarda Bagʻdod tumani mahalliy sanoat kombinati direktori, 1971-yildan yana „Bolshevik“ kolxozi raisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1957-yilda Usmonxoʻjayev raisik qilgan kolxozda har gektar yerdan 33 sentner paxta yetishtirilgan hamda qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan[1]. 1957-yil 11-yanvarda qishloq xoʻjaligidagi yutuqlari uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Usmonxoʻjayev 2 marotaba Lenin ordeni (1951-yil 19-iyun, 1957-yil 11-yanvar), 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 6-yanvar, 1978-yil 20-fevral), Xalqlar doʻstligi ordeni (1984-yil 6-iyun), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1948-yil) bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 11-jild (Tekislik — Fazliy). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet.