Kontent qismiga oʻtish

Eron — Qirgʻiziston munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eron — Qirgʻiziston munosabatlari

Eron

Qirgʻiziston

Eron — Qirgʻiziston munosabatlari — Eron va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo.

1992-yilda Eron va Qirgʻiziston oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 2013-yilda Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitida qatnashish uchun Bishkekka birinchi rasmiy tashrifini amalga oshirdi[1]. 2015-yilda Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Tehronga rasmiy tashrif bilan keldi va u yerda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokaralar oʻtkazdi[2]. 2017-yil aprel oyida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev Bishkekda eronlik hamkasbi Muhammad Javad Zarif bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25 yilligi munosabati bilan uchrashdi[3][4].

Eron Qirgʻizistonga kiyim-kechak, yongʻoq, boʻyoq va pol qoplamalari, Qirgʻiziston Eronga goʻsht, don va poʻlat eksport qiladi[5]. 2008-yilda Eron Qirgʻizistonga iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun 200 million yevro miqdorida moliyaviy yordam berishga vaʼda bergan. Eron kompaniyalari Bishkek va Oʻshni bogʻlaydigan magistral yoʻl qurilishida ishtirok etishdi. Mamlakatlar yillik tovar aylanmasini 100 million AQSh dollarigacha oshirishni rejalashtirmoqda[6]. 2012-yil iyul oyida Joʻqorgʻi Kenges deputati Oqilbek Japarov Eronga muzokaralar uchun tashrif buyurdi. Eron tomoni Qigʻizistonga qisqa muddatli loyihalarga 1 milliard AQSh dollaridan va uzoq muddatli loyihalarga 10 milliard AQSh dollaridan koʻproq mablagʻ kiritish istagini bildirdi[7].

Diplomatik vakolatxonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]