Kontent qismiga oʻtish

Eron prezidentlik saylovlari (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
← 2021-yil   Eron
2024-yilgi Eron prezidentlik saylovlari
2024-yil 28-iyun (1-tur)
2024-yil 5-iyul (2-tur)
Saylovchilarning kelishi: 61,452,321
Masoud Pezeshkian, 2024-6-12 (cropped).jpg Saeed Jalili 2021 (cropped) 2.jpg
Nomzod: Masʼud Pizishkiyon Said Jaliliy
Partiya: Reformatorlar Konservatorlar
Koalitsiya: Mustaqil siyosatchi Mustaqil siyosatchi
Ovozlar: 16,384,403
(54.76%)
13,538,179
(45.24%)


Saylov natijasi: 39.93% (1-tur) Decrease 8.55pp
49.68% (2-tur) 1.2pp

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2024-yilning 28-iyunida[1] oʻsha paytdagi prezident Ibrohim Raisiy 19-maydagi vertolyot halokatida vafot etganidan soʻng boʻlib oʻtgan saylov[2]. Birinchi turda hech bir nomzod raqiblaridan yetarli miqdorda ustun ovoz toʻplolmagani bois 5-iyul kuni Said Jaliliy va Masʼud Pizishkiyon oʻrtasida ikkinchi tur saylovlari oʻtkazilgan[3]. Saylovchilarning 39,93%i ishtirok etgan saylovning birinchi turi Eron tarixidagi prezidentlik saylovlari uchun eng past ishtish darajasi boʻlib, bu koʻrsatkich 2021-yilgi Eron prezidentlik saylovidagi 48,48 foizlik antirekorddan 8 ball pastroqdir[4]. Saylovlar natijasida Pizishkiyon gʻolib deb eʼlon qilindi[5].

2024-yil 19-may kuni Raisiy Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Giz Galasi suv omborida gidroelektr majmuasini ishga tushirish uchun Eron-Ozarbayjon chegarasidan qaytayotgan edi[6]. Sayohat chogʻida uni va yana yetti nafar yoʻlovchi va ekipajni olib ketayotgan vertolyot[7] taxminan soat 13:30da (UTC+03:30) Sharqiy Ozarbayjon ustonidagi Varzaqan shahri yaqinida qulab tushadi. Kuchli tuman chogʻida boʻlib oʻtgan qidiruv qutqaruv harakatlari natijasida soat 20:39 da Eron kuchlari halokat sodir boʻlgan joyga yetib borishadi[8]. Oʻsha kuni kechroq vertolyotning qoldiqlari topiladi[9]. Bortdagi ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarning barchasi bu vaqtda oʻlib boʻlgan edi. Bu Konstitutsiyaning 131-moddasiga asosan Birinchi vitse-prezident Muhammad Muxbirning prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishiga sabab boʻladi[10].

Saylov tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron prezidenti odatda Eron Konstitutsiyasining 114-moddasida koʻrsatilganidek[10], „xalqning toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish yoʻli“ bilan har toʻrt yilda bir marta saylanadi, yaʼni prezidentlik saylovi 2025-yil 18-iyun kuni yoki undan oldin oʻtkazilishi kerak edi. Lekin prezident vafoti munosabati bilan saylov jarayonlari vaqtidan avvalroq oʻtkaziladi. Bu mamlakatning toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan eng yuqori mansabdor shaxsi, ijro hokimiyati boshligʻi va Oliy rahbardan keyingi ikkinchi muhim lavozimdir. Eronning siyosiy tizimida Oliy Rahbar prezidentdan koʻra koʻproq vakolatga ega[11]. Saylovda ovoz berishning eng kichik yoshi – 18 yosh.

Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga koʻra, shia islomiga eʼtiqod qiluvchi, viloyati faqih mafkurasiga sodiq boʻlgan har qanday Eron fuqarosi prezidentlikka nomzod sifatida saylovda qatnashishi mumkin. Vasiylar Kengashi tomonidan boshqariladigan „Saylov monitoringi agentligi“ (EMA) deb nomlangan muassasa roʻyxatga olingan nomzodlarni tekshiradi va saylovda qatnashish uchun tanlaydi[12].

Vasiylik kengashi muayyan nomzodlarning rad etilishi sababini ochiq eʼlon qilmaydi, ammo bu sabablar har bir nomzodning oʻziga alohida tushuntiriladi. Ayollarning saylovda qatnashishi konstitutsiyaviy ravishda cheklanmagan. Garchi kengash jinsi tufayli ayollarning nomzodini rad etishini rasman eʼlon qilmagan boʻlsada[13], shu kungacha nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtgan barcha ayollar Vasiylik kengashi tomonidan saylovda ishtirok etishdan chetlashtirilgan[14][15].

Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanganlar hafta oxirida ommaviy ovozga qoʻyiladi. Asosiy ovozni (50%+1) olgan nomzod gʻolib hisoblanadi. Agar nomzodlardan hech biri yetarli ovoz ololmasa, keyingi juma kuni eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida saylov qayta oʻtkaziladi[16]. Saylov paytida ovoz bergan eronliklarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalariga ovoz berganligini isbotlovchi muhr bosiladi[17].

Konstitutsiyaga koʻra, natija maʼlum boʻlgach, Oliy rahbar saylangan prezident farmoniga imzo chekishi kerak, agar u imzolashdan bosh tortsa, saylangan prezident prezidentlik lavozimini egallay olmaydi. Hozirgacha oliy rahbarlar har doim saylangan prezident farmonini imzolaganlar[18][19]. Shundan soʻng, saylangan prezident Islom Maslahat Assambleyasi majlisida Vasiylik kengashi aʼzolari va Oliy sud rahbari ishtirokida qasamyod qabul qilib, mazkur farmonga imzo chekishi kerak. Qasamyodga koʻra, saylangan prezident rasmiy dinni (Islomni), Konstitutsiya va Islom Respublikasini himoya qilishga, oʻzini millati, xalqi va diniga (boshqa lavozimlar qatori) xizmat qilish uchun bagʻishlashga qasamyod qilishi kerak[16].

2024-yil 20-may kuni Raisiy vafot etgani eʼlon qilingandan soʻng, rasmiylar prezidentlik saylovi 28-iyun kuni boʻlib oʻtishini, nomzodlarni roʻyxatga olish esa 30-maydan 3-iyungacha, saylovoldi tashviqoti esa 12-iyundan 27-iyungacha davom etishini eʼlon qilgan[1].

  1. 1,0 1,1 „Iran to hold presidential elections on June 28 after Raisi's death“. Al Arabiya. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  2. „Iran helicopter crash: President Ebrahim Raisi killed in helicopter crash“ (en-GB). BBC News (2024-yil 20-may). 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  3. Gambrell, Jon; Karimi, Nasser „Iran to hold runoff election with reformist Pezeshkian and hard-liner Jalili after low-turnout vote“. Associated Press (2024-yil 29-iyun). Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  4. „Iran heads to presidential run-off amid record low turnout“. Al Jazeera (2024-yil 29-iyun). Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.
  5. Cassini, Farnaz; Vinograd, Cassandra „Reformist Candidate Wins Iran’s Presidential Election“. The New York Times (2024-yil 5-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  6. Hafezi, Parisa „Helicopter carrying Iranian President Raisi crashes, search under way“. Reuters (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  7. „Thousands at Iran president's funeral procession“. BBC (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  8. Makoii, Akhtar; Abrahams, Jessica; Smith, Benedict; Zagon, Chanel. „Search for Iranian president Ebrahim Raisi's helicopter complicated by rain“ (en-GB). The Telegraph (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  9. „Iran president helicopter crash live updates: President Ebrahim Raisi dies - state TV“ (en-gb). BBC News. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  10. 10,0 10,1 „Constitution“. en.mfa.ir. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  11. „Ebrahim Raisi, ultra-conservative judiciary chief, wins Iran's presidential vote amid historically low turnout“. CNN (2021-yil 19-iyun). 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  12. Iranian provisional government of Mehdi Bazargan. „Constitution of the Islamic Republic of Iran“. 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
  13. „Iran's ban on female presidential candidates contradicts Constitution“. Amnesty International (2013-yil 17-may). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.[sayt ishlamaydi]
  14. „ثبت نام زنان در انتخابات ریاست جمهوری بلامانع است/ نظر فقها هیچ تغییری نکرده است“ (fa). ایسنا (2020-yil 10-oktyabr). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  15. Karimov, F. „First female candidate registered for Iranian presidential elections“. Trend (2013-yil 8-may). 2013-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
  16. 16,0 16,1 „Constitution of the Islamic Republic of Iran, 1979 (amended 1989)“. Constitute Project (1989-yil 28-iyul). 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
  17. Gambrell, Jon. „Hard-line judiciary head wins Iran presidency as turnout low“. AP (2021-yil 19-iyun). 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  18. „بازخوانی تنفیذ احکام روسای جمهور+عکس و متن احکام“ (fa). ایسنا (2013-yil 3-avgust). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  19. „مراسم تنفیذ حکم حسن روحانی برگزار شد“ (fa). BBC News فارسی. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.