Ibrohim Raisiy
Ibrohim Raisiy | |
---|---|
forscha: سید ابراهیم رئیسی | |
Ibrohim Raisiy 2023-yilda | |
8-Eron islom respublikasi prezidenti | |
Mansab davri 2021-yil 3-avgust – 2024-yil 19-may | |
Oʻtmishdoshi | Hasan Ruhoniy |
Vorisi | Muhammad Muxbir (v.b.) |
Eron sud hokimiyati raisi | |
Mansab davri 2019-yil 7-mart – 2021-yil 1-iyul | |
Oʻtmishdoshi | Sodiq Larijaniy |
Vorisi | Gʻulom-Husayn Muhsin-Ejeiy |
Eron Bosh prokurori | |
Mansab davri 2014-yil 23-avgust – 2016-yil 6-mart | |
Oʻtmishdoshi | Gʻulom-Husayn Muhsin-Ejeiy |
Vorisi | Muhammad Jafar Muntaziriy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Said Ibrohim Raisiy as-Saodatiy 14-dekabr 1960-yil Mashhad, Eron |
Vafoti |
19-may 2024-yil (63 yoshda) Varzaqan, Sharqiy Ozarbayjon, Eron |
Oʻlim sababi | Vertolyot halokati |
Fuqaroligi | Eron |
Siyosiy partiyasi | Harbiy maʼnaviyat assotsiatsiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Jamila Alamolxoda |
Taʼlim |
Shahid Motahari universiteti Qum seminariyasi |
Dini | islom shia mazhabi |
Dafn etilgan joyi | Imom Rizo maqbarasi[1][2] |
Vebsayti | raisi.ir |
Sayyid Ibrohim Raisiy (forscha: سید ابراهیم رئیسی; 1960-yil14-dekabr — 2024-yil 19-may) — sobiq Eron prezidenti (2021—2024)[3]. Eronning siyosiy, diniy va davlat arbobi. 2017-yilda u Eronda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun oʻz nomzodini ilgari surgan, ammo Hasan Ruhoniyga yutqazgan. 2021-yilda u yana prezident saylovlarida qatnashdi va 61.95 foiz[4] ovoz bilan gʻalabaga erishdi.
U 1988-yilda dunyoviy mahbuslarni qirgʻin qilishda bir nechta sudsiz qotilliklarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
2024-yil 19-may kuni Sharqiy Ozarbayjondagi vertolyot halokatida vafot etgan .
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Raisiy 1960-yil 14-dekabrda Mashhadda fors imomlari oilasida tugʻilgan. Uning otasi Said Hoji Ibrohimning besh yoshligida vafot etdi. U boshlangʻich anʼanaviy taʼlimni oʻzining Mashhad shahridagi madrasalardan birida olgan va 15 yoshida, 1975-yilda Raisi Qum shahrining madrasasida oʻqishni boshlagan. Shundan soʻng u Tehronning Navvab mahallasi maktabida, shuningdek Oyatulloh Said Muhammad Musaviy-Nejad maktabida tahsil oldi. Qumda bir qator taniqli oyatullohlar, masalan, Buyuk Oyatulloh Said Husayn Borujerdi, Buyuk Oyatulloh Husayn Nuri Hamadoniy, Oyatulloh Murtazo Mutahhari, Oyatulloh Abulkasem Hazali, Oyatulloh Ali Akbar Meshkini va boshqalar oʻqigan. Rasisiy Motaxari universitetida xususiy huquq fanlari doktori.
U 19 yoshida mutaassib fundamentalist inqilobchi sifatida Pahlaviylar sulolasi boshchiligidagi monarxiya agʻdarilishini qoʻllab-quvvatladi va 1978-1979-yillardagi Islom inqilobida faol ishtirok etdi. Baʼzi xabarlarga koʻra, u inqilobdan soʻng darhol boshqa inqilobchilar singari AQShning Tehrondagi elchixonasi va uning xodimlarini bosib olishda qatnashgan yoki hech boʻlmaganda qoʻllab-quvvatlagan. Mamlakat va jamiyat turmush tarzini „shialar islomi normalariga“ toʻliq qaytarish uchun „Madaniy inqilob“ da yosh inqilobchilar sonida qatnashdi.
Davlat xizmatining boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yilda Raisiy yoshligida „namunali va dindor musulmon“ sifatida Karaj shahar prokurori etib tayinlandi. Biroz vaqt oʻtgach, u bir vaqtning oʻzida Hamadan shahri prokurori etib tayinlandi va shu bilan birga Karaj va qoʻshni Hamadan prokurorlari lavozimlarida ishladi. Inqilobdan keyingi eʼtirozli va aksilinqilobchilarning "Islom inqilobi qoʻmitalari" tomonidan oʻtkazilgan sudlarida qatnashgan. Hamadon shahar prokurori etib tayinlanganidan toʻrt oy oʻtgach, u Hamadan viloyatining (ostan) prokurori boʻldi.
1985-yilda Raisiy nihoyat Tehronga koʻchib oʻtdi va u yerda Tehron shahri prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
1989-yildan 1994-yilgacha u Tehron prokurori boʻlib ishlagan. 1994-yilda u Eron Bosh inspektsiyasi boshligʻiga koʻtarildi.
2004-yilda Ibrohim Raisiy Eron prokurorining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2005-yilda Prezident Mahmud Ahmadinajod Raisiyga xavfsizlik vaziri lavozimini taklif qildi, ammo u rad etdi. 2014-yil avgust oyida Ibrohim Raisiy Eronning Bosh prokurori boʻldi. 2016-yil mart oyida u ushbu lavozimdan isteʼfoga chiqdi va Islom dunyosining eng boy asoslaridan biri — Ostona-i Quds Razaviyni boshqargan. 2017-yil may oyida u Eron prezidentligiga nomzod boʻldi, ammo prezident Hasan Ruhoniyga yutqazdi.
Eng nufuzli xayriya jamgʻarmasi boshida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 7-martda Raisiy Eronning eng yirik va eng nufuzli islomiy xayriya va haj jamgʻarmasi — „Astan Quds Rezavi“ ning raisi boʻldi. U fondni 1979-yildan beri oldingi doimiy rahbari — Oyatulloh Abbos Vaez-Tabasi vafot etganidan keyin boshqargan. Jamgʻarma kambagʻallarga, shuningdek Eron va qoʻshni Iroq boʻylab shialar ziyoratgohlariga tashrif buyurgan ziyoratchilarga keng miqyosda moddiy va moliyaviy yordam beradi, muqaddas joylar va ularning atrofida infratuzilmani barpo etadi va modernizatsiya qiladi, „shahidlar oilalari“ deb nomlanganlarga yordam beradi, koʻngillilar ishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi. 2019-yil 30-martda Raisining boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Ahmad Marvi uni fond raisi sifatida almashtirdi.
Shaxsiy hayot va qarashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Raisiy taniqli imom Mashhad — Ahmad Alamoloda Xurosaniyning qizi boʻlgan Jamila Alamolxodga uylangan. Jamila Alamoloda — Shahid Beheshti nomidagi Tehron universiteti dotsenti, shuningdek Fan va texnologiyalarni fundamental tadqiqotlar instituti raisi. Er-xotinning ikkita qizi va ikki nabirasi bor. Qizlaridan biri Majid Sharif nomidagi Tehron Texnologik Universitetida, ikkinchisi Tehron Universitetida tahsil olgan.
Eronda mashhur siyosatchi sifatida uning koʻplab tarafdorlari bor, ularning aksariyati oʻta konservativ va oʻrtacha konservativ qarashlarga rioya qilishadi. U Eron va fors ommaviy axborot vositalarida faol ishlaydi va Instagram, Twitter, Facebook- da oʻzining rasmiy sahifalariga ega. Twitter va Facebook Eron hududida bloklangan.
Uning maʼlumoti va unvoni toʻgʻrisida tortishuvlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi fors tilidagi ommaviy axborot vositalari Raisiyning oʻrta maʼlumotini tasdiqlovchi biron bir ishonchli manba yoki dalil yoʻqligini daʼvo qilmoqda. Jurnalistlar Raisiyning saylovoldi tashviqotining veb-saytidagi tarjimayi holiga eʼtibor qaratdilar, unda faqat uning boshlangʻich maʼlumotlari haqida yozilgan va uning oʻrta maktabni tugatishi haqida ham hech narsa aytilmagan. Raisiyning oʻzi oʻrta maʼlumotga ega emasligini rad etdi. U Motaxari Universitetidan olgan xususiy yuridik fanlari doktori ilmiy darajasiga ega ekanligini aytdi, ammo uning bu bayonotiga dalil topolmadi va baʼzi muxolifat ommaviy axborot vositalari tomonidan keskin tanqid qilindi.
Qarashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Raisiy bir necha bor Eronda islomiy gender segregatsiyasini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. U oliy oʻquv yurtlarini yana-da kattaroq islomlashtirish, Internetdagi davlat siyosatini qayta koʻrib chiqish va yana-da yakkalanishga qaratilgan senzurani qoʻllab-quvvatlaydi. Gʻarb madaniyati unsurlarini senzura qilish, Internetni boshqarish, turli xil, birinchi navbatda dunyoviy va monarxist Eron muxolifatini bostirish va taʼqib qilishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Sanksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil noyabr oyida Ibrohim Raisiy bir nechta eronlik siyosatchilar bilan birgalikda AQSh Davlat departamenti tomonidan inson huquqlari buzilganligi aybi bilan AQSh sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi tomonidan shunga oʻxshash ayblovlar bilan sanktsiyalar qoʻllandi.
Saylov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eronda prezidentlik saylovlari kutilganidek ultrakonservator Ibrohim Raisiyning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ovoz berish jarayoni yakunlari oldindan maʼlum edi — nomzodlar birin-ketin poygadan chiqishi va saylovchilarning saylovni boykot qilishi saylovni maynabozchilikka aylantirdi. Saylov uchastkalariga saylovchilarning yarmi ham kelmadi; bu butun Eron tarixidagi eng past koʻrsatkich boʻldi. Ekspertlar bu saylov mamlakatning tashqi va ichki siyosatida deyarli hech narsani oʻzgartirmasligini aytishmoqda. Yangi prezident ancha vaqtdan buyon mamlakatning haqiqiy rahbari — diniy yetakchi oyatulloh Xominaiyning vorisi sifatida maʼlum.
Eronda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida eng kuchli nomzod sifatida koʻrilgan va sud tizimining rahbari boʻlgan Ibrohim Raisiy 17,6 milliondan ortiq ovoz toʻplagan holda gʻolib boʻldi.
Mamlakat rahbari lavozimi uchun 4 nomzod kurash olib bordi. Amaldagi prezident Hasan Ruhoniy oʻz lavozimini ketma-ket ikki muddat egallagani bois joriy saylovlarda ishtirok etmadi. Eronliklar butun mamlakat boʻylab faoliyat yuritgan 66,8 mingga yaqin hamda dunyoning 133ta davlatida ochilgan 234ta saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin boʻldi.
Eronning 13-prezidentini aniqlash uchun saylov qutilari juma kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00da ochildi va ovoz berish jarayoni yarim tungacha davom etdi. Eronda agar birinchi davra saylovlarida nomzodlarning hech biri mutlaq koʻpchilikka ega boʻlmagan taqdirda bir haftadan soʻng eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida saylovlarning ikkinchi va soʻnggi bosqichi oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Prezident lavozimi uchun 4 nomzod kurash olib bordi. Dastlab nomzodlar soni koʻproqni tashkil qilgan, biroq oxirgi haftada ulardan koʻpi saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Saylovlarda mamlakatda qabul qilinuvchi qarorlarning maqsadga muvofiqligi boʻyicha kengash kotibi Muhsin Rizoiy, Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy, parlament raisi oʻrinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoshimiy va markaziy bankning sobiq rahbari Abdulnasr Himmatiy ishtirok etdi.
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Amnesty International“ va boshqa bir qator inson huquqlari tashkilotlari 1988-yil Eronda sudsiz qatl qilingan mahbuslar ishi boʻyicha Ibrohim Raisiyga ayblov eʼlon qildilar. BMTning inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili Javaid Rahmon bu holat boʻyicha mustaqil tergov oʻtkazishni talab qilgan[5].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Raisiy 2024-yilning 19-may kuni 63 yoshda vafot etdi[6]. Eron Prezidenti boʻlgan vertolyot Sharqiy Ozarbayjon chegarasiga yaqin hududda joylashgan Julfa shahri yuqorisidan uchib oʻtayotgan vaqtda baxtsiz hodisaga uchradi. Vertolyotda Ibrohim Raisiy bilan bir qatorda Eron Tashqi ishlar vaziri Hossein Amir-Abdollahian, Tabriz imomi Muhammad Ali Xoshim, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmati va boshqa bir nechta yoʻlovchilar ham boʻlgan. Halokat natijasida ularning barchasi vafot etgan[7].
Janoza marosimi 23-may kuni Mashxad shaxrida oʻtkaziladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi“. daryo.uz. Qaraldi: 23-dekabr.
- ↑ „Late President Ebrahim Raisi laid to rest at Imam Reza shrine in Mashhad“ (inglizcha). IRNA (2024-yil 23-may). Qaraldi: 23-dekabr.
- ↑ „Эронда президентлик сайловида етакчиликни қўлга киритган номзод маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-йил 19-июнь.
- ↑ „Раиси победил на выборах президента Ирана“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 20-iyun.
- ↑ „Эронда 33 йил олдин судсиз қатл қилинганлар ишини текшириш талаб қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-йил 1-июль.
- ↑ Parisa, Yomna, Hafezi, Mohamed. Iran's hardliner President Ebrahim Raisi killed in helicopter crash (inglizcha) (2024-yil 20-may). Qaraldi: 20-may 2024-yil.
- ↑ Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida vafot etdi (2024-yil 20-may). Qaraldi: 20-may 2024-yil.