Eski Imaret masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani, Zeyek mahallasidan 1 km shimoli-gʻarbda |
Koordinatalar | 41°1′18″N 28°57′18″E / 41.02167°N 28.95500°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | xoch gumbazli ibodatxona |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik | ???—1087-yildan biroz oldin |
Qurilish materiali | gʻisht, tosh |
Eski Imaret masjidi Vikiomborda |
Eski Imaret masjidi (turkcha: Eski Imaret Camii) – Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq Vizantiya imperiyasi cherkovi. Cherkov Iso Masih Pantepoptes monastiriga tegishli ekanligi aniqlangan boʻlib (grekcha: Μονή του Χριστού Παντεπόπτη), „Hamma narsani koʻruvchi Masih“ degan maʼnoni anglatadi. Ushbu bino Istanbuldagi XI asrda saqlanib qolgan yagona hujjatlashtirilgan cherkov hisoblanadi. Biroq bino oʻrta asrlar Vizantiya meʼmorchiligining asosiy yodgorligi hisoblanishiga qaramay, shahardagi eng kam oʻrganilgan inshootlardan biri boʻlib qolmoqda.
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski Imaret masjidi Istanbul shahri, Fotih tumani, eski devor bilan oʻralgan shahar ichidagi eng qashshoq hududlardan biri boʻlgan Zeyrek mahallasidan deyarli 1 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1087-yillarda, Vizantiya imperatori Alexius I Comnenusning onasi Anna Dalassena Konstantinopolning yetti tepaligining toʻrtinchi choʻqqisida Christos Pantepoptesga bagʻishlab monastir qurdirgan va oʻzi umrining oxirida imperatorlik odatiga koʻra nafaqaga chiqqan[1]. Monastirda, shuningdek, Pantepopteslarga bagʻishlangan cherkov ham mavjud boʻlgan.
1204-yil 12-aprelda Konstantinopolning fathi davomida imperator Alexios V Doukas Mourtzouphlos monastir yaqinida oʻz qarorgohini oʻrnatgan. Shu sabali ham Enriko Dandolo shaharga hujum qilishdan oldin qoʻmondonligi ostidagi Doge Venetsiya flotini Evergetes monastiri va Blaxernadagi Avliyo Maryam cherkovi oʻrtasiga joylashtirgan[2]. Keyinchalik bino salibchilar tomonidan vayron qilingan va Rimdagi San Giorgio Maggiore shahridan tashrif buyurgan Benedictine rohiblariga topshirilgan[3]. Konstantinopolning lotinlar tomonidan bosib olinishi davrida (1204–1261) bino Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan.
1453-yilda Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olgandan soʻng, cherkov masjidga aylantirilgan, monastir binolaridan esa zaviye[4], madrasa va oʻsha paytda qurilayotgan Fotih masjidi uchun imorat sifatida foydalanilgan[5].
Majmua yongʻinlar natijasida bir necha marta vayron boʻlgan, monastirning soʻnggi izlari esa taxminan bir asr oldin yoʻqolib ketgan[1]. 1970-yilgacha binodan madrasa sifatida foydalanilgan, buning natijasida binoni arxitekturaviy jihatdan oʻrganish imkonsiz boʻlgan. 1970-yilda masjid qisman yopilgan va turk arxitektori Fikret Çuhadaroğlu tomonidan qayta tiklangan.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino Oltin shox hududiga qaraydigan qiyalikda joylashgan boʻlib, har tomondan oʻralgan, bu esa binoning tashqi koʻrinishini oʻrganishni qiyinlashtiradi. Masjid devori gʻisht va toshdan qurilgan. Masjid Konstantinopolda joylashgan eng qadimgi bino boʻlib, unda Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligiga xos boʻlgan uslublarni kuzatish mumkin[6].
Masjid xochli markaziy gumbaz va toʻrt qubbadan iborat.
Ushbu binoning oʻziga xos xususiyati U shaklida qurilgan galereyasi hisoblanadi. Galereya imperatorning onasiga atab, faqatgina uning shaxsan oʻzi foydalanishi uchun qurilgan boʻlishi mumkin[1].
Istanbuldagi koʻplab Vizantiya meʼmorchiligi uslubida qurilgan cherkovlarida boʻlgani kabi, Eski Imaret masjidida ham oʻtish joyiga suyab turish maqsadida toʻrtta ustun qoʻyilgan[1].
Usmonlilar imperiyasi davrida dubulgʻaga oʻxshash shaklga ega boʻlgan gumbaz 1970-yilda restavratsiya qilingan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Eski Imaret masjidi fasadi
-
Eski Imaret masjidi gumbazi va yoni
-
Eski Imaret masjidi tashqi dekoratsiyasi
-
Eski Imaret masjidining birinchi qavatdan koʻrinishi
-
Eski Imaret masjidi korridori
-
Eski Imaret masjidi ustuni
-
Eski Imaret masjidi
-
Eski Imaret masjidi
-
Eski Imaret masjidi
-
Eski Imaret masjidi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Van Millingen, Alexander. Byzantine Churches in Constantinople. London: MacMillan & Co, 1912.
- Mathews, Thomas F.. The Byzantine Churches of Istanbul: A Photographic Survey. University Park: Pennsylvania State University Press, 1976. ISBN 0-271-01210-2.
- Gülersoy, Çelik. A guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706.
- Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon Zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul Bis Zum Beginn D. 17 Jh (de). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3.
- Krautheimer, Richard. Architettura paleocristiana e bizantina (it). Turin: Einaudi, 1986. ISBN 88-06-59261-0.
- Jacobi, David „The urban evolution of Latin Constantinople“, . Byzantine Constantinople: Monuments, Topography and everyday Life Necipoğlu: . Leiden, Boston, Köln: Brill, 2001. ISBN 90-04-11625-7.
- Asutay-Effenberger, Neslihan; Effenberger, Arne (2008). "Eski İmaret Camii, Bonoszisterne und Konstantinsmauer" (de). Jahrbuch der österreichischen Byzantinistik 58: 13–44. doi:10.1553/joeb58s13. ISBN 978-3-7001-6132-5. http://epub.oeaw.ac.at/?arp=0x001bd11c.