Eski shahar (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Eski shahar“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2002
Yozib olingan 2002
Janr pop
Davomiyligi 4:12
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
Klipi
„Eski shahar“ YouTubeda

Eski shahar“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. „Bolalar“ guruhi repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biri.

„Eski shahar“ qoʻshigʻining bir necha versiyasi mavjud. Ilk versiyani faqat „Bolalar“ guruhi ijro etgan. Shuningdek, Toshkent shahrining eski shahar qismida ulgʻaygan xonandalar — Ruslan Sharipov hamda „Xoʻja“ va „Shahzod“ guruhlari ijro etgan versiya ham mavjud. Mazkur talqin uchun sodda klip suratga olingan. Unda xonandalar eski shahar fonida qoʻshiqni ijro etayotgani tasvirlangan. Bundan tashqari, taronaning pop-rok janridagi remiksi ham mavjud. Mazkur versiyaning oʻzbekcha anʼanaviy qoʻshiqlar uslubidagi oʻtish qismi bor.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Eski shahar“ qoʻshigʻini guruhning 2002-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „11-albom“ nomli albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritgan[1], ammo bu taronalar 2002-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Shuningdek, „Eski shahar“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 6-trek oʻlaroq kiritilgan[2]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Болалар" гуруҳининг 11 чи оригинал альбоми“. YouTube (17-noyabar 2020-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  2. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Apple Music (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 11-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]