Eson Kandov
Eson Kandov Isaak Ilyich Kandov | |
---|---|
Tavalludi | 31-oktyabr 1941 |
Janrlar | estrada |
Kasbi | qoʻshiqchi, aktyor |
Faoliyat yillari | 1973-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | SSSR, Isroil |
Eson Kandov (Eson Kandov/Eson Kandow), haqiqiy ismi — Isaak Ilyich Kandov — sovet qoʻshiqchisi va musiqachisi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1974). Sopotda O‘zbekiston sahnasini birinchilardan bo‘lib xalqaro miqyosda namoyish etgan, „Sopot-73“ xalqaro tanlovi laureati[1].
1960-80-yillarning yulduzi va kumiri, qaysi mamlakatda konsert bermasin, konsertlari har doim muvaffaqiyatli o‘tgan. U Sovet Ittifoqi va xorijdagi nufuzli kontsert zallarida konsertlar berdi. Uning repertuaridan oʻzbek va sovet kompozitorlarining qoʻshiqlari, sahuningdek, Sharq mamlakatlari va jahon xalqlari qoʻshiqlari o‘rin olgan. Xonandaning qo‘shiqlarini tinglagan tinglovchi, uning o‘ziga xos ijodiy uslubga ega ekanligini, yurakdan his etib, qo‘shiq dunyosiga g‘arq bo‘ladi. Musiqaning taʼsirchanligi, qalbga yaqinligi shuningdek, ezgulik, tinchlik va muhabbat g‘oyalarini ilgari surilganligi insonga kuy bilan yashashga undaydi. Eson Kandovning mohirligi musiqani qalban his etishidadir.
Uning mehnati munosib baholanib koʻplab mukofot va diplomlar bilan taqdirlangan.
1970-1980-yillarda uning „Melodiya“ plastinkasi butun Sovet Ittifoqida millionlab nusxalarda sotilgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yil 31-oktyabrda Toshkent shahrida yahudiy oilasida tug‘ilgan. Otasi — Ilya Mixaylovich Kandov, oʻzbek tili oʻqituvchisi edi. Onasi — Olga Semyonovna Kandova — uy bekasi (yoshligida onasi moliya xodimi boʻlgan).
Akasi Abram (Oleg) Kandov, biologiya fanlari nomzodi, bu sohada koʻplab ilmiy ishlar qilgan, genetika va biologiya boʻyicha bir nechta kitoblar muallifi. U Zaurova Frida Isakovna (tish shifokori) bilan turmush qurgan. Ularning ikki boʻlib: Angela Pinxasova Avstriya, Venada va Stella Kandova Nyu-York AQShda yashaydi.
Abram (Oleg) 1985-yilda vafot etgan.
Eson Kandov esa eng kichigi edi.
"Baʼzida odamlar mendan: Eson -"yunoncha" ismi bilan qanday bogʻliqlik borligi haqida soʻrashadi? Esingizda boʻlsa, yunon mifologiyasidagi shoh Eson degan qahramon boʻlgan, u Oltin yuni uchun oʻgʻli Yasonni xavfli sayohatga yuborgan? Men sizga bir sirni aytaman: mening haqiqiy ismim Isaak, lekin onam meni erkalab Edik deb atagan. Ismimni Eson (taxallus)ga oʻzgartirishni Botir Zokirov taklif etgan, ijodda bu nom yanada romantik va „badiiy“ jaranglashini aytgan. Koʻp yillik ijodim davomida men unga shu qadar oʻrgandimki, hattoki, bu nom bilan „ulgʻaydim“, endi boshqa ismni tasavvur ham qila olmayman". ESON KANDOV: „O‘ZBEK ESTRADAGA 25 YIL BERDIM“ — http://www.asiaterra.info/intervyu/eson-kandov-uzbekskoj-estrade-ya-otdal-25-let
U juda erta qoʻshiq aytishni boshladi. Maktabni tugatgach, o‘zi orzu qilganidek, Teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin ikkinchi kursdan boshlab Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishini ko‘chirishga qaror qildi.
1960-yil — Toshkent konservatoriyasiga oʻqishga qabul qilindi. Konservatoriyada u asosan klassik qo‘shiqchilikni o‘rgangani uni sahnaga kuylashda qoʻl keldi .
1964-yil — tanlovdan oʻtib, Oʻzbekiston estrada orkestriga yakkaxon sifatida qabul qilindi.
1973-yil — Sopotdagi xalqaro tanlovda Sovet Ittifoqini himoya qildi. Oʻsha yili Oʻzbekiston estrada orkestri negizida „Toshkent Music Hall“ tashkil etilgan va yetakchi solist boʻlib chiqish qilgan.
1974-yil — „Yalla“ davlat ansambli bilan hamkorlikda faoliyatini davom ettirgan.
1977-yil — „Navo“ davlat ansambli tuzilib, yakkaxon boʻlimda kuylgan.
1991-1994- yillar — oʻzining „Shirei a olam“ („Dunyo qoʻshiqlari“) ansamblini tuzgan.
Shahsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1982-yili — Mira Kreyman bilan Toshkentda turmush qurgan. U kosmetika biznesi bilan faoliyat olib borgan.Birgalikda shu kungacha yashab kelmoqda.
1983-yil — oʻgʻli Gabriel tugʻilgan. U Isroilda universitetni tamomlagan, bank ishi yoʻnalishida faoliyat yuritadi. U ham musiqiga oshno va musiqiy didga ega, ammo professional qoʻshiqqa befarq.
Oila hozirda Isroilda, Tel-Avivda yashaydi.
Hozirda u sahnadan uzoqlashdi: asosan talabalarga repetitorlik qiladi. Asosan oʻzining qoʻshiqlariga kuy bastalab, ijro etadi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eson Kandov repertuaridagi qo‘shiqlar sonini aniq aytib bo‘lmaydi. U, u hech qachon „sof“ oʻzbek yoki rus asarlarini ijro etish bilan cheklanib qolmagan — uning rpertuarida dunyo xalqlari qoʻshiqlari ham asosiy oʻrinda boʻlgan.
Quyida ulardan baʼzilari keltirilgan:
1973-yili — uning birinchi plastinkasini Eson Kandov kulaydi nomi ostida Melodiya kompaniyasi tomonidan chiqarilgan.
1979-yili — Butunittifoq „Melodiya“ kompaniyasining ovoz yozish studiyasida Georgiy Garanyanning „Eson Kandov kuylaydi“ deb nomlangan diski chiqarilgan.
1984-yil — "Navo" ansambli jo‘rligida "Eson Kandov kuylaydi " deb nomlangan plastinka (Toshkent ovoz yozish studiyasi) chiqarildi.
1986-yili — „ Haqiqiy uyim“ nomli „Melodiya“ kompaniyasi tomonidan Toshkent ovoz yozish studiyasida chiqarildi.
1989 yil — „Veter stransviy“ nomli cholgʻu ansambli joʻrligida katta plastinkasi „Melodiya“ kompaniyasi tomonidan Toshkent ovoz yozish studiyasida chiqarildi.
Mashhur taronalari:
- „Gazli“ haqidagi qoʻshiq, 1964-yil;
- „Barno“, 1969-yil;
- „Gʻazalxon“, 1969- yil;
- „Livan kadrlari“, 1969 -yil
- „Emina“, 1969-yil Emina / Emina — Eson Kandov — https://www.youtube.com/watch?v=1Emw91s81gw
- „Plona gory“, plona lasy", 1974-yil;
- „Sevgi va bahor“, 1978- yil;
- „Gʻazallar“, 1988- yil va Eson Kandovning boshqa mashhur asarlari Oriental Sketches" — https://www.youtube.com/watch?v=WFuCotQHkuQ
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sopot Festival '73 Participants“. 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Munira Ziyaqaeva — Eson Qandov: „O‘zbek sahnasiga 25 yil berdim“ // AsiaTerra.info, 2016 yil 07 oktyabr
- Toshkent retrospektivi — Toshkent haqida qoʻshiq