Kontent qismiga oʻtish

Esse (Finlandiya)

Koordinatalari: 63°35′0″N 23°3′0″E / 63.58333°N 23.05000°E / 63.58333; 23.05000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esse

Esse — Ähtävä
Sobiq munitsipalitet
Skyline of Esse
Esse
Gerb
63°35′0″N 23°3′0″E / 63.58333°N 23.05000°E / 63.58333; 23.05000
Mamlakat Finlandiya
Viloyat Ostrobothnia
Munitsipalitet Pedersöre
Aholisi
 (1976-12-31[1])
2 281
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Pochta indeks(lar)i 68820
Esse xaritada
Esse
Esse

Esse (fin: Ähtävä) — Finlandiyaning sobiq munitsipaliteti, hozirda Pedersöre munitsipalitetining qishlogʻi. Qishloqning taxminan 3000 nafarga yaqin aholisi bor, ularning taxminan 94% qismi shved tilida soʻzlashuvchi finlar, qolganlari esa fin tilida soʻzlashuvchilardir. Esse Pedersöre munitsipalitetining shimoli-sharqiy qismida joylashgan.

Qishloq 1977-yilda Pedersörega birlashtirilgan.

Qishloq boʻylab Esse daryosi oqib oʻtadi. Bu daryo chuchuk suv marvarid midiyasi (Margaritifera margaritifera) topilishi mumkin boʻlgan oxirgi joylardan biridir.

Esse 4 ta kichikroq qishloqlarga boʻlingan:

  • Överesse (bu yerda cherkov joylashgan)
  • Ytteresse
  • Bäckby
  • Lappfors

Aholi punkti oʻz nomini Esse/Ähtävänjoki daryosi nomidan olgan. Qishloq kamida 1488-yildan beri mavjud. U ilgari Pedersöre cherkov hududining bir qismi boʻlgan boʻlib, 1732-yilda oʻz cherkoviga ega boʻldi va 1865-yilda alohida cherkov hududi hamda munitsipalitetga aylandi. Qishloq 1977-yilgacha mustaqil boʻlib qoldi, keyinchalik u qoʻshni Purmo bilan birga yana Pedersöre tarkibiga kiritildi[2].

  1. „Structure of Population and Vital Statistics by Commune as of 31 dekabr 1976“ (fi, sv). Official statistics of Finland. Qaraldi: 7 sentyabr 2021.
  2. „SuomalainenPaikannimikirja_e-kirja_kuvallinen.pdf“ (fi). kaino.kotus.fi. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.