Kontent qismiga oʻtish

Esteban Granero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esteban Granero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Esteban Félix Granero Molina[1]
Tavallud sanasi 2-iyul 1987-yil (1987-07-02) (37 yosh)[2]
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya[2]
Boʻyi 180 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Laqabi El Pirata (Qaroqchi),
GranHero (Katta qahramon)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995–2004 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2006 Real Madrid C 48 (9)
2006–2008 Real Madrid B 37 (4)
2007–2008   Getafe 27 (3)
2008–2009 Getafe 35 (5)
2009–2012 Real Madrid 67 (4)
2012–2014 Queens Park Rangers 25 (1)
2013–2014   Real Sociedad 4 (0)
2014–2017 Real Sociedad 67 (0)
2017–2020 Espanyol 64 (5)
2020–2021 Marbella 29 (3)
Total 403 (34)
Milliy terma jamoa
2002 Ispaniya U16 (0)
2004 Ispaniya U17 (0)
2006 Ispaniya U18 (1)
2007 Ispaniya U20 (0)
2007–2009 Ispaniya U21 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Esteban Feliks Granero Molina (ispancha: Esteban Félix Granero Molina; 2-iyul 1987-yil, Pozuelo de Alarcón, Ispaniya) – ispaniyalik sobiq professional futbolchi yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Ispaniyada „El Pirata“ („Qaroqchi“) laqabi bilan mashhur bu oʻyinchi yarim himoya chizigʻidagi barcha joylarda oʻynay oladi. Markaziy yarim himoyachi oʻrnida ham, oʻng qanot yarim himoyada ham va boshqa oʻrinlarda ham bemalol oʻynay oladi. Uning asosiy ampluasi pleymeyker vazifasi hisoblanadi. „Qaroqchi“ laqabining kelib chiqish sababiga koʻra, Estebanning oʻzi tan olishicha, u urgan gollarini qanday qilib nishonlashni bilmagan, antiqa nishonlashni topolmasdan shunchaki bir koʻzini qoʻlib bilan yopib nishonlagan. Jurnalistlar esa tez fursatda bu qilgan harakati va shuningdek, hurpaygan sochi va gʻalati soqolini inobatga olib, unga bu tahallusni berishgan[3].

Esteban Granero „Realning“ futbol maktabiga kelganida 8 yosh boʻlgan va tez fursatda oʻzining iqtidorini koʻrsata boshlagan. Unga hujumchi oʻrnini ishonishdi. Mavsumlarning birida 10 yoshgacha chempionatda Granero 83 ta gol urishga erishgan. Bu haqda u oʻzining intervyularidan birida: „… Buning siri shundaki, oʻsha vaqtda men qolganlardan boʻyim uzun edi. Men qolganlardan kuchliroq tepardim va qolganlardan kuchliroq edim. Keyin esa men katta boʻldim, tana shakllandi va hammasi balansga tushdi, keyin meni maydon markaziga oʻtkazishdi“, – deb izoh berib oʻtdi[3].

1999-yilda Granero „Real“ning 12 yoshgacha B jamoasi sardori boʻldi va tengqurlari oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro futbol turnirida gʻolib boʻlishga erishdi. Final Kataloniya poytaxtidagi „Palau Sant Jordi“ (kat. Palau Sant Jordi) maydonida oʻtkazildi va ushbu oʻyinda „Real“ „Barselona“ jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Qoʻshimcha vaqtda urilgan yagona gol muallifi musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi deb tan olingan Esteban Granero boʻldi.

17 yoshida „Real“ning uchinchi jamoasi „Real Madrid C“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Oʻzining oʻta isteʼdodliligi va toʻp uzatish mahorati bilan ajralib turgan. 2005/06 mavsumda ispaniyaning nomdor „Don Balón“ nashri versiyasiga koʻra, Esteban Granero Terseraning 7-guruhidagi „El Crack“ („oʻq uzish“ – eng mahoratli, gʻayrioddiy oʻyinchi) nomiga sazovor boʻldi.

2006-yilda Ispaniya futbol federatsiyasi tashkil etgan 19 yoshgacha rasmiy oʻsmirlar musobaqasida jamoadoshlari Xuan Mata va Alberto Buenolar bilan birgalikda Granero musobaqa gʻolibi boʻldi. Shu yilning oʻzida Granero „Real“ning ikkinchi jamoasi „Real Madrid B“ jamoasida oʻz debyutini oʻtkazdi. Debyut oʻyini „Albasete“ jamoasiga qarshi kechdi va Granero gollik toʻp uzatma qilishga muvaffaq boʻldi.

Granero „Kastilya“dagi („Real Madrid B“) faoliyati davomida tez sur’atlarda jismoniy oʻsishi bilan oʻsha vaqtlardagi bosh murabbiy Michelning ishonchiga kira oldi va doimiy asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. Lekin yakunda kanteraning boshqa tarbiyalanuvchilari Ruben de la Red, Xavi Garsia, Adrian Gonsaleslar qatorida unga ham asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshilish imkoniyati boʻlmadi va 2007-yil 31-avgustda transfer oynasining soʻnggi kunida Granero „Xetafe“ jamoasiga bir yilga ijaraga berib yuborildi. U yerga Granero bilan birgalikda Ruben de la Red ham bordi, faqat boshqa talablar asosida jamoaga qoʻshildi.

„Xetafe“ jamoasida 2007-yilning 16-sentabrida Ispaniya chempionatining 3-turida „Espanyol“ga qarshi kechgan uchrashuvda oʻz debyutini nishonladi. Ammo debyut muvaffaqiyatlik chiqmadi. „Xetafe“ yutqazdi, Granero esa qizil kartochka olib maydonni tark etdi[4].

Realga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 21-iyulida 4 mln. yevro evaziga „Real“ Graneroni qayta sotib oldi[5]. Mavsumoldi oʻyinlarda u gol urishga ham erishdi. 12-sentabrda u asosiy jamoadagi birinchi debyutini yana „Espanyol“ jamoasiga qarshi oʻyinda nishonladi. Bu oʻyinda „Real“ 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi[6]. U birinchi mavsumda asosan zahiradan maydonga tushdi va koʻp oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi.

2010/11 mavsumda „Real Madrid“ Granero toʻp suradigan chiziqlarga yana ikkita oʻyinchi, Sami Xedira va Mesut O'zillarni tarkibiga qoʻshib olganidan keyin Esteban doimiy zahiradan tushuvchi oʻyinchi boʻlib qoldi.

2011/12 mavsumda esa yana bir oʻyinchi, asli chap qanot himoyachisi lekin markaziy yarim himoyada ham yaxshi oʻyin oʻtkaza oladigan Fabio Koentrau xarid qilinganidan keyin Graneroning vaziyati yanada chigallashdi[7]. Bu muammolarga qaramay, Granero jamoada qolishni xohladi va bir necha muhim oʻyinlarda maydonga ham tushdi.

2012-yil 30-avgust kuni Granero angliyaning „QPR“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Jamoada u 14 raqamda oʻynaydigan boʻldi.[8][9] U Premyer Ligadagi debyutini ikki kundan soʻng, amaldagi chempion Manchester Siti bilan oʻzaro oʻyinda oʻtkazdi. Mazkur oʻyinda QPR 1-3 hisobida magʻlubiyatga uchradi[10]. Granero jamoasidagi birinchi golini 2012-yilning 6-oktyabrida „Vest Bromvich“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. Ammo ushbu oʻyinda „QPR“ 2-3 hisobida magʻlubiyatga uchradi[11].

2013-yilning 15-avgustida „QPR“ Estebanni Ispaniyaning „Real Sosedad“ jamoasiga ijaraga berganligini rasman eʼlon qildi. Kelishuvga koʻra, Granero ispanlar tarkibida bir mavsum toʻp suradi[12].

Erishgan natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Acta del partido celebrado el 02 de octubre de 2011, en Barcelona“ [Minutes of the match held on 2 October 2011, in Barcelona] (es). Royal Spanish Football Federation (2011-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-mart.[sayt ishlamaydi]
  2. Jump up to: 2,0 2,1 „Esteban Granero“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  3. Jump up to: 3,0 3,1 Эстебан Гранеро: «С господством „Барселоны“ будет покончено!» | RealMadrid.ru – Vse novosti „Real Madrid“ na russkom yazike, 2009-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-19 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 78 (yordam)
  4. Испания — Эспаньол (Барселона) — Хетафе (Хетафе) — Чемпионат.ру, 2008-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-21
  5. „Granero returns to Real“. Sky Sports (23-iyul 2009). Qaraldi: 29-iyul 2009.
  6. Madrid maintain perfect start (Wayback Machine saytida 2012-11-02 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 12-sentabr 2009
  7. „Granero, un imprescindible con pocos minutos“ (Spanish). Defensa Central (9-iyul 2012). Qaraldi: 24-iyul 2012.
  8. „EXCLUSIVE: GRANERO COMPLETES MOVE“. QPR (30 avgust 2012). Qaraldi: 30 avgust 2012.
  9. „Official: Granero joins QPR on four-year deal“. Goal.com (30 avgust 2012). Qaraldi: 30 avgust 2012.
  10. „Manchester City 3–1 Queens Park Rangers“. ESPN Soccernet (1-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2012-yil.
  11. West Brom 3-2 QPR; BBC Sport, 6-oktabr 2012-yil
  12. „Granero pens Sociedad loan“. Queens Park Rangers (15-avgust 2013-yil). Qaraldi: 15-avgust 2013-yil.