Kontent qismiga oʻtish

Eugene Allen Noble

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eugene Allen Noble

Eugene Allen Noble portreti
Tavalludi 5-mart 1865-yil
Brooklyn (New York)
Vafoti 28-iyun 1948-yil(1948-06-28)
(83 yoshda)
New York (shahar)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Ish joylari Dickinson kolleji, Goucher kolleji, Centenary universiteti
Taʼlimi Trinity School (New York shahri), Wesleyan universiteti,

Eugene Allen Noble (5-mart 1865-yil28-iyun 1948-yil) — amerikalik akademik, ruhoniy. U uchta oliy taʼlim muassasasilarda rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan. Centenary universitetida 1902-yildan 1908-yilgacha, Goucher kollejida 1908-yildan 1901-yilgacha va Dickinson kollejida 1911-yildan 1914-yilgacha[1]. Shuningdek, Noble Juilliard maktabida rahbar boʻlib ishlagan[2].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Noble 1865-yil 5-martda Nyu-york shahrining Bruklin tumanida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Otasi William Richard Noble ruhoniy va onasi Margaret J. Hays. U dastlab Nyu-York shahridagi Trinity maktabida, keyin Wesleyan universitetida bakalavrni falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqib, 1891-yilda tamomlagan[3]. Kollejni tugatgandan soʻng, Noble Illinois shtatining Evanston shahrida joylashgan Garret-Evangelist diniy muassasasida tahsil oladi[4]. Noble 1892-yilda birinchi xotini boʻlgan Lillian White Osbornga uylanadi. Shuningdek, u Phi Beta Kappa va Alpha Delta Phi kabi nufuzli jamiyatlarning aʼzosi boʻlgan[1][5][6].

Oʻqishni tugatgandan keyin, Noble ruhoniy etib tayinlanadi va Nyu-Yorkning sharqiy qismidagi cherkovda faoliyatini davom ettiradi. Noble ikkita cherkovda xizmat qilgan, biri 1891-yildan 1895-yilgacha Connecticutda va ikkinchisi 1895-yildan 1897-yilgacha Bruklinda. Keyinchalik bir muddat Nyu-Yorkdagi Bruklin kasalxonasida bosh shifokor yordamchisi boʻlgan.

1902-yilda Noble New Jersey shtatidagi Hackettstown shahrida joylashgan, oʻsha paytda Centenary Collegiate Institute nomi bilan mashhur boʻlgan Centenary universiteti rahbari etib tayinlangan. Noble olti yil davomida u yerda faoliyatini davom ettirgan.

1908-yilda Noble ilgari ayollar uchun ixtisoslashtirilgan kollej keyinchalik Goucher kolleji sifatida oʻzgargan muassasada ishlagan.

  1. 1,0 1,1 „Eugene Allen Noble (1865-1948) | Dickinson College“ (en). archives.dickinson.edu. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  2. „Music: Juilliard Improvement“. Time (ingliz (Amerika)). 1927-11-28. ISSN 0040-781X. Qaraldi: 2018-09-09.
  3. Wesleyan University Publications ... (en). Elihu Ceer, Stationer and Steam Printer, 1916 — 124, 170, 187-bet. 
  4. „Reno Gazette-Journal from Reno, Nevada on June 29, 1948 · Page 3“ (en). Newspapers.com. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
  5. Phi, Alpha Delta. Catalogue of the Alpha Delta Phi Society (en). Executive Council of the Alpha Delta Phi Fraternity, 1899 — 515-bet. 
  6. „The history of Goucher College“. archive.org. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.