Eyüpspor — Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan Turkiyaning professional futbol klubi. Jamoa ranglari lavanta va sariqdir. Ularning uy arenasi Eyüp stadioni boʻlib 2500 tomoshabinga moʻljallangan.
Eyüpspor 1934-yildan 1937-yilgacha Istanbul birinchi ligasida oʻynagan[1]. 1956-yilda jamoa rasman professional maqomini oldi va 1959-yilda Istanbul shahar chempionati gʻolibi boʻldi[2].
1982/1983 yilgi mavsumda jamoa milliy musobaqalarda debyut qildi va Turkiya futbolining ikkinchi divizioni boʻlgan Birinchi ligaga chiqdi, ammo tez orada uni tark etdi. 2014—2015-yillarda klub Ikkinchi liga, uchinchi divizionda oʻynadi va 2-oʻrinni egalladi va bunda yana bir bor ikkinchi divizionga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[3].
2018/2019-yilgi mavsumda jamoa turnir jadvalida 9-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga rahbariyatning umumiy yigʻilishida klubning yangi prezidenti etib Murat Oʻzkaya saylandi[4].
2020/2021-yilgi mavsumda „Eyupspor“ Ikkinchi liganing Qizil guruhi chempioni boʻldi, 37 yildan soʻng birinchi ligaga qaytdi[5].
Eyüpspor jamoasining Fotih Karagümrük va Beykoz 1908 klublari bilan kuchli raqobati bor, bu oʻyinlar davomida muhlislar oʻrtasidagi tartibsizliklarga sabab boʻladi.