Kontent qismiga oʻtish

Eyjafjallajökull

Koordinatalari: 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W / 63.62000; -19.61333
Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eyjafjallajökull
(Guðnasteinn
Hámundur)

Gígjökull, Eyjafjallajökullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan
Turi Stratovulqon
Joylashuvi 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W / 63.62000; -19.61333
Islandiya
Ushbu maqolani tinglang (0 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-dekabr, 2022-yil(2022-12-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Eyjafjallajökull[1][2][3] (talaffuzi: Eyyafyadllayyokudll, islandcha talaffuzi: ˈeiːjaˌfjatlaˌjœːkʏtl̥) — Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir. Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qoʻshni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi[4] konussimon[5] vulqon bor. Choʻqqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan)[6]. Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin boʻlgan Skógar qishlogʻi joylashgan. Muzlikdan Skougau koʻlining (isl. Skógá) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi[7].

Deyarli ikki yuz yil davomida vulqon harakatsiz deb hisoblangan. Vulqonning nofaol davridan oldin otilish sodir boʻlgan va bu holat 1821-yil 19-dekabrdan 1823-yil 1-yanvargacha taxminan bir yil davom etgan. Bu Eyjafjallajökull muzliklarining erishi xavfiga sabab boʻlgan. VEI shkalasi boʻyicha otilish kuchi 2 ball, tutun hajmi 4 ×106 m³ deb belgilangan. Oxirgi vulqon portlash holati 2010-yil 20-martda mahalliy vaqt bilan 22:30 dan 23:30 gacha[8] muzlikning sharqiy qismida taxminan 500 m uzunlikdagi yoriq shakllanishi bilan boshlangan. Bu vaqtda katta kul chiqindilari qayd etilmagan. 2010-yil 16-20-aprelda Yevropaning bir qismi havo hududining yopilishiga va oʻsha yilning may oyida vaqti-vaqti bilan cheklovlarning oʻrnatilishiga sabab boʻlgan (Rossiya fanlar akademiyasi geografiya instituti]] direktorining oʻrinbosari Arkadiy Tishkovning soʻzlariga koʻra, „Islandiyada havoga koʻtarilgan oʻsha narsa hatto 1 km³ hajmga ham yetmagan edi“)[9]. VEI shkalasi boʻyicha otilish intensivligi 4 ball deb baholangan[10].

„Eyjafjallajökull“ nomi „eyja“ [ˈɛɪja] — orol, „fjall“ [fjatl̥] — togʻ va „jökull“ [ˈjœkʏtl̥] — muzlik maʼnosini anglatuvchi soʻzlarning birlashmasidan hosil boʻlgan. Amerikalik tilshunoslarning tadqiqotiga koʻra, muzlik nomini dunyo aholisining atigi 0,005 foizigina toʻgʻri talaffuz qila oladi[11]. Islandiyalik qoʻshiqchi Elisa Geirsdottir Numan "Eyjafjallajökull" soʻzini oʻrganishda yordam berish uchun qoʻshiq yaratgan[12][13].

Eyjafjallajökull va Katla

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eyjafjallajökull vulqoni faolroq boʻlgan boshqa bir muz osti vulqoni - Katladan 12 km gʻarbda joylashgan. 920, 1612 va 1821 — 1823-yillardagi Eyjafjallajökull otilishi Katla vulqonining otilishidan oldin sodir boʻlgan. Baʼzi Islandiyalik geofiziklarning fikriga koʻra, 2010-yildagi vulqon otilishi Katla vulqonining qoʻzgʻalishi uchun sabab boʻlishi mumkin.

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Islandiya vulqon otilishi“ (Iceland Volcano Eruption) — National Geographic hujjatli filmi (2010)

„Eyjafjallajökull“ (film) — badiiy film (Fransiya, 2013)

„The Secret Life of Walter Mitty“ — badiiy filmi (AQSh, 2013)

„AFC Eyjafjallajökull“ — Estoniyadagi havaskor futbol jamoasi[14].

„FC Eyjafjallajökull“ — Islandiya futbol jamoasi[15][16].

  1. Atlas mira („Prezidentskiy“). Izdano po zakazu Pravitelstva RF. Pod red. Drajnyuk A. A.; Котляков, Владимир Михайлович; Берлянт, Александр Михайлович Izdatelstvo: M.: Roskartografiya, 1999. — ISBN 5-85120-055-3. — 3000 ekz
  2. Islandiya: Obщegeograficheskaya karta / sost. i podgot. k izd. Novosibirskoy kartogr. f-koy v 2003 g.; st. red. A. V. Molostova; red. Ye. G. Chirkova. — 6-e izd. — 1:1000000, 10 km v 1 sm. — M., 2003 (Novosibirsk: kartogr. f-ka). — ISBN 5-87663-008-X. — 3000 ekz.
  3. „Инструкция по русской передаче географических названий Исландии / Сост. Широкова В. С.; Ред. Берков В. П. — М., 1974. — 39 с.“ (ru). rosreestr.ru. 2020-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  4. Islandiya. Spravochnaya karta. Masshtab 1:1000000. — M.: GUGK, 1981.
  5. „Исландский вулкан Эйяфьятлайокудль, нарушивший авиасообщение в мире: история извержений и видео“ (ru).
  6. „Вулкан Эйяфьятлайокудль в Исландии. Справка“ (ru). РИА Новости (2010-yil 15-aprel). Qaraldi: 2010-yil 16-aprel.
  7. „Вулкан Эйяфьялайокуль // Всё о геологии“ (ru). wiki.web.ru. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  8. „Eruption on Fimmvörðuháls“ (en). Исландская метеорологическая служба (21 марта 2010). Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.
  9. „Масштаб извержения вулкана в Исландии резко уступает масштабу психоза, начавшегося в Европе, считают российские учёные“ (ru). Ами-ТАСС (16 апреля 2010). 2010-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Erica R. Hendry. „What we kow from the icelandic volcano“ (en). www.smithsonianmag.com. 2010-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  11. „Название исландского вулкана способны выговорить 0,005 процента людей“ (ru). lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.. Lenta.ru
  12. „Исландская певица сочинила песню об Эйяфьятлайокудле“ (ru). lenta.ru. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  13. YouTube logotipi Musician explains volcano's name YouTubeda(ingl.)
  14. „AFC Eyjafjallajoküll on Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  15. „FC Eyjafjallajökull on Twitter“ (ru). Twitter. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  16. „FC Eyjafjallajökull on Facebook“ (en). Facebook. Qaraldi: 2021-yil 25-may.