Kontent qismiga oʻtish

FIFA talqini boʻyicha asrning eng yaxshi futbolchisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FIFAning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ – FIFA tomonidan 20-asrning eng buyuk futbolchisini eʼtirof etish uchun bir martalik beriladigan mukofot boʻlib, uning gʻolibi 2000-yil 11-dekabrda Rimda boʻlib oʻtgan FIFAning yillik tantanali marosimida eʼlon qilingan[1]. Diego Maradona va Pele ushbu mukofotning qoʻshma gʻoliblari boʻlishgan[2][3].

1955-yildan beri FIFAda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofotlar bor va ular FIFAning asrning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ommaviy ovoz berish orqali asrning eng yaxshi futbolchisini topishga qaror qilishgan. Bu ularning rasmiy veb-saytida, rasmiy jurnalida va katta hakamlar hay’atida ovoz berish orqali hal qilinishi kerak edi[4]. Internetda oʻtkazilgan soʻrovda Maradona katta farq 53.6 foiz bilan gʻalaba qozongan va Pele 18,53 foiz, ovoz toʻplagan. Pele davrida professional futbol oʻynagan Eusébio soʻrovnomada uchinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, koʻpchilik kuzatuvchilar soʻrovning internetdagi holati, Peleni emas, balki Maradonaning oʻyinini koʻrgan yosh muxlislarning ovoz berganidan shikoyat qilishdi. Natijada FIFA ikkinchi soʻrovnomani qoʻshishga qaror qilgan va futbol jurnalistlari, rasmiylar va murabbiylardan iborat „Futbol oilasi“ qoʻmitasini tayinlagan. Bu qoʻmita Peleni 72,75% ovoz bilan asrning eng yaxshi futbolchisi deb tanladilar, shuning uchun ikkalasi ham birgalikda gʻolib deb topilgan[5].

FIFA internet ovoz berish natijasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA onlayn soʻrovi natijalari quyidagicha boʻlgan:[6]

Futbolchi Mamlakat Foiz
1 Diego Maradona  Argentina 53.60%
2 Pelé  Braziliya 18.53%
3 Eusébio  Portugaliya 6.21%
4 Roberto Baggio  Italiya 5.42%
5 Romário  Braziliya 1.69%
6 Marco van Basten  Niderlandiya 1.57%
7 Ronaldo  Braziliya 1.55%
8 Franz Beckenbauer  Germaniya 1.50%
9 Zinedine Zidane  Fransiya 1.34%
10 Rivaldo  Braziliya 1.19%
11 Zico  Braziliya 1.15%
12 Garrincha  Braziliya 1.08%
13 Johan Cruyff  Niderlandiya 0.87%
14 Alfredo Di Stéfano  Argentina

 Ispaniya

0.68%
15 Michel Platini  Fransiya 0.58%
16 Bobby Charlton  Angliya 0.39%
17 Ferenc Puskás  Vengriya 0.37%
18 Lothar Matthäus  Germaniya 0.37%
19 Lev Yashin  Sovet Ittifoqi 0.36%
20 George Best  Shimoliy Irlandiya 0.32%

FIFA jurnali va hakamlar hay’atining ovozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotning ushbu qismi FIFA jurnali oʻquvchilari va FIFA Katta hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish orqali aniqlangan:[7]

Futbolchi Millat Foiz
1 Pelé  Braziliya 72.75%
2 Alfredo Di Stéfano  Argentina

 Ispaniya

9.75%
3 Diego Maradona  Argentina 6.0%
4 Franz Beckenbauer  Germaniya 2.5%
5 Johan Cruyff  Niderlandiya 2.0%
George Best  Shimoliy Irlandiya 2.0%
7 Roberto Baggio  Italiya 1.0%
Garrincha  Braziliya 1.0%
Zico  Braziliya 1.0%
Michel Platini  France 1.0%
Gerd Müller  Germaniya 1.0%
  1. „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. FIFA.com. FIFA (2000-yil 7-dekabr). 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  2. „Three candidates for FIFA World Player Award: Figo, Rivaldo and Jake Leigh“. CBC News. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-mart.
  3. FIFA Player of the Century (Wayback Machine saytida 26 April sanasida arxivlangan)
  4. „Maradona's genius cannot eclipse English master“. The Daily Telegraph (2000-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 11-may.[sayt ishlamaydi]
  5. „Pele, Maradona each win FIFA century awards after feud“. CNN. 2014-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-aprel.
  6. „FIFA Player of the Century“. touri.com. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-noyabr.
  7. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FIFA2