Johan Cruyff
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hendrik Johannes Cruijff | ||
Tavallud sanasi | 25-aprel 1947-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Amsterdam, Niderlandiya | ||
Vafot sanasi |
24-mart 2016-yil (68 yoshda) | ||
Vafot joyi | Barselona, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.78 m[2][3] | ||
Ampluasi | Hujumchi, hujumkor yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1957–1964 | Ajax | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1964–1973 | Ajax | 245 | (193) |
1973–1978 | Barcelona | 143 | (48) |
1979 | Los Angeles Aztecs | 22 | (14) |
1980 | Washington Diplomats | 24 | (10) |
1981 | Levante | 10 | (2) |
1981 | Washington Diplomats | 5 | (2) |
1981–1983 | Ajax | 36 | (14) |
1983–1984 | Feyenoord | 33 | (11) |
Total | 518 | (294) | |
Milliy terma jamoa | |||
1966–1977 | Niderlandiya | 48 | (33) |
Boshqargan klublari | |||
1985–1988 | Ajax | ||
1988–1996 | Barcelona | ||
2009–2013 | Kataloniya | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hendrik Johannes Cruyff (talaffuzi: Hendrik Yohanes Krayf) – gollandiyalik futbolchi va murabbiy. Hendrik faoliyati davomida 3 marotaba oltin topni qoʻlga kiritgan. Yevropa chempionlar ligasi kubogini 3 marta futbolchi va 1 marta murabbiy sifatida qoʻlga kiritgan. 20-asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olingan.[4][5][6] Butun faoliyati davomida 752 ta oʻyinda 425 ta gol urgan.
2017-yili yanvarda UEFA tomonidan Yevropa futboliga taʼsir koʻrsatgan murabbiylar oʻntaligiga kiritildi[7]. 2010-yilda futbol rivojiga katta hissa qoʻshgani uchun FIFAning eng oliy mukofoti boʻlgan „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan ham taqdirlangan[8].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Johan Cruyff 1947-yil 25-aprelda Amsterdamning Linnaustrat koʻchasidagi kasalxonada dunyoga keldi. Hermanius Cornelis Cruyff va Petronelli Bernardi Drayer oilasida tugʻildi. Uning familiyasi onasining otasi ismidan olingan edi. Uning ota-onasi Iordan viloyatidan edi. Urushdan soʻng ular oʻzlarining kichik sabzavot doʻkonini yuritishgan. Johanning bolaligi Betondorp tumanidagi „De Mer“ stadioni yaqinida oʻtdi. Otasining birinchi turmushidan boʻlgan akasi Henni bilan birga koʻchada futbol oʻynab vaqt oʻtkazar edi. Keyinchalik ular „Ayaks“ yoshlar jamoasida birga oʻynashni boshladilar.
Cruyff „Ayaks“ klubida ketma-ket uch marta (1971, 1972, 1973) Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi. 8 marta Gollandiya chempioni boʻldi. 1973-yilda oʻsha davr uchun uning rekord darajadagi summa – 922 ming funt sterling evaziga „Barselona“ klubiga oʻtdi.
Bir yil oʻtgacha, Gollandiya terma jamoasi 1974-yilgi Jahon chempionatining finaligacha yetib bordi ammo finalda Germaniyaga 1:2 hisobda magʻlub boʻldi. 1976-yili Yevropa chempionatida jamoa 3-oʻrinni egallagan. Gollandiya 1978-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan oʻtdi. Ammo final turniriga Qirollik Futbol Ittifoqi bilan moliyaviy masalalarda kelisha olmay, terma jamoadagi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
1970-yillardagi Gollandiya terma jamoasi va „Ayaks“ dagi oʻyinlari tufayli butun dunyoda „total futbol“ deb ataluvchi oʻziga xos uslubga ega futbolchi edi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach murabbiylikka oʻtdi. Murabbiylikdagi ilk klubi „Ayaks“ boʻlib, 1987-yilda Kubok egalari kubogini, 2 marta mamlakat kubogini (1986, 1987) qoʻlga kiritdi. 1989-1996-yillarda uning murabbiyligidagi „Barselona“ 4 marta Ispaniya chempioni boʻldi (1991, 1994). 1992-yili Yevropa Chempionlar kubogini ,1989-yili Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi.
2003-yili noyabrda UEFAning 50 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra Cruyff Niderlandiyaning yarim asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2006-yil sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Laureus“ mukofotiga sazovor boʻldi. 2007-yilning 18-aprelida Cruyffning 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan „Ayaks“ „14“-raqamni abadiy saqlashga qaror qildi. 2010-yil 26-martda Cruyff futbolchi va murabbiy sifatida „Barselona“ga klub oldidagi xizmatlari uchun faxriy prezident deb tayinlandi[9]. 2010-yil klubning yangi prezidenti Sandro Rozel tomonidan bu lavozimdan vaqtincha ozod qilingan, chunki bunday lavozim klub nizomida yoʻq edi[10][11].
„Cruyff Classics“ poyabzal brendining hammuallifi hisoblanadi[12].
Cruyff ashaddiy kashanda boʻlgan va 2015-yil oktabrda oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilgan[13]. 2016-yil 24-martda Barselonada vafot etgan[14].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1968-yil 2-dekabrda Cruyff mashhur golland zargari Cornelis Johannes Costerning qizi Denni Koster bilan turmish qurdi. Uning oʻgʻli Jordi -futbolchi va murabbiy hisoblanadi.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 9-sentabrda Valfogona-de-Riukorb shahrida Johan Cruyff nomidagi koʻchaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
„Ayaks“ning uy stadioni 2018—2019-yilgi futbol mavsumidan boshlab Cruyff nomi bilan ataladi[15][16].
2019-yili 26-avgustda „Barselona“ ning uy stadioni – „Nou Kamp“da Johan Cruyffning 3,5 metr balandlikdagi haykali ochildi. Uning muallifi golland xaykaltaroshi Korri Ammerlan edi[17].
2019-yili Barselonada uning nomidagi futbol stadioni ochildi.
2020-yil yozida Amsterdam koʻchalaridan biri Cruyff nomiga oʻzgartirildi[18].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niderlandiya terma jamoasida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jahon chempionati kumush medali sovrindori – 1974-yil
- Yevropa chempionatining bronza medali egasi – 1976-yil
Ayaks
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gollandiya chempioni (8)-1965/66, 1966/67, 1967/68, 1969/70, 1971/72, 1972/73,1981/82,1982/83.
- Gollandiya chempionatining kumush medal egasi (2) – 1968/69, 1970/71.
- Gollandiya kubogi sohibi (5) – Gollandiya1966/67, 1969/70, 1970/71, 1971/72, 1982/83
- Gollandiya kubogi finalchisi – 1967/68.
- Yevropa chempionlar kubogi gʻolibi (3): 1970/71, 1971/72, 1972/73
- Yevropa chempionlar kubogi finalchisi – 1968/69
- Yevropa Superkubogi gʻolibi – 1972-yil.
- Qitʼalararo kubok gʻolibi: 1972-yil
- Ispaniya chempioni :1973/74
- Ispaniya chempionatining kumush medal egasi (3) – 1975/76, 1976/77, 1977/78
- Ispaniya chempionatining bronza medali sohibi – 1974/75
- Ispaniya kubogi sohibi – 1977/78
- Ispaniya kubogi finalchisi-1973/74
Feyenoord
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gollandiya chempioni – 1983/84
- Gollandiya kubogi sohibi – 1983/84
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayaks
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gollandiya chempionatining kumush medali sohibi (2) – 1985/86, 1986/87
- GollandiyaGollandiya kubogi sohibi (2) – 1985/86, 1986/87
- UEFA kubok egalari kubogi gʻolibi – 1986/87
- Yevropa Superkubogi finalchisi – 1987-yil
- Ispaniya chempioni (4) – 1990/91, 1991/92, 1992/93, 1993/94
- Ispaniya chempionatining kumush medali sohibi – 1988/89
- Ispaniya chempionatining bronza medali sohibi (2): 1989/90, 1995/96
- Ispaniya kubogi sohibi – 1989/90
- Ispaniya kubogi finalchisi – 1995/96
- Ispaniya Superkubogi gʻolibi (3) – 1991, 1992, 1994
- Ispaniya Superkubogi finalchisi – 1990, 1993
- Yevropa chempionlar kubogi gʻolibi – 1991/92
- UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi – 1993/94
- UEFA Kubogi egalari kubogi – 1988/89
- UEFA Kubok egalari kubogi finalchisi – 1990/91
- Yevropa Superkubogi gʻolibi – 1992-yil
- Yevropa Superkubogi finalchisi – 1989-yil
- Qitʼalararo kubok finalchisi – 1992-yil
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gollandiyaning 1954—2003-yillardagi eng yaxshi futbolchisi (UEFAning 50 yilligida berilgan mukofot)
- „Oltin toʻp“ sohibi (3) – 1971, 1973, 1974
- „Bronza toʻp“ sovrindori – 1975-yil
- „Oltin toʻp“ga nomzod(8)-1967, 1968, 1969, 1970, 1972, 1976, 1977, 1978
- Ispaniyada yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi (2)- 1977, 1978
- Gollandiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari (2) – 1967-yil (33 gol), 1972-yil (25 gol)
- Gollandiya kubogi toʻpurari-1966-yil (9 gol)
- Yevropa kubogi toʻpurari – 1971/72-yil (5 gol)
- IFFHS boʻyicha 20-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida – 2-oʻrin
- IFFIHS maʼlumotlariga koʻra 20-asrning Yevropaning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida – 1-oʻrin
- IFFIHS maʼlumotlariga koʻra Gollandiyaning XX-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida – 1-oʻrin
- „Ayaks“ning tarixida eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 2-oʻrin
- World Soccer talqini boʻyicha 20-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatida – 3-oʻrin
- „Barselona“ning eng zoʻr futbolchilari roʻyxatida – 2-oʻrin
- Gollandiya chempionatida 3-toʻpurar – 215 gol
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi – 1974-yil
- Gollandiyaning „Oltin butsa“ sovrindori – 1984-yil
- Gollandiyada yilning eng yaxshi sportchisi (2) – 1973, 1974
- Gollandiya chempionatida „Ayaks“ning eng yaxshi toʻpurari – 205 ta gol.
- Gollandiya kubogida „Ayaks“ning eng yaxshi toʻpurari- 39 ta gol
- „Onze Mondial“ versiyasi boʻyicha Yevropaning eng yaxshi murabbiyi (2) – 1992, 1994
- „World Soccer“ versiyasi boʻyicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi – 1987-yil
- „Four Four Two“ versiyasi boʻyicha futbol tarixidagi murabbiylar roʻyxatida 3-oʻrin (2020)[19]
- „France Football“ tomonidan futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar roʻyxatida 4-oʻrin (2019)[20][21]
- „World Soccer“ maʼlumotlariga koʻra futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar roʻyxatida 29-oʻrin (2013)[22][23]
- „Marca“ gazetasi oʻquvchilari fikriga koʻra „Legend“ mukofoti sohibi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Johan Cruyff - Trainerprofil - DFB“. dfb.de. 2022-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
- ↑ Strack-Zimmermann, Benjamin „Johan Cruijff (Player)“ (en). www.national-football-teams.com. 2022-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Johan Cruyff“ (en). worldfootball.net (2017-yil 23-dekabr). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „IFFHS' Century Elections“ (en). rsssf.com. 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ „World Soccer Players of the Century“ (en). englandfootballonline.com. 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ „Биография на сайте ФИФА“ (en). fifa.com. 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-fevral.
- ↑ „The ten best coaches of all time“ (en). UEFA.Com. UEFA (2017-yil 13-yanvar). 2018-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
- ↑ „FIFA Order of Merit holders“. FIFA.Com. FIFA (2012-yil 31-dekabr). 2015-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.
- ↑ „Johan Cruyff named Honorary President“. FC Barcelona. 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Cruyff unimpressed by Barca 'circus'“. ESPN (2010-yil 10-iyul). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Johan Cruyff stripped of Barcelona honorary president title“. The Guardian (2010-yil 10-iyul). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Cruyff Classics“. 2008-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-iyul.
- ↑ „Johan Cruyff: Barcelona, Ajax and Netherlands legend diagnosed with lung cancer“ (en). independent.co.uk (2015-yil 22-oktyabr). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
- ↑ „Пішов з життя легендарний футболіст та тренер Йохан Кройф“. champion.com.ua (2016-yil 24-mart). 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
- ↑ „Amsterdam ArenA wordt officieel Johan Cruijff ArenA“ (nl). сайт клуба «Аякс» (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Стадион "Аякса" переименуют в честь Йохана Кройфа“ (ru). «Интерфакс» (2018-yil 5-aprel). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ „«Барселона» установила статую Кройффа на «Камп Ноу»“. 2019-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
- ↑ „Бульвар имени Йохана Кройффа появился в Амстердаме“. 2020-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
- ↑ „Guardiola supera a Klopp, Simeone y Mourinho en la lista de los 100 mejores técnicos“. Goal.com. 2020-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ „Top 50 des coaches de l'histoire“. France Football (2019-yil 19-mart). 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-mart.
- ↑ „Los 50 mejores entrenadores de la historia“. FOX Sports (2019-yil 19-mart). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ „World Soccer The Greatest manager of all time“. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
- ↑ „The Greatest: — how the panel voted“. 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Johan Cruyff haqida turkum mavjud |
Vikiiqtibosda Johan Cruyffga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Biography of Johan Cruyff – UEFA.com
- Johan Cruyff menejer profili BDFutbol saytida
- Johan Cruyff – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Johan Cruyff Foundation – Johan Cruyff Foundation
- International Football Hall of Fame: Johan Cruyff – ifhof.com
- The World of Johan Cruyff – Explore the World of Johan Cruyff
- 25-aprelda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Amsterdamda tugʻilganlar
- 24-martda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Barselonada vafot etganlar
- Navboxes template with no content
- Erkak futbolchilar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- AFC Ajax futbolchilari
- Los-Anjeles Aztek futbolchilari
- Levante UD futbolchilari
- Feyenoord futbolchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Ispaniyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Niderlandiyalik futbol murabbiylar
- 1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari
- FIFA 100
- FC Barcelona murabbiylari
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Oltin toʻp sohiblari