Kontent qismiga oʻtish

David Beckham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Beckham
David Beckham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Robert Joseph Beckham
Tavallud sanasi 2-may 1975-yil (1975-05-02) (49 yosh)
Tavallud joyi LondonBuyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Boʻyi 183 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Laqabi Becks (Beks)
Raqami 23
Milliy terma jamoa
Angliya Angliya

David Robert Joseph Beckham OBE (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekham, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tugʻilgan) — Britaniyalik sobiq professional futbolchi. 100 buyuk britaniyaliklar va dunyoning 100 ta eng nufuzli shaxslaridan biri. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi. Jahon futboli tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri. Inter Mayami Cf futbol klubining egasi va prezidenti. Salford Sity klubinig rahbari.

Devid Bekhem futbolchilik faoliyatida bir qator klublarni himoya qilgan bulardan „Manchester Yunayted“, „Preston Nort End“, „Real Madrid“ va „AC Milan“, u yana Angliya terma jamoasini ham himoya qilgan. U 2011-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp haq toʻlanadigan futbolchi deb tan olingan.

Bekham futbolchilik karyerasida „Manchester Yunayted“ klubi bilan professional shartnomani imzolaydi va uning birinchi debyut oʻyini 1992 yil 17 yoshga toʻlganda boʻladi. Bekham „Manchester Yunayted“ tarkibida Premer-liga kubogini 6 marta, Angliya kubogini 2 marta va Chempionlar ligasini 1 marta sovrinlarini qoʻlga kiritadi. Bekhem 2003-yilda „Real Madrid“ klubiga oʻtadi, u bu klubda 4 yil harakat qiladi va 4-yili Ispaniya chempionati kubogini qoʻlga kiritdi. 2007-yilning yanvar oyida Bekhem AQSHning „Los-Angeles Glaksi“ klubi bilan summasi 32,5 mln dollar boʻlgan 5 yillik shartnomani imzolaydi. Bakhem 2009-2010 yillar orasida Italiyaning „Milan“ klubida ijara shartnomasi asosida harakat qildi.

Shaxsi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekhem Spice Girls vokalisti Viktoriya Beckamga (Adams) uylangan va ularning Bruklin Jozef, Romeo Jeyms, Kruz Devid ismli oʻg'li va Harper Seven ismli qizi bor.

Ordenlar va maxsus mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]