Kontent qismiga oʻtish

Falastin yerlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Falastin yerlari
الأراضي الفلسطينية
al-Arāḍī al-Filasṭīniyya
Yashil chiziq asosida chizilgan Falastin hududlari xaritasi
Yashil chiziq asosida chizilgan Falastin hududlari xaritasi
Eng katta shahar Gʻazza
Maydon
• Butun
6 220 km2
Aholi
• Roʻyxat
4 816 503
• Zichlik 654/km2
Pul birligi
Vaqt mintaqasi UTC+2 EET
Telefon prefiksi +970
Internet domeni

Falastin yerlari yoki Falastin hududlari – sobiq Falastinda Britaniya mandatining ikki hududi boʻlib, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (jumladan, Sharqiy Quddus) hamda Gʻazo sektoridan iborat. Bu ikki hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroil okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Xalqaro sud Gʻarbiy Sohil, jumladan, Sharqiy Quddusni „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ (inglizcha: Occupied Palestinian Territory) deb nomlaydi. Sud 2004-yilda eʼlon qilgan izohda aynan shu atama ishlatilgan[1][2]. 1999-yilning oktyabridan to 2012-yilning dekabriga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasini Falastin milliy maʼmuriyati nazorati ostidagi hududlarga nisbatan qoʻllagan, ammo 2012-yilda Falastin BMTning aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlatiga aylanganidan keyin, BMT Falastin Davlati atamasini qoʻllay boshlagan[3][4][5][6]. Yevropa Ittifoqi ham „ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasidan foydalanadi[7][8]. Isroil hukumati hamda uning tarafdorlari esa „munozarali hududlar“ atamasini ishlatadi[9].

  1. „Archived copy“. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-iyul. "International Court of Justice Reports of Judgments, Advisory Opinions and Orders – Legal Consequences of the Construction of a Wall in the Occupied Palestinian Territory Advisory Opinion of 9 July 2004 ". Retrieved 11 August 2013
  2. Ben-Naftali, Orna; Gross, Aeyel M.; Michaeli, Keren (2005). "Illegal Occupation:Framing the Occupied Palestinian Territory". Berkeley Journal of International Law 23 (3): 552. Archived from the original on 2019-04-01. https://web.archive.org/web/20190401053636/https://scholarship.law.berkeley.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1299&context=bjil. Qaraldi: 9 October 2018. ""gradually substituting the terms....Palestinian occupied territories" Falastin yerlari]]
  3. Le More, Anne. International assistance to the Palestinians after Oslo: political guilt, wasted money, Routledge studies on the Arab-Israeli conflict. London and New York: Routledge, 2008 — 27-bet. ISBN 978-0-415-45385-1. 
  4. „December Overview“. UNOCHA (2009-yil dekabr). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-yanvar.
  5. „Israeli practices affecting the human rights of the Palestinian people in the Occupied Palestinian Territory, including East Jerusalem: Report of the Secretary-General (UN Doc. A/71/364)“. United Nations (2016-yil 30-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  6. Le More, Anne. International assistance to the Palestinians after Oslo: political guilt, wasted money, Routledge studies on the Arab-Israeli conflict. London and New York: Routledge, 2008 — 29-bet. ISBN 978-0-415-45385-1. 
  7. „European Union, Trade in goods with Occupied Palestinian Territory“. European Commission / Directorate-General for Trade (2016-yil 4-noyabr). 2019-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  8. „Council conclusions on the Middle East Peace Process“. Council of the European Union (2016-yil 18-yanvar). — „The Council highlights the importance of unhindered work of civil society both in Israel and the occupied Palestinian territory and follows recent developments in this regard with concern.“. Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  9. „Occupied Territories or Disputed Territories?“. Jerusalem Center for Public Affairs. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.