Falernia sharobi
Falernia sharobi ― qadimgi Rimda ishlab chiqarilgan sharobning bir turi[1].
Falernia sharobi Kampaniya shimolidan, Latsiy bilan chegaradosh hududi - ager Falernus (lotincha: Falerna yeri) - Massiko (togʻ) etagida va yon bagʻirlaridan kelib chiqqan. Bu shirindan tortib qurugʻigacha turli xil navlarda boʻlgan. Rim Respublikasining oxirlarida va eramizning I asrida qahrabo rangli Falernia sharobi eng asl va eng yaxshi navlardan biri hisoblangan - ayniqsa, agar u yertoʻlada taxminan 15-yil davomida saqlangan boʻlsa (hatto saqlash muddati uzoqroq boʻlgani). Keyinchalik, bu sharobning sifati yomonlashdi, chunki vinochilar yuqori talab tufayli ichimlikning sifatiga emas, balki miqdoriga koʻproq e’tibor berishni boshladilar. Falernia sharobi narxi, Pompeydagi yozuvlarga koʻra, 4 asslik "oddiy sharob" dan taxminan 4 barobar qimmatroq edi.
Bu sharob Goratsiy[2] va Martsial asarlarida, shifokor Galen va boshqa koʻplab qadimgi mualliflarning asarlarida yuqori baholangan. Siliy Massiko togʻlarining Falern ismli qishlogʻi haqida etiologik afsonani keltirgan, u yerga Vakx (Baxus) tashrif buyurgan va samimiylik va mehmondoʻstlik uchun sovgʻa sifatida tok novdasini bergan. A. S. Pushkin tarjima qilgan Katullning she’rida ham ("Achchiq mast qiluvchi Falernia[3][4][5][6]”) va M. A. Bulgakovning "Usta va Margarita" romanida aytib oʻtilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Обнорский Н. П. Фалернское вино // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
- ↑ Weber. «De agro et vino Falerno» (1855)
- ↑ „Мальчику (Катулл; Пушкин) — Викитека“. ru.wikisource.org. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
- ↑ „А. С. Пушкин. Мальчику (Из Катулла) («Пьяной горечью Фалерна...»). Текст произведения“. ilibrary.ru. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
- ↑ „А.С. Пушкин. Мальчику (Из Катулла)“. rvb.ru - РУССКАЯ ВИРТУАЛЬНАЯ БИБЛИОТЕКА. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
- ↑ „Мальчику. Пушкин. Читать стихотворение онлайн.“. ОНЛАЙН БИБЛИОТЕКА РУССКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.