Kontent qismiga oʻtish

Faol tadbirkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari
Taqdirlash asosi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish hamda innovatsiyalar joriy qilishda munosib hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 20-avgust.

„Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekistonda tadbirkorlikni keng rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy etish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan namuna boʻla oladigan tadbirkorlar taqdirlanadi[1][2][3].

Mukofotlash tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har yili „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar borasida „Yilning ilgʻor tadbirkorlari“ kitobi chop etilishi belgilangan.

  • „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishonining diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, u 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining oʻrta qismi diametri 25 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Doiraning markaziy qismida belgi-tamgʻalar tasvirlangan boʻlib, bunday tamgʻalar qadimgi usta-hunarmand tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan va sotuvga chiqarilgan. Unda asosan Oʻzbekiston hududida topilgan mahsulotlar namunalari aks etgan.
  • Koʻkrak nishoni markazdagi belgi-tamgʻalar atrofida ularni tutib turgan tadbirkor qoʻllarini ifodalovchi tasvirlar tilla rangdadir.
  • Koʻkrak nishonining ustki qismidagi aylana boʻylab „FAOL TADBIRKOR“ yozilgan boʻlib, harflarning balandligi — 2,2 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining pastki qismida aylana boʻylab 5 qirrali 14 yulduz tasvirlangan. Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks etgan. Tasvirlar va yozuvlarning barchasi boʻrtmadir.
  • Koʻkrak nishoni ilmoq va halqa yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻich boʻyi — 19 millimetr, eni — 25 millimetrdir. Qadagʻich teng oʻlchamli koʻk va och koʻk rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Uning eni 21 millimetrdir.
  • Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi maxsus moslama ham oʻrnatilgan.