Farhod va Shirin (nasriy bayoni)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farhod va Shirin (nasriy bayoni)
Muallif(lar) Gʻafur Gʻulom (nasriy bayon muallifi)
Abduqodir Hayitmetov (nashrga tayyorlovchi; 1975)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i doston
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1975)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1940
1956
1975
Sahifalar soni 248 (1975)

„Farhod va Shirin (nasriy bayoni)“ — turkiy shoir Alisher Navoiy qalamiga mansub „Farhod va Shirin“ dostonining Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub nasriy bayoni. Ilk bor 1940-yil Toshkent shahrida chop etilgan. 1956-yil qayta nashr qilingan. 1975-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida Abduqodir Hayitmetov tomonidan tahrir qilingan yangi versiyasi chop etilgan.

1940-yil Navoiy „Xamsa“sidagi dostonlar („Hayrat ul-abror“dan tashqari) xalqqa tushunarli boʻlishi uchun nasriy mazmuni bilan chop etilgan. „Farhod va Shirin“ dostonining nasriy mazmunini Gʻulom tayyorlagan. Gʻulom tayyorlagan nasriy mazmun 1940- va 1956-yillarda Hamid Olimjon yozgan kirishsoʻz bilan nashr qilingan. Gʻulom nasriy bayonda dostonning toʻliq mazmunini qamrashga harakat qilgan.[1]

1975-yil Hayitmetov „Farhod va Shirin“ning qisman oʻzgartirilgan versiyasini nashrga tayyorladi. Ushbu versiyani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Norqulov – muharrir, F. Gambarova - rassom, I. Kiriakidi – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tojiboyeva, Ozoda. „Gʻaybulla Salomov Alisher Navoiy dostonlarining tabdillari xususida“ (PDF). „Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ ilmiy-metodik elektron jurnal. № 5/2019. 219-bet. doi:10.36078/1577699385. 2020-05-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 23.12.2020. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= (yordam)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]