Farrux Qilichev
Farrux Qilichev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
1985-yil 15-sentabr Jizzax viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Medallar | |
Qilichev Farrux Komilovich (1985-yil 15-sentyabrda tugʻilgan, Jizzax, Oʻzbekiston) — oʻzbek boks murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, Shuhrat medali sohibi[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qilichev Farrux Komilovich — 1985-yil 15-sentabrda Jizzax shahrida tugʻilgan. 1995-yildan boshlab boks bilan shugʻullangan. 1999 yili Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga o‘qishga kirgan. 2004-yilda o‘qishni tamomlab, O‘zDG‘SFK (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti) ga o‘qishga kirdi. Chirchiq kolleji murabbiylari uni nafaqat sportchi, balki umidli yosh murabbiy sifatida ko‘rib, boksga bo‘lgan qiziqishi va mehrini ko‘rib, o‘z murabbiylik jamoasida ishlashni taklif qildi. Oʻrta vazn toifasida koʻp karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. 2005-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji (2018-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati)da boks boʻyicha murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2016-yilda ushbu maktabda boks boʻyicha katta murabbiy.
Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qilichevning shogirdlari orasida eng yuqori natijalarni quyidagi sportchilar qayd etgan:
Dilshodbek Roʻzmetov[2]
Chempionat | ||
---|---|---|
natija | oʻtkazilgan yili | |
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati | kumush medal sohibi | 2015, Toshkent |
Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati | kumush medal sohibi | 2015, Sankt-Peterburg |
Kattalar oʻrtasida Jahon chempionati | kumush medal sohibi | 2019, Ekaterinburg |
Jahongir Rahmonov
Chempionat | ||
---|---|---|
natija | oʻtkazilgan yili | |
Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati | kumush medal sohibi | 2015, Toshkent |
Yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati | bronza medal sohibi | 2018, Bangkok |
III Oʻsmirlar Olimpiadasi | sovrindor | 2018, Buenos-Ayres |
Timur Ergashev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Bangkok, 2017)
Timurbek Sadullayev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Toshkent, 2015)
Ruslan Abdullayev - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati bronza medali sohibi (2017)
Shavkat Boltayev - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Quvayt, 2019)
Feruza Kazakova - Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Fujayra, 2019)
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farrux Qilichev, Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan birga Bahodir Jalolovdek jahon chempioni va 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempionini tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshgan.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oilali, uch nafar oʻgʻil farzandi bor.
Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Shuhrat" medali sohibi - 2019-yil.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy — 2021-yil.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Tokio-2020 litsenziantlari va ularning murabbiylari mukofotlandi“. 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
- ↑ Boks boʻyicha terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boks boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini kimlar himoya qiladi? (Wayback Machine saytida 2022-07-16 sanasida arxivlangan)
Farrux Qilichev: „Eng koʻp oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman“