Toʻlqin Qilichev
Toʻlqin Qilichev | |
---|---|
Tavalludi |
24-fevral 1983-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Boʻyi | 170 sm |
Mukofotlari |
Toʻlqin Qilichev Maxmurovich (tugʻ. 1983-yil 24-fevral, Zafarobod, Oʻzbekiston) — oʻrta vazn toifasidaishtirok etgan oʻzbek professional bokschisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy (2019)[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻlqin Qilichev 1983 -yil 24-fevralda Oʻzbekistonning Zafarobod shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Jizzax shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda boks bilan shugʻullangan. 1997-yil Chirchiq shahar viloyat taʼlim va fan boʻlimiga oʻqishga kirib, uni 2002-yilda tamomlagan. 2002-yildan 2004-yilgacha SSKAda ishlagan. Xizmatdan soʻng Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirib, uni 2008-yilda tugatgan (2010-2012-yillarda magistraturada tahsil olgan). Boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati sovrindori (2000) va boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati finalchisi boʻlgan(2001)[2].
2005-yildan 2007-yilgacha u Yevgeniy Peshexonovni magʻlub etib, professional boksdagi debyutini oʻtkazdi. Umuman olganda, u professional ringda 8 ta jang oʻtkazgan[3].
Qilichev Murabbiylik faoliyatini 2009-yilda Chirchiq shahar RUORe jamoasida boshlagan. 2011-yilda boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan. 2014-yilda u shu kungacha shugʻullanayotgan Oʻzbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi. 2015-yildan parallel ravishda u klub yopilguniga qadar WSB Uzbek Tigers bosh murabbiyi sifatida ishlagan[4].
U Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqahhorov, Sanjar Tursunov va boshqa mashhur sportchilarni tarbiyalagan[5].
2024-yil 8-avgust kuni Hasanboy Doʻsmatovning Parij olimpiadasida qoʻlga kiritgan oltin medalini nishonlash vaqtida yurak hurujiga uchragan. Buyuk Britaniya terma jamoasi shifokorlari – Harj Singh va Robbie Lillis Qilichevga birinchi yordamni koʻrsatishgan[6].
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boks boʻyicha sport ustasi
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi (2019)[7]
- I darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni (2021)[8]
- „Shuhrat“ medali (2022)
- 2024-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тулкин Киличев:«Узбекистан изо всех сил постарается доминировать в любительском боксе Азии»“. sports.kz.
- ↑ „Киличев:конкурентами Кахрамонова на ЧМ будут боксеры Кубы и России“. rsport.ria.ru.
- ↑ „"Конкуренты за "золото" Олимпиады". Тренер из Узбекистана - о боксерах Казахстана и соперничестве“. vesti.kz.
- ↑ „Команда Uzbek Tigers сразится с российскими боксерами на матче WSB“. gazeta.uz.
- ↑ „Тулкин Киличев“. gazeta.uz. 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Team GB medics are lifesavers after Uzbekistan coach suffers cardiac arrrest“.
- ↑ „Президент наградил медалистов ЧМ по боксу“. gazeta.uz.
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 16-avgust.
- ↑ „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari
- Sogʻlom avlod uchun ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Kishilar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston bokschilari
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Bokschilar