Kontent qismiga oʻtish

Zafarobod (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Zafarobod — Jizzax viloyatidagi shahar (1973-yildan). Zafarobod tumanining maʼmuriy markazi. Z.ga 1973y.lar boshida Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish avj olgan davrda asos solingan, 1973 yildan tuman markazi. Maydon 25000 km². Aholisi 50000kishi (2020). Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Paxtakor sh. gacha 18 km, Jizzax sh.gacha 42 km. Z.dan Jizzax sh.ga, Paxtakor, Arnasoy, Forish tumanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari qurilgan.

Zafarobodda paxta tozalash zdi, elektrod ishlab chiqarish kichik korxonasi, bosmaxona, novvoyxona bor. Avtotransport, mashinatraktor xizmati koʻrsatish, gazlashtirish korxonalari, avtomobil yoʻllari boshqarmasi, kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi.

Zafarobodda tuman hokimligi binosi, supermarket, „Otaxonlar“ choyxonasi, „Paxtabank“,MKB,AGROBANK,XALQ BANKI,IPOTEKA BANK,SQB,QQB,HAMKOR BANK, 2 umumiy taʼlim maktabi, tarix muzeyi, madaniyat saroyi, dehqon bozori, kutubxona, 100 oʻrinli kasalxona, poliklinika, avtostansiya mavjud. Xotira xiyoboni, Mustaqillik maydoni barpo etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil