Kontent qismiga oʻtish

Fathulla Qushbegi madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fathulla Qushbegi madrasasi - Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida XVI asrning soʻnggi choragida, 1585-1586-yillarda bunyod etilgan.

Buxoroning eski shahar qismi

Madrasa qurilishida bosh-qosh boʻlgan shaxs Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tavallud topgan. Buxoro xonligida Parvonachi, Pirmuhammadxon davrida Shigʻovul lavozimida ishlagan. Iskandarxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan. Abdullaxonning II maxsus buyrugʻi bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa bunyod ettirishda faol ishtirok etgani uchun u qurdirgan madrasa xalq orasida Fathulla Qushbegi nomi bilan mashhur boʻlgan.

Meʼmoriy uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fathulla Qushbegi madrasasi Sharq meʼmorchilik anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan, „Chor“ uslubida bunyod etilgan. Meʼmoriy obidani bunyod etilishida har xil oʻlchamdagi xom va pishgan gʻisht, tosh, loy, yogoch va shunga oʻxshash mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot madrasa qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va xujralardan iborat. Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzulishi Buxoroning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham oʻziga xos bezaklangan. Hovli 44 ta bir qavatli xonalar bilan oʻralgan. Tashqi ayvonning koʻcha tomoni past devor bilan toʻsilgan. Fathulla Qushbegi madrasasi oliy oʻquv yurtlar sirasiga kirgan va yillik vaqf daromadi 80 ming tangadan oshiq boʻlgan. Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning oʻrtalarida buzilib ketgan. Xozirgi kunda Fathulla Qushbegi madrasasining oʻrnida „Modarixon“ mehmonxonasi faoliyat yuritmoqda.

  1. Fathulla Qushbegi madrasasi. Rusrav.uz
  2. Akbar Zamonov[sayt ishlamaydi]