Faunning boshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sezar Zokki. Emilio Zokki haykalining nusxasi „Yosh Mikelanjelo Faunning boshini yasamoqda“

Faunning boshi (italyancha: Testa di fauno) — Mikelanjelo tomonidan 1488 −1489-yillarda yasalgan yoʻqolgan marmar haykal.[а]

Asar haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazarining soʻzlariga koʻra, bu haykal Mikelanjelo tomonidan Medichi haykalchalar bogʻida, „burni koʻtarilgan, yuziga ajin tushgan kulayotgan qariya faun“ boshining antik nusxasi sifatida yaratilgan[б][1]. Mikelanjelo faunning yuz ifodasini biroz oʻzgartirib, ogʻzini butunlay ochiq tasvirladi, shunda til ham, barcha tishlar ham koʻrinib turadigan boʻldi[2]. Bu asarni koʻrgan Muhtasham Lorenzo ustani maqtadi, lekin keksa odamlarning barcha tishlari buzilmasdan qolishi mumkinmas, deb taʼkidladi. Shunda, Mikelanjelo Faunning tishlaridan birini sindirib, milklarini teshdi[2]. Vazari ham, Kondivi ham aynan shu voqea yosh iqtidorga Lorentso de Medichi[3] bilan yaqinlashishga yordam berganini taʼkidlaydi.

Uilyam Uollesning fikricha, bu haykalni yasash vaqtida Mikelanjelo allaqachon 15 yoshda edi, demak u yetarli darajada ulgʻaygan edi va bu hikoya koʻproq ajoyib afsonaga oʻxshaydi[4] Erika Shilyanoning fikricha, haykalning mavjudligining oʻzi shubha uygʻotadi. Chunki Mikelanjeloning oʻzi haqidagi biograflariga aytgan (Kondivi va Vasari) hikoyasidan tashqari, bu haqda hech qanday dalil saqlanib qolmagan[5].

Bargello galereyasidagi „Kulayotgan Faun“ nomli marmardan yasalgan niqobi Mikelanjeloning „yoʻqolgan“ haykali deb hisoblanadi. Bu esa Vazari va Kondivi tavsifiga umuman toʻgʻri kelmaydi. Chunki ogʻizda faqat ikkita kuchuk tishga oʻxshash tish bor va ular orasida til chiqib turadi[3].

Sanʼatdagi obraz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emilio Zokki "Yosh Mikelanjelo „Faunning boshi“ni yasamoqda" (1861) marmar haykalini yaratdi. Hozirda mazkur asar Pitti saroyida saqlanadi. Bu haykalning Chezare Zokki, Genri Vulf va boshqalar tomonidan yaratilgan mashhur nusxalari ham mavjud.

Karel Shulsning „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida „Faunlar kulgusi“ boʻlimi Mikelanjeloning birinchi haykaltaroshlik asariga bagʻishlangan [6]:

(...) Микеланджело схватил резец и, на глазах у князя и Полициано, сильно ударил по фавновым губам. Зазияла дыра. Старый полубог лишился нескольких зубов. Фавнова насмешливая улыбка изменилась. Он перестал насмехаться, перед тем как вонзить зубы в мясо. Он взглянул на мир, как старик...

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

a. ^ Po Fritsu Erpeli — ok. 1490 −1492 gg. [7]
b. ^ Original ne soxranilsya i ego opisanie izvestno tolko so slov Vazari i Kondivi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Вазари 1970.
  2. 2,0 2,1 Микеланджело. Поэзия. Письма 1983.
  3. 3,0 3,1 Symonds 1893.
  4. Wallace 2010.
  5. Scigliano 2005.
  6. Шульц 2006.
  7. Эрпель 1990.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Вазарі Д.. Життєписи найславетніших живописців, скульпторів та архітекторів.  (nedostupnaya ssilka) (Ukraincha)
  • Микеланджело. Поэзия. Письма. Суждения современников / сост. В. Н. Гращенков. М.: Искусство, 1983.   (rus.)
  • Эрпель Фриц.. Микельанджело / Пер. с нем. Сергея Данильченко. Берлин: Хеншель, 1990. ISBN 3-362-00044-4.   (rus.)
  • Шульц К.. Камень и боль: роман. К.: Юниверс, 2006. ISBN 966-8118-23-5. 
  • Eric Scigliano.. Michelangelo's Mountain: The Quest For Perfection In The Marble Quarries Of Carrara. Simon and Schuster, 2005.  (Inglizcha)
  • John Addington Symonds.. The Life of Michelangelo Buonarroti, 1893.  (Wayback Machine saytida 2014-07-18 sanasida arxivlangan) (Inglizcha)
  • William Wallace.. The Treasures of Michelangelo. Andre Deutsch, 2010. ISBN 978-0-233-00253-8.  (Inglizcha)