Kontent qismiga oʻtish

Bahoiylik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fe bahà'ídan yoʻnaltirildi)


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Bahoiy E'tiqodi (Баҳоийлик)
Bir necha ustunli, tomi gumbazli oq bino
Bahoiylarning boshqaruv organi boʻlgan Umumjahon Adolat Uyi qarorgohi, Xayfa, Isroil

Bahoiy Eʼtiqodi (kirillcha „Bahoiy Eʼtiqodi“, „Bahoiylik“, „Bahoiyya“ „Bahoiylar“) XIX asrda asos solingan din boʻlib[1], u barcha dinlar mohiyatan yagonaligi hamda barcha insonlarning birligini oʻrgatadi[2] .Bu dinning asoschisi Bahoullohdir. Ushbu din dastlab Eron va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Osiyoning baʼzi hududlarida tarqalgan. Dinga ergashganlar doimiy ravishda taʼqiblarga uchrab kelgan[3]. Bahoiylar deb tanilgan mazkur dinning taxminan 9 million izdoshlari boʻlib, ular dunyoning aksariyat mamlakatlari va hududlariga tarqalganlar.

Bahoiy Eʼtiqodida uchta markaziy Siymo mavjud: Bob (1819-1850), Oʻzini insoniyatning maʼnaviy hayotini oʻzgartirishga qaratilgan xabarning etkazguvchisi deb eʼlon qiladi. Uning Vazifasi tinchlik va adolat davrini ochadigan Oʻzidanda buyukroq boʻlgan, va Ollohning qator Rasullari kabi keladigan Mazharning kelishiga yoʻl ochish edi. Bob 1850 yilda Eron hukumati va din peshvolari tomonidan qatl etiladi; Bahoulloh (1817-1892), 1863 yilda Oʻzini oʻsha Vaʼda qilingan Mazhar deb eʼlon qiladi va Oʻzining Muqaddas Bitiklarida U, inson hayotining ham maʼnaviy, ham moddiy jabhalarini nazarda tutadigan global sivilizasiya rivojlanishining asosini tasvirlab beradi. Bu Taʼlimoti uchun Ul Zot 40 yil qamoq, qiynoq va surgunga duchor boʻladi; Abdul-Baho (1844-1921) – Bahoulloh Oʻz vasiyatnomasida toʻngʻich oʻgʻli Abdul-Bahoni Oʻz Taʼlimotining vakolatli tafsirchisi va Eʼtiqodning Rahbari etib tayinlaydi. U 1908 yil, 64 yoshida qamoqdan ozod qilinadi. Abdul-Baho Sharq va Gʻarbda tinchlik elchisi, namunali inson va yangi Eʼtiqodning etakchi vakili sifatida taniladi.

1921-yilda vafot etgunga qadar, Abdul-Baho Oʻzining toʻngʻich nevarasi Shavqiy Effendini (1897-1957) Bahoiy Eʼtiqodining Muhofizi etib tayinlagan Vasiyatnoma qoldiradi. Shavqiy Effendi 36 yil davomida butun insoniyatning xilma-xilligini aks ettiruvchi Bahoiylar jamoasining oʻsib borayotgan birligini tizimli ravishda parvarishlash, tushunchani chuqurlashtirish va mustahkamlash ustida mehnat qiladi. Bahoiylar har yili, Bahoiylar jamoasining ishlarini boshqaradigan Hududiy Kengashlar, Mahalliy va Milliy Ruhiy Majlislarni saylaydilar. Har besh yilda bir marta, Isroilning Hayfa shahrida, Bobning Maqbarasi yaqinida joylashgan Bahoiy Eʼtiqodining xalqaro boshqaruv organiga 9 kishidan iborat Umumjahon Adolat Uyi saylanadi.

Bahoulloh Taʼlimotining asoslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoiy Eʼtiqodining asosini Bahoullohning Taʼlimoti tashkil qiladi. Uning asosiy gʻoyasi insoniyatni yagona jahon oilasiga birlashish vaqti kelganligini bildiradi. Bahoiylar, yagona Olloh Oʻz irodasini vaqti-vaqti bilan Mazharlar deb nomlanuvchi ilohiy elchilar orqali ochib berishiga ishonadilar, ularning maqsadi insoniyat feʼl-atvorini tubdan oʻzgartirish va ulardagi axloqiy va maʼnaviy fazilatlarini rivojlantirishdir. Shu tariqa, din bilim va amaliyotning tartibli, yagona va progressiv tizimi sifatida koʻrib chiqiladi.

Bahoiylar dinning va Ollohning yagonaligi, insoniyatning yagonaligi kabi muhim tamoyillarga eʼtibor qaratadilar va irqchilik, seksizm va millatchilikdan ochiqchasiga voz kechib, insoniy tugʻma olijanoblik, diniy haqiqat insoniyatga bosqichma-bosqich ochib berilishi, ruhiy fazilatlarni rivojlantirishi, Ollohga ibodat va xizmatning yaxlitligi, jinslarning fundamental tengligi, din va fan oʻrtasidagi hamohanglik, barcha insoniy sohalarda adolatning markaziy oʻrni, taʼlimning ahamiyati, hamda insoniyat azaldan oʻz kollektiv etukligi sari siljib borar ekan shaxslar, jamoalar va muassasalarni oʻzaro bogʻlashi kerak boʻlgan munosabatlar dinamikasiga oid mavzularni koʻrib chiqadilar. Maqsad – barcha millatlar, irqlar, eʼtiqodlar va sinflarning farovonligini taʼminlaydigan yagona umumjahon tartibotga erishish[4][5].

Bahoulloh tomonidan yozilgan va turli odamlarga, jumladan, ayrim davlat rahbarlariga yuborilgan maktublar yigʻilib, Bahoiy Bitiklari toʻplamiga birlashtiriladi. Ushbu Muqaddas Bitiklar toʻplami Uning oʻgʻli Abdul-Baho hamda Bahoullohning Muboshiri hisoblangan Bobning Bitiklarini oʻz ichiga oladi. Bahoiy Bitiklari orasida "Kitobi-Aqdas", "Kitobi-Iqon", "Baʼzi savollarga javoblar", va  „Tong darakchilari“ alohida ajralib turadi.  

Ingliz tilida „Bahaʼi“ yoki „Bahai“ (oʻzbekcha Bahoiy) soʻzi Bahoiy Eʼtiqodiga nisbatan sifat kabi yoki Bahoulloh izdoshlariga qaratilgan termin kabi qoʻllanadi. Bu jumla soʻz turkumidagi otga mansub emas va dinning oʻzini anglatmaydi. U arabcha Baho (بهاء) soʻzidan kelib chiqib, „Shavkat“ yoki „Shuhrat“ maʼnosini anglatadi, holbuki, Bahoiy soʻzi aslida Arabchadan qarz olingan soʻz va uning shakllanishida faqatgina „i“ suffiksi Fors tiliga oiddir. „Bahaizm“ (Bahaʼism) jumlasi hamon ishlatiladi, koʻpincha kamsitilingan hollarda.

  • Haqiqatni mustaqil izlash
  • Butun insoniyatning birligi  
  • Bidʼat-xurofotlarning barcha shakllariga barham berish
  • Adolatni insoniy ishlarda etakchi tamoyil sifatida belgilash
  • Din va ilm-fan oʻrtasidagi uygʻunlik
  • Ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi
  • Umumiy taʼlim
  • Xalqaro yordamchi tilni qabul qilish
  • Boylik va qashshoqlikning haddan oshishini bartaraf qilish
  • Davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro tribunalni tashkil etish

Eʼtiqodlar va Qadriyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Bahoiy taʼlimoti

Bahoiy taʼlimoti va eʼtiqodining negizini uch asosiy tamoyil tashkil etadi: Ollohning yagonaligi, dinlarning yagonaligi va insoniyatning yagonaligi[6]. Bu postulatlardan shunday ishonch kelib chiqadiki, Olloh oʻz irodasini Ilohiy Mazharlar orqali namoyon etadi va bu mazharlarning maqsadi insoniyat xarakterini transformatsiya etish, hamda kimki bunga javoban hozir boʻlsa axloqiy va maʼnaviy sifatlarni rivojlantirishdir. Bunday qarashga binoan din – zamondan zamonga qadar tartibga ega, birlashtirilgan va progressivdir.[7]

Olloh konsepsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Bahoiy Eʼtiqodida Olloh konsepsiyasi

A white domed building
Sidney, Avstraliya, Inglsaidda joylashgan Bahoiy Ibodatxonasi

Bahoiy Eʼtiqodida (Bahoiylikda) Olloh haqidagi konsepsiya monoteistikdir. Bahoiylar Ollohni  anglab va etishib boʻlmas Xalloqi Olam sifatida qabul qilib, Abadiy, Aliym, Qayyum, Qodir, jamiyki Vahiylarning (Zuhurlarning) Manbai deb biladilar[8]. Bahoiylar Ollohning mohiyati insoniy idrokka va tasavvurga sigʻmasligiga, ammo, har bir mavjudotda Uning xususiyat va sifatlarining namoyon boʻlishini koʻrish mumkinligiga ishonadilar. Bahoiylar, xuddi moddiy quyosh dunyoni yoritganidek, Ollohning nuri ham butun Yaralmish uzra yogʻilishini va hech bir insoniy idrok Ollohning mohiyatini tushunib yeta olmasligini misol qilib keltirishadi. Odamlarning Olloh haqidagi tasavvurlari qanchalik keng va chuqur boʻlmasin, bu tasavvur insoniy idrokining haddi bilan chegaralangan boʻladi.

Bahoiylar Ollohning insoniy yoki jismoniy shaklga ega ekanligini inkor qiladilar; bahoiylarning Muqaddas Bitiklarida erkak olmoshlaridan foydalanish jinsga koʻra emas, balki anʼana sifatida qoʻllanadi. Bahoiy Bitiklarda Ollohni tasvirlash uchun turli ismlar ishlatiladi, ularning eng ulugʻi arab tilidagi "Jalol" yoki "Baho"  hisoblanadi.

Bahoiylar, Olloh zamonlar davomida Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso Masih, Muhammad kabi Mazharlar deb nomlanuvchi va ketma-ket biri birini almashtiruvchi  Ilohiy Elchilarni yuboradi, deb ishonadilar. Bahoiylarning eʼtiqodiga koʻra, Bahoulloh  bu Mazharlarning ushbu zamon uchun oxirgisidir[9].

Olloh Mazharlari xuddi ilohiy koʻzgular singari Ollohning sifatlarini Uning butun borligʻida aks ettiradilar[10]. Ushbu Murabbiylar tufayli insonlar ruhiy rivojga erishishi va Ollohga yaqinlashishi mumkin[11]. Bu haqda Bahoulloh shunday deydi:

Ey, Ollohning Yagonaligiga iymon keltirganlar, Uning Amri Mazharlari oʻrtasidan farq topish yoki Ularning Vahiylari va bu xabarlariga  hamroh keladigan alomatlarga  xurofot ila qarashlik  vasvasasidan ehtiyot boʻling. Darhaqiqat, siz haqni tanigan va unga ishongan boʻlsangiz, Ilohiy Birlikning asl maʼnosi shudir. Bundan-da ortiqroq: bilingki, har qanday Mazharning bitiklari va amallari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan barcha narsalar va kelajakda ular ochib berishi mumkin boʻlgan hamma narsa,  Olloh tomonidan belgilangan va Uning Irodasi va Inoyatining aksidir. Kimki Ularning shaxsi, nutqi, xabari, amali va feʼlidagi farqqa zarracha ahamiyat bersa, darhaqiqat, u Ollohga iymon keltirmagan, Uning oyatlarini inkor etgan va Rasullarining Amriga xiyonat qilgan boʻladi.[12]

Mazharlar orqali Olloh Oʻz irodasi va maqsadini etkazadi va insoniyatning ruhiy, intellektual va axloqiy qobiliyatlarini parvarishlaydi. Mazhar kelganidan keyin dunyoda gʻayrioddiy taraqqiyot sodir boʻladi. Inson motivasiyasining manbaiga taʼsir qilib, Ularning taʼlimotlari butun xalqlarda, ilgari imkonsiz boʻlgan darajada, sivilizasiyaning rivojiga hissa qoʻshish qobiliyatini uygʻotadi. Bahoiylar, barcha dinlar yagona umumiy Manbadan kelib chiqqanligi va, mohiyatan, ularning barchasi tobora ochilib boradigan bitta Ilohiy dinning boblari ekanligiga ishonadilar. Bahoullohning yoritib berishiga koʻra, sivilizasiya taraqqiyotining navbatdagi bosqichi insoniyat oʻzining birligiga erishishi bilan bogʻliq.

Bahoiylar, bugungi kunda butun insoniyat balogʻat ostonasida turganiga ishonadilar. Insoniyat, goʻdaklik va bolalik davrining turli bosqichlarini jamoaviy engib oʻtdi.  Butun dunyoda insoniyat jamiyati tub oʻzgarishlarni boshdan kechirib, ushbu eng buyuk yoʻnalish oydinlashmoqda: koʻz oʻngimizda sayyoraviy sivilizatsiya koʻrinishidagi umumbashariy jamiyatni shakllantirishdek oʻzgacha bir jarayon barpo boʻlmoqda.

Dinning Yagonaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uilmett, Illinoys, AQSH, Bahoiy Ibodatgohi ustunidagi koʻplab dinlarning ramzlari.

Asosiy maqola: Bahoiy Eʼtiqodi va dinning yagonaligi

Shuningdek: Progressiv Zuhur (Bahoiylik)

Bahoiylarning progressiv diniy zuhur haqidagi qarashlari ularni asoschilari va markaziy Siymolari Mazhar deb hisoblangan barcha taniqli jahon dinlarining haqiqiyligini tan olishga olib keladi.[13] Diniy tarix diniy haqiqatlarning bosqichma-bosqich ravishda ochilib borilishi, muqaddas bitik matni shaklida va tarix shaklida koʻproq yoki kamroq aniqlik bilan uzatilib, biroq, hech boʻlmaganda mohiyatan[14] haqiqat hamda, u nozil qilingan vaqt va joyga mos ravishda har bir namoyon biroz kengroq va rivojlangan zuhur keltirishi sifatida talqin qilinadi.[15] Taʼlimning oʻziga xos diniy ijtimoiy jihatlari (masalan, qaysi yoʻnalishda namoz oʻqish yoki qachon va qanday roʻza tutish) yanada mos vaqt va joy talabini belgilash uchun keyingi Zuhur orqali oʻzgartirilishi mumkin, holbuki, baʼzi umumiy tamoyillar (masalan, mehribon qoʻshnichilik yoki rahm-shafqat) ommabop va uzviy davomlik hisoblanadi. Bahoiy eʼtiqodiga koʻra, bu bosqichma-bosqich zuhur jarayoni hech qachon tugamaydi va u turkum xususiyatiga ega. Bahoulloh ming yildan soʻng, Ollohning navbatdagi Mazhari kelishini aniq taʼkidlab oʻtgan[16].

Bahoiylar, ularning dini oʻz bitiklari va qonunlari bilan boshqa dinlardan mustaqil boʻlib, boshqa dindan kurtak otgan yoki boshqa din sektasi emasligini taʼkidlaydilar[17]. Bahoiy dini oʻzining kelib chiqishiga koʻra dastlab Islomning mazhabi sifatida qaralgan. Hozirda aksariyat diniy olimlar uni mustaqil din sifatida koʻrib chiqadilar va uning shia islomdagi diniy kelib chiqishiga esa nasroniylik vujudga kelgan yahudiy kontekstiga oʻxshash deb qaraladi[18]. Bahoiylar, oʻz eʼtiqodini mustaqil umumjahon, nisbiy yoshi va Bahoulloh taʼlimotining zamonaviy kontekstga mosligi bilan boshqa anʼanalardan ajralib turadigan din sifatida tasvirlaydilar[19]. Bahoulloh avvalgi dinlarning masihiy umidlarini oqladi, deb ishoniladi[20].

Inson tabiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek: Bahoiy Eʼtiqodi va insoniyat birligi va Bahoiy Eʼtiqodi oʻlimdan keyingi hayot haqida.

A stylized Arabic figure which has intersecting lines that lock around rings and five-pointed stars to either side
Uzuk-tosh ramzi, insoniyatning Olloh bilan aloqasini ifodalaydi..

Bahoiy bitiklarida aytilishicha, insonlarda Ollohning darajotini va oʻz Yaratuvchisi bilan munosabatlarini tan olishdek oʻziga xos qobiliyatiga ega boʻlgan „oqil ruh“ mavjud. Har bir inson Ollohni faqat Uning Rasullari orqali tan olib, ularning Taʼlimotlariga ergashishi shart, deb hisoblanadi[21]. Bahoiy bitiklarida taʼkidlanishicha, tan olish va itoatkorlik, insoniyatga xizmat qilish, muntazam ibodat va ruhiy amaliyot orqali ruh Ollohga va bahoiy eʼtiqodidagi ruhiy komillikka yaqinlashadi. Bahoiy Eʼtiqodiga koʻra, vujuddan abadiy ajralgan ruh, insonning moddiy dunyodagi amallariga binoan sarhisob qilinadigan keyingi ruhiy (jism va vujuddan tashqari) dunyoda hayotni davom ettiradi. Bahoiylar jannat va doʻzaxni, oʻlimdan keyin erishiladigan moddiy mukofot va jazo joylari deb emas, balki bu dunyo va oxiratdagi ruhning Ollohga yaqin yoki uzoq holatlarining tasviri ekanligiga ishonadilar[22].

Bahoiy bitiklarida odamlarning muhim tengligiga va bidʼatlarni yoʻq qilishga urgʻu beriladi. Insoniyat juda xilma-xil boʻlsa-da, yagona mavjudot sifatida koʻrib chiqiladi; uning irqiy va madaniy xilma-xilligi tan olinib, qabul qilinishiga loyiq deb hisoblanadi. Irqchilik, millatchilik, kasta, ijtimoiy sinf va gender ierarxiyasi haqidagi doktrinalar birlik yoʻlidagi sunʼiy toʻsiqlar, deb hisoblanadi[23]. Bahoiy taʼlimoti, zamonaviy dunyoning diniy va siyosiy sharoitida insoniyatning birlashishi ustivor vazifa ekanligini taʼkidlaydi[24].

Ijtimoiy tamoyillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqol: Bahoiy ta'limotlari (printsiplari)

Bahoiy bogʻlari, Hayfa

1911-1912 yillarda Abdul-Baho Yevropa va Amerika boʻylab birinchi marta sayohat qilganida, Oʻzining ommaviy nutqlarida Bahoiy Eʼtiqodining asosiy tamoyillarini bayon qildi[7]. Ul Zotning nutqlari gender tengligi, irqiy birlik, butun dunyoda tinchlik oʻrnatilishining zarurligi kabi qator 20-asr boshlarida progressiv boʻlgan gʻoyalar haqidagi maʼruzalarni oʻz ichiga olgan edi. Bahoiy taʼlimotining nashr etilgan qisqacha bayonnomalari koʻpincha yuqorida sanab oʻtilgan tamoyillar roʻyxatini oʻz ichiga oladi hamda, roʻyxatlarda ifodalangan fikr va ularga nima kiritilganligiga koʻra farq qiladi[25].

Bahoiylar qadim haqiqat deb hisoblagan vahdat, – insoniyat birligi konsepsiyasi koʻplab gʻoyalar uchun boshlangʻich nuqta. Masalan, irqiy tenglik, haddan tashqari boylik va qashshoqlikning barham topishi ana shu birlikning natijasidir[26]. Insoniyat birligi konsepsiyasining yana bir maʼnosi yagona umumjahon federasiyasiga boʻlgan ehtiyojdir va buni amalga oshirishga yordam beradigan baʼzi amaliy tavsiyalar qatorida universal til, standart iqtisodiyot va oʻlchov tizimlari, umumiy majburiy taʼlim va davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro tribunalni tashkil etish kiradi[27]. Bu mafkuraga koʻra, butun insoniyat manfaati uchun millatchilik yoʻq  qilinishi kerak. Butun dunyo tinchligiga intilish borasida Bahoulloh umumiy tinchlik va kollektiv xavfsizlikni taʼminlovchi xalqaro institutlarni taʼsis etishni buyurdi[28].

Bahoiylarning boshqa ijtimoiy tamoyillari ruhiy birlik atrofida aylanadi. Din zamondan-zamonga Vahiy orqali yangilanib boradi, biroq, yangi Zuhurni tushuna olish uchun ildiz otgan urf-odatlar va anʼanalardan voz kechib, mustaqil izlanish bilan shugʻullanish kerak. Bahoiylar dinni birlik manbai, diniy bidʼatlarni esa parokandalik manbai deb bilishga oʻrgatadilar. Ilm-fan ham haq din bilan hamohang, deb hisoblanadi[29]. Garchi Bahoulloh va Abdul-Baho urushlardan ozod dunyoni birlashtirishga chaqirgan boʻlsa-da, ular, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda mustahkam tinchlikni (Buyuk Tinchlik) oʻrnatishga hissa sifatida „hamma narsani yutadigan emirilish“dan tozalanish talab qilinayotgan moddiy sivilizatsiyani maʼnaviy fazilatlar va olijanob axloq bilan toʻldirib, umuminsoniy eʼtiqod ostida birlashishini dunyo xalqlaridan umid qilgan[30].

1921 yildan 1957 yilgacha Bahoiy Eʼtiqodining Muhofizi Shavqiy Effendi, Bahoulloh taʼlimotining oʻziga xos tamoyillari hamda, Kitob-i-Aqdas qonunlari va qoidalari bilan birgalikda Bahoiy Eʼtiqodining asosini tashkil qiladi deb hisoblab, qisqacha mazmunini quyidagicha bayon etadi:

Xurofot va anʼanalardan xoli haqiqatni mustaqil izlash; butun insoniyatning birligi Eʼtiqodning oʻzak tamoyili va asosiy taʼlimoti; barcha dinlarning asosiy birligi; bidʼat-xurofotlarning barcha shakllariga barham berish; din va ilm-fan oʻrtasida mavjud boʻlishi kerak boʻlgan hamohanglik; ayollar va erkaklar tengligi; umumiy taʼlimni joriy etish; xalqaro yordamchi tilni qabul qilish; boylik va qashshoqlikning haddan oshishini bartaraf qilish; davlatlar oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro tribunalni tashkil etish; xizmat ruhida bajarilgan ishni ibodat darajasiga koʻtarish; adolatni insoniy ishlarda etakchi tamoyil, dinni esa barcha xalqlar va millatlar uchun himoya tayanchi sifatida ulugʻlash; butun insoniyatning oliy maqsadi boʻlmish doimiy va umumbashariy tinchlik oʻrnatish – bularning barchasi [Bahoulloh eʼlon qilgan] asosiy unsurlar sifatida ajralib turadi.[31][32]

Muqaddas bitiklar va matnlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Bahoullohning Ahdi

Bob, Bahoulloh va Abdul-Bahoning bitiklari hamda, Abdul-Bahoning sahih  suhbatlari va maʼruzalari Bahoiy Eʼtiqodining muqaddas matnlaridir. Bob va Bahoullohning bitiklari ilohiy vahiy, Abdul-Baho va Shavqiy Effendining bitik va nutqlari vakolatli tafsir,Umumjahon Adolat Uyining noma va maktublari esa – vakolatli  qonunchilik va izoh hisoblanadi. Bu matnlarning barchasi uchun maʼlum darajada ilohiy rahnamolik hukmi taxmin qilinadi[33].

Bahoullohning eng muhim bitiklari qatoriga, alohida shaxs va butun jamiyat uchun koʻplab qonun va tamoyillarni belgilovchi "Kitobi-Aqdas" (arab لْكِتَابُ ٱلْأَقْدَسُٱ "Eng Muqaddas Kitob")[34], Bahoiy Eʼtiqodining koʻp qismiga asos boʻlgan "Kitobi-Iqon" (كتاب الإيقان „Ishonch Kitobi“)[35], hamda Taʼlimotning qoʻshimcha asoslarini oʻz ichiga olgan "Ilohiy hikmat sirlari" kiradi. Bahoiy Eʼtiqodi ijtimoiy va axloqiy masalalarga katta eʼtibor qaratgan boʻlsa-da, bir qator asosiy matnlar tasavvufiy deb tavsif berilgan[36]. Bular qatoriga "Yetti Vodiy" va "Toʻrt Vodiy" kiradi[37] ."Yetti Vodiy", fors musulmon shoiri Attor uslubida soʻfiylik izdoshlari uchun yozilgan boʻlib[38], ruhning Olloh yoʻlida kechiradigan  bosqichlarini belgilaydi. U birinchi marta 1906 yilda ingliz tiliga tarjima qilinib, Bahoullohning Gʻarbda mavjud boʻlgan birinchi kitoblaridan biriga aylandi. "Nihon kalimalar" ham oʻsha davrda Bahoulloh tomonidan nozil etilgan, 153ta qisqa lavhdan iborat boʻlgan yana bir kitobdir. Unda Bahoulloh  baʼzi ruhiy haqiqatlarning asl mohiyatini shakllantirib, ularni muxtasar ifoda qilganini taʼkidlaydi[39].

Bahoiy eʼtiqodining vujudga kelishi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Bahoiy eʼtiqodi tarixi

A domed building
Bob Maqbarasi - Hayfa, Isroil
Bahoiy vaqt jadvali
1817 Bahoulloh Tehron shahrida tugʻilgan
1819 Bob Eronning Sheroz shahrida tugʻilgan
1844 Bob Sherozda oʻz missiyasini eʼlon qiladi
1850 Bob Eronning Tabriz shahrida omma oldida qatl etilgan
1852 Minglab Bobilar qatl etilgan
Bahoulloh qamoqqa tashlanadi va surgunga majburlanadi
1863 Bahoʼulloh birinchi boʻlib Iroqning Bagʻdod shahrida ilohiy vahiyga daʼvo qilganini eʼlon qiladi.
U Bagʻdoddan Istanbulga, soʻng Adrianopolga ketishga majbur boʻladi
1868 Bahoullah Falastindagi Akkada qattiqroq qamoqqa tushishga majbur boʻldi
1892 Bahoulloh Akka yaqinida vafot etdi
Uning vasiyatnomasi bilan Abdul-Bahoni voris etib tayinladi
1908 Abdul-Baho qamoqdan ozod qilindi
1921 Abdu’l-Baho Hayfada vafot etdi
Vasiyatnomasi bilan Shavqiy Effendini Qoʻriqchi qilib tayinladi
1957 Shavqiy Effendi Angliyada vafot etdi
1963 Umumjahon Adolat Uyi birinchi marta saylandi

Bahoiy eʼtiqodining intihosi Bob Taʼlimotiga va  undan oldin bevosita  paydo boʻlgan Shayxiylar harakatigacha etib boradi. Yosh savdogar Bob, insoniyat hayotini tubdan oʻzgartirish taqdir qilingan Vahiyning etkazuvchisi ekanligini eʼlon qildi. Uning mamlakati, Eronda keng tarqalgan maʼnaviy tanazzul kuzatilgan bir paytda, Uning xabari minglab izdoshlarni tezda oʻziga jalb qilib, jamiyatning barcha qatlamlarida hayajon va umid uygʻotdi. U arabchadan „Darvoza“ degan maʼnoni anglatuvchi „Bob“ maqomini oldi. Ul Zotning maʼnaviy va axloqiy tub oʻzgarishlarga chaqiruvi, Ul Zotning ayollar va kambagʻallarning mavqeini yaxshilashga eʼtibori – Ul Zot maʼnaviy tiklanish uchun buyurgan hamma narsa haqiqatan ham inqilobiy edi. Ul Zot Oʻz izdoshlarini hayotni tubdan oʻzgartirishga va buyuk qahramonlik koʻrsatishga ilhomlantirib, Oʻzining mustaqil diniga asos soldi. Bob insoniyat yangi zamon ostonasida ekanini eʼlon qildi. Uning bor-yoʻgʻi 6 yil davom etgan vazifasi barcha jahon dinlarida vaʼda qilingan tinchlik va adolat zamonini ochadigan Mazhar – Bahoullohning kelishiga yoʻl tayyorlashdan iborat edi[40]. Oʻz Vahiyini tarqatgani uchun U Eron ulamolari tomonidan rad qilindi va gumrohlik tarqatgani uchun omma oldida qatl etildi.[13] Bob, tez orada Olloh yangi Rasul yuboradi, deb oʻrgatdi, bahoiylar Bahoullohni oʻsha Rasul deb biladilar.[41] Garchi bu ikkisi turli harakatlar boʻlsa-da, Bob bahoiylar tasavvufi va tarixi bilan shunchalik chambarchas bogʻliqki, bahoiylar Ul Zotning mavlud, Qatl  va Oʻz vazifasini Eʼlon qilgan kunlarini Muqaddas kunlar sifatida nishonlaydilar, Ul Zotni (Bahoulloh va Abdul-Baho qatorida) oʻzlarining uch markaziy Siymolaridan biri deb biladilar. Bobiylar harakatining tarixiy qissasi esa ("Tong darakchilari") har bir bahoiy  bilishi va „qayta-qayta“ oʻqishi kerak boʻlgan uchta kitobdan biri hisoblanadi[42].

Bahoiylar jamoasi, 1892-yil Bahoullohning vafotiga qadar asosan Eron va Usmonlilar imperiyasi hududida tarqalgan boʻlib, oʻsha paytda Ul Zotning Osiyo va Afrikaning 13 davlatida izdoshlari bor edi.[43] Ul Zotning oʻgʻli Abdul-Baho rahnamoligida birinchi „Mashriqul-Azkor“ – Markaziy Osiyodagi Rossiya Turkistonida[44] Bahoiylar Ibodatgohi barpo etildi, shuningdek, Ul Zotning xabari Yevropa va Amerikada qoʻllab-quvvatlanib, hozirgacha qattiq taʼqiblar koʻrsatilayotgan Eronda mustahkamlandi.[45] 1921-yil, Abdul-Bahoning vafoti, bahoiylar uchun Baho davrining „qahramonlik asri“ deb ataladigan muddat yakunining belgisidir[7].

Asosiy maqola: Bob

1844-yil 22-may bahor oqshomida ikki yosh yigit oʻrtasida insoniyat uchun yangi davr boshlanganidan darak beruvchi suhbat boʻlib oʻtdi. Sheroz shahrida, Mulla Husayn ismli yosh ulamoga, Fors savdogari Oʻzini, insoniyat maʼnaviy hayotini tubdan oʻzgartirish taqdir qilingan Ilohiy Vahiyning Yetkazuvchisi ekanligini eʼlon qildi. Savdogarning ismi Sayyid Ali-Muhammad boʻlib, tarixda u „Bob“ (الباب, arabchada „Darvoza“ degan maʼnoni anglatadi) nomi bilan mashhur boʻldi.

Bobning eʼlonidan keyin bir necha hafta ichida yana 17 kishi oʻz ichki istaklari taʼsirida mustaqil saʼy-harakatlari orqali Ul Zotning maqomini tan oldilar. Ular halovat va xavfsizlikdan, eski hayot tarzidan voz kechdilar va barcha bogʻliqliklarni inqitoʼ etib, Ul Zotning Taʼlimotini tarqatish uchun yoʻlga chiqdilar. Bobning ushbu ilk 18 izdoshi birgalikda „Tiriklik Harflari“ (arab. حروف الحي‎) nomi bilan tanildilar.

Bobning izdoshlari bobiylar nomi bilan tanilgan edilar. Bobning xabari barcha qatlamlardagi odamlarda umid va ilhom uygʻotadi. Bir qator mashhur musulmon ulamolari Bobni eʼtirof etgan boʻlsalar-da, qolgan aksariyati beqarorlikda, Ul Zotning kuchayib borayotgan taʼsiridan xavfsirar edilar. Ular xalq koʻtarilishi oqibatida, oʻzlarining ildiz otgan mavqei va hukmronliklariga tahdid tushishidan qoʻrqardilar. Ular Bobning taʼlimotini shaytoniy deb qoralab, Ul Zotni va Uning izdoshlarini yoʻq qilishni maqsad qiladilar. Din peshvolari shakkoklik deb bilgan Bobning taʼlimoti keng tarqalib borar ekan, Ul Zotning izdoshlari kuchli taʼqib va qiynoqlarga duchor boʻladilar.[15] Bir necha joylarda nizolar shoh  qoʻshini tomonidan harbiy qamalga aylanib ketadi. 1850 yilda Bob qamoqqa olinadi va oqibatda 1850 yilda qatl qilinadi[46].

Bahoiylar Bobni Bahoiy Eʼtiqodining mubashshiri deb biladilar, chunki Bobning Oʻzi „Olloh Zohir etadigan Zot“ degan tushunchani kiritadi, bu bahoiy taʼlimotiga koʻra, dunyoning barcha buyuk dinlarining bitiklarida kelishi vaʼda qilingan  shaxsdir. Keyinchalik 1963 yilda Bahoiy Eʼtiqodining asoschisi Bahoulloh  Oʻzini barcha zamonlar va qavmlarga Vaʼda qilingan Zot deb eʼlon qiladi[15].

Isroilning Hayfa shahrida joylashgan Bobning Maqbarasi muqaddas joy, bahoiy ziyoratgohi hisoblanadi. Bob jasadining qoldiqlari yashirincha Erondan Muqaddas Zaminga olib kelinadi va oxir-oqibat Bahoulloh tomonidan maxsus belgilangan joyda dafn etiladi[13]. Bobning Bitiklari, ayrimlari keyinchalik Bahoullohning qonunlari va taʼlimoti bilan almashtirilgan boʻlsa-da, Bahoiy Taʼlimoti Bitiklarining bir qismi hisoblanadi.[7] Bobning ingliz tiliga tarjima qilingan asosiy yozma bitiklari, 135ga yaqin asarlardan iborat "Bob Bitiklaridan saylanmalar" (1976 y.) toʻplamiga jamlangan[37][47].

Asosiy maqola: Bahoulloh

Bahoulloh (arab. الله‎بهاء-"Ollohning Shuhrati"; 1817-1892), asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuriy (fors. میرزا حسین علی ‎) – Bahoiy Eʼtiqodining asoschisi.

Bahoulloh („Ollohning Shuhrati“) nomi bilan tanilgan Nur viloyatida tugʻilgan Mirzo Husayn Ali 1817-yilda, Forsning imperatorlik oʻtmishidagi hukmron sulolalar avlodidan boʻlib, yirik boylik va katta erlarga egalik qilgan zodagonlar oilasida dunyoga keladi. Nasabiga koʻra Oʻziga lozim boʻlgan saroy lavozimlaridan voz kechgan Bahoulloh, saxovatliligi va xushmuomalaligi bilan tanilib vatandoshlarining mehriga sazovor boʻladi.

Bahoulloh Bobning[48] eng ilk va koʻzga koʻringan izdoshlaridan biriga aylanadi va keyinchalik Bahoulloh degan maqomni oladi.[49] Bob qatl etilgandan soʻng koʻplab bahoiylarning taqdirini baham koʻrgan Bahoulloh butun mol-mulki va boyligidan ayriladi, zanjirband qilinadi va qiynoqlarga solinadi. 1852 yil avgustda ikki bobiy[50] oʻzboshimchalik bilan shohga muvaffaqiyatsiz hujum qilishadi[49]. Fors hukumati bunga javoban ularni qatl etib, Tehronda[49] ellikka yaqin bobiylarni qiynoqqa soladi, bundan keyin  qon toʻkishlar butun mamlakat boʻylab davom etadi: oktabr oyigacha davr gazetalari yuzlab, dekabr oyining oxiriga kelib esa oʻn minglab Bobiylar oʻldirilgani haqida xabar beradi[51]. Oʻsha paytda Tehronda zanjirband boʻlgan Bahoullohning bunga hech qanday aloqasi yoʻq edi. Toʻrt oydan soʻng Rossiya elchisining rasmiy iltimosiga koʻra Ul Zot ozod qilinadi, shundan keyin U boshqa bobiylarga borib qoʻshiladi va, oʻz ona yurtidan Bagʻdodga surgun qilinadi[49].  

1863-yilda Bagʻdodda (hozirgi Iroq, oʻsha paytdagi Usmonlilar imperiyasi) surgunda boʻlganida, Bahoulloh Oʻzini, Bob kelishini bashorat qilgan "Olloh zohir etadigan Zot" ekanligini eʼlon qiladi. Keyin, Usmonlilar imperiyasi amaldorlari tomonidan Ul Zot Konstantinopolga (oʻsha paytda imperiyaning poytaxti), toʻrt oydan keyin – Adrianopolga (hozirgi Edirna) surgun qilinib, u yerda besh yil qoladi, soʻngra 1868 yil, Akko-zindon shahrida (Falastin, hozirgi Isroil hududi) umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Adrianopolda Bahoulloh dunyoning diniy va dunyoviy hukmdorlariga, jumladan Rim Papasi Piy IX, Napoleon III va qirolicha Viktoriyaga yoʻllagan maktublarida Oʻzining Ollohning Rasuli sifatidagi vazifasini eʼlon qiladi va oʻsha davr hukmdorlariga bir qator kollektiv va individual murojaatlar yozib, ularni Ollohning Kuni kelganiga shohid boʻlishga va ular eʼtiqod qilgan dinlarning Muqaddas oyatlarida bashorat qilingan Vaʼda qilingan Zotni tan olishga chaqiradi. Ul Zot, ularga oʻzaro kelishmovchiliklarni sulh qilishni, qurollanishni kamaytirishni, hamda, mamlakatlardan biriga nisbatan koʻrsatilgan tajovuzni barcha boshqa davlatlarning birlashgan kuchlari aralashuvi bilan darhol toʻxtatadigan, kollektiv xavfsizlik tizimini qabul qilishni maslahat beradilar.

Bahoulloh umrining qolgan qismini hozirgi Isroil hududidagi Akko-zindon shahrida oʻtkazadi. Dastlabki ogʻir va qattiq mahbuslikdan soʻng, garchi Ul Zot rasman oʻsha shaharning asiri boʻlsa ham Ul Zotga Akko yaqinidagi uyda yashashga ruxsat beriladi.[52] 1892-yil 29 may kuni tongida, qisqa muddatli xastalikdan soʻng, Bahoulloh 75 yoshida bu dunyodan koʻz yumadi. Ul Zotning jasadi Bahjidagi soʻnggi qarorgohi yonidagi kichik binoga dafn etiladi. Oʻsha paytda Ul Zotning taʼlimoti Yaqin Sharq hudidan tashqariga tarqalgan edi. Baho ummatlari Ul Zotning Bahjidagi qarorgohini, ular har kungi  namozda yuz tutadigan Qibla, deb biladilar[7].

Ul Zot hayoti davomida arab va fors tillarida 18 000 dan ortiq asar yozadi, shundan atigi 8 foizi ingliz tiliga tarjima [22].

Asosiy maqola: Abdul-Baho

Aбдул-Бaҳo

Abdul-Baho (fors: 1844 yil 23 may – 1921 yil 28 noyabr) asl ismi Abbos – Afandi (fors: عباس ‎), Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli va 1892 yildan 1921 yilgacha Bahoiy Eʼtiqodining rahbari[53]. Bahoiy Eʼtiqodining Bahoulloh va Bob bilan bir qatorda „Uch Markaziy Siymolaridan“ biri hamda, Uning asarlari va sahih nutqlari Bahoiylarning muqaddas bitiklari hisoblanadi.[28] Bahoiy matnlarida Ul Zot koʻpincha „Ustoz“ deb ataladi.

U Tehronda zodagon oilada tugʻiladi. Bobiylar Eʼtiqodiga qarshi hukumat repressiyalari davrida Otasi zanjirband etilib, oilaning mol-mulki talon-taroj qilinib, natijada ular oʻta qashshoqlikda qolganlarida U 8 yoshda edi. Uning Otasi vatani Erondan surgun qilinadi va oilasi Bagʻdodga yashash uchun kelib, u yerda toʻqqiz yil qoladi. Keyinchalik ular Usmonlilar davlati tomonidan Istanbulga, shundan soʻng hibsning boshqa bosqichiga – Edirnaga, va nihoyat, (Akra) Akko-zindon shahriga joʻnatiladi. Abdul-Baho Yosh turklar inqilobiga  qadar u yerda mahbus sifatida qolib, 1908 yilda 64 yoshida ozodlikka chiqadi. Keyin U, Otasining xushxabarini ildizi boʻlmish Yaqin Sharqdan tashqariga keng yoyish maqsadida bir necha bor Gʻarbga safar qiladi, ammo Birinchi jahon urushi boshlanishi Uni 1914 yildan 1918 yilgacha asosan Hayfada qolishiga sabab boʻladi. Urush natijasida, oshkora dushman boʻlgan usmonlilar hukumati Britaniya mandatiga almashadi, ular, Uni urushdan keyingi ocharchilikning oldini olishdagi yordami uchun Britaniya Imperiyasi ordeni bilan taqdirlaydi.

ʻAbdu’l-Baho Britaniya imperiyasi ritsar qoʻmondoni ordeni sifatida tantanali marosimida, 1920 yil aprel

20-asrning dastlabki yillarida Abdul-Baho ijtimoiy adolat tarafdori va xalqaro tinchlik elchisi sifatida tanilgan Bahoiy Eʼtiqodining etakchi namoyandasi edi.

Oʻz taʼlimotining asosiy tamoyili (vahdat) birlikni qoʻllab-quvvatlab, Uning taʼlimoti hech qachon, Asoschilari vafotidan keyin mazhab va oqimlarga boʻlingan avvalgi dinlar qismatiga duchor boʻlmasligi uchun Bahoulloh zarur kafolatlarni oʻrnatadi. Ul Zot Oʻz Bitiklarida barchaga Oʻzining toʻngʻich Oʻgʻli Abdul-Bahoga, nafaqat Bahoiy Bitiklarining vakolatli tafsirchisi, balki, Bahoiy Diniga xos ruh va taʼlimotning komil namunasi sifatida ham murojaat qilishni buyuradi.

Bahoulloh vafot etganidan soʻng, Abdul-Bahoning oʻziga xos odobi, bilimi va insoniyatga xizmati Bahoulloh taʼlimotining amaldagi yorqin namoyishiga aylanib, butun dunyo boʻylab tez oʻsib borayotgan jamoaga katta obroʻ-eʼtibor keltiradi.

Abdul-Baho oʻz hayotini Otasining Amrini ilgari surish va taʼlimotning tinchlik va vahdat gʻoyalarini targʻib qilishga bagʻishladi. U mahalliy bahoiy muassasalarini tashkil etishni ragʻbatlantirib, vujudga kelayotgan yangi taʼlim, ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslarga rahbarlik qiladi. Bir umrlik qamoq jazosidan ozod qilinganidan keyin Abdul-Baho, Misr, Yevropa va Shimoliy Amerikaga etaklagan bir qator safarlarga joʻnaydi. U butun umri davomida yorqin va oddiylik bilan ham oliy, ham oddiy odamlarga Bahoullohning jamiyatni ruhiy va ijtimoiy yangilash boʻyicha koʻrsatmalarini taqdim etadi.

Shavqiy Effendi – Bahoiy eʼtiqodining muhofizi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Shavqiy Effendi

Bahoullohning "Kitob-i-Aqdas" (arab لْأَقْدَسُ ٱلْكِتَابُ ‎‎) va Abdul-Bahoning Iroda va Vasiyatnomasi bahoiy Maʼmuriy tartibotining asosiy hujjatlaridir. Zuhurning yagona dunyoni yaratish maqsadiga erishishini taʼminlash va Bahoiylar jamoasining birligini saqlab qolish uchun Bahoulloh Oʻzining toʻngʻich Oʻgʻli Abdul-Bahoni Oʻz Ahdining Markazi etib tayinladi va Umumjahon Adolat Uyini yaratishni buyurdi. Abdul-Baho, oʻz navbatida, Umumjahon Adolat Uyi faoliyatining tamoyillarini belgilab, Uning vafotidan soʻng bahoiylar, U Muhofiz etib tayinlagan toʻngʻich nevarasi Shavqiy Effendiga yuz tutishlarini buyurdi.[7] Umumjahon Adolat Uyi va Muhofizga eʼtiqod tamoyillarini qoʻllash, qonunlarni ommalashtirish, Amr muassasalarini himoya qilish va Bahoiy Eʼtiqodini doimo rivojlanib borayotgan jamiyat talablariga moslashtirishni buyuradi.

Shavqiy Effendi 36 yil davomida, oʻz vafotigacha butun insoniyatning xilma-xilligini aks ettiruvchi, borgan sayin oʻsib borayotgan Bahoiy jamoasining rivojiga muntazam ravishda tushunchalarni chuqurlashtirish va birlikni mustahkamlashga gʻayrioddiy uzoqni koʻra bilish, donolik va sadoqat bilan hissa qoʻshdi[7].

Shavqiy Effendi boshchiligida, jamoa ishlarini boshqarish uchun Bahoulloh tomonidan ishlab chiqilgan benazir tizim dunyo boʻylab jadal rivojlanadi. U Bahoiy Bitiklarini ingliz tiliga tarjima qiladi; Muqaddas Zaminda Eʼtiqodning ruhiy va maʼmuriy markazi, – Umumjahon bahoiy markazini rivojlantiradi; butun dunyo boʻylab jamoalar va shaxslar bilan keng qamrovli yozishmalarni olib boradi; va jamoani Umumjahon Adolat Uyi sayloviga tayyorlab, Bahoullohning maʼmuriy tartibotini oʻrnatadi[6]. U, oʻzining minglab maktublarida insoniyat intilib borayotgan kelajakning ajoyib tasavvurini ochib berib, sivilizasiyaning maʼnaviy oʻlchovi va ijtimoiy oʻzgarishlari dinamikasi borasida chuqur tushunchani taklif qiladi. U, oʻziga voris tayinlashiga imkon qolmagan holatda Angliyaning London shahrida qisqa va kutilmagan xastalikdan soʻng, 1957-yil 4-noyabr kuni vafot etadi[7][54].

1937-yilda Shavqiy Effendi Shimoliy Amerika bahoiylari uchun Yetti yillik rejani, 1946-yilda esa keyingisini eʼlon qiladi. 1953 yilda U birinchi xalqaro reja – „Oʻn yillik Ruhiy salib yurishi“ ni eʼlon qiladi. Bu kampaniya orqali butun dunyo bahoiylari hayratlanarli natijalarga erishadilar. Abdul-Baho vafot etganida, 35ga yaqin mamlakat Bahoiy Eʼtiqodi uchun fath boʻlgan edi, ularning baʼzilarida esa milliy darajadagi jamoalarning belgilari mavjud edi. 1957-yilda Shavqiy Effendining vafotiga qadar, bahoiylar 219ta yangi suveren davlatlar, qaram hududlar va yirik orollarda istiqomat qilardilar[7]. 1963 yilga kelib, Milliy Ruhiy Majlislar deb nomlanuvchi 56ta milliy boshqaruv majlisi, shuningdek, 4.500dan ortiq Mahalliy Ruhiy Majlislar mavjud edi va bahoiylar 15.000dan ortiq mahalliy istiqomat joylarda yashar edilar. Shavqiy Effendi oʻz maktublarida, 1963 yilda „Ruhiy Salib yurishi“ning eng yuqori mahsuli sifatida saylangan Umumjahon Adolat Uyi rahbarligida boshqa rejalar amalga oshirilishini eʼlon qilgan edi.

Umumjahon Adolat Uyi – xalqaro boshqaruvchi kengash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Umumjahon Adolat Uyi

Hayfadagi Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi,Isroil

Umumjahon Adolat Uyi dinlar tarixida koʻrilmagan muassasadir. Ilgari hech qachon hech bir  Ilohiy Mazhar Uz dinining yaxlitligi va mutanosibligini qoʻllab-quvvatlaydigan, Uning izdoshlarining birligini saqlab, faoliyatini boshqaradigan, hamda, jamiyat hayotiga ijobiy (foydali) taʼsir koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan muassasani bevosita tayinlamagan.

Umumjahon Adolat Uyining xususiyatlari, vakolatlari va ishlash tartibi Muqaddas Bitiklarda aniq bayon etilib, Bahoulloh tomonidan berilgan vakolat tufayli U maʼmuriy tartibotning bosh organi hisoblanadi. Bu maʼmuriy tartibot muassasalarining faoliyati insoniyat salohiyatini rivojlantirish va sivilizasiyaning rivojiga yoʻnaltirilgan mehr ila xizmat ruhi bilan taʼriflanadi.

Ushbu muassasaning barpo etilishi Bahoiy Eʼtiqodi qonunlarining majmui boʻlmish eng muqaddas kitob – Kitobi-Aqdasda Bahoulloh tomonidan, va Abdul-Baho, Shavqiy Effendi tomonlaridan esa taʼlim va taʼlimotni oʻrgatish, qonunlarga rioya qilish, ijtimoiy muammolarni hal qilish hamda, zaif va kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilish kabi umumiy vazifalar buyurilgan[55]. Umumjahon Adolat Uyi insoniyat ishlari uchun masʼuldir. U bahoiy taʼlimotini „odamlarni tarbiyalash, xalqlarni maʼrifatli qilish, inson va uning sharafini himoya qilish“ uchun qoʻllashi kerak. U har doim va har qanday sharoitda imkon qadar inson manfaatlarini hisobga olib, erkaklar, ayollar va bolalar himoyasini taʼminlashi kerak. Shuningdek, „er yuzidagi odamlarning haddan tashqari xarajatlar yukidan xalos boʻlishi“ uchun butun dunyoda tinchlik oʻrnatilishiga hissa qoʻshish Umumjahon Adolat Uyining burchidir. Uning aʼzolari qoʻshimcha ravishda dinning mavqeini „bor kuchi bilan himoya qilishga intilish“, „uning manfaatlarini ilgari surish“ va „dunyo oldida uning mavqeini yuksaltirish“lari kerak.

1963-yilning aprel oyida – Bahoulloh Oʻz Vazifasini ommaviy eʼlon qilganining 100 yilligi munosabati bilan Bahoiy Eʼtiqodining xalqaro boshqaruv organi Umumjahon Adolat Uyi  oʻsha vaqtga qadar dunyoda barpo etilgan 56 ta Milliy Ruhiy Majlislar tomonidan birinchi marta saylandi. Umumjahon Adolat Uyining paydo boʻlishi nihoyatda muhim voqea edi. Bir asrdan ortiq kengayish va konsolidasiyadan soʻng, hamda, demokratik global saylov jarayoni tufayli – dunyo bahoiylari Amr ishlarini boshqarish uchun Bahoulloh tomonidan tayinlangan doimiy xalqaro muassasani barpo etishga muvaffaq boʻldilar.

Umumjahon Adolat Uyi barpo etilganidan beri yarim asrdan koʻproq vaqtini, Bahoulloh tomonidan belgilangan global sivilizasiyani yaratishda ishtirok etish uchun, Ul Zotning taʼlimotini dunyoni mukammallashga qoʻllash jarayoni orqali, manba va imkoniyatlarga ega Bahoiylar jamoasini qurish va mustahkamlashga bagʻishladi. Bundan tashqari, uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Umumjahon Adolat Uyi bir qator tayinlangan muassasalarni yaratdi; ular orasida Mintaqaviy Maslahatchilar Hayʼati va Xalqaro taʼlim Markazidir.[7][15] Bahoullohning koʻrsatmasiga binoan Umumjahon Adolat Uyining Qarorgohi Muqaddas Zaminning Hayfa shahridagi Karmal togʻida, Bob Maqbarasining yaqinida joylashdi.

Har yili 21-aprel kuni Umumjahon Adolat Uyi „Rizvon“ga,[30] umumjahon bahoiy hamjamiyatiga Bahoiylarning yutuqlari bayon etilgan va kelgusi yil uchun tasavvur berilgan Noma yoʻllaydi[56].  

Bahoiylar mahalliy, hududiy va milliy darajada joylarda Amr ishlarini boshqaradigan Ruhiy Majlislarning toʻqqiz nafar aʼzosini saylaydilar. Toʻqqiz aʼzodan iborat boʻlgan Umumjahon Adolat Uyi, butun dunyo boʻylab barcha Milliy Ruhiy Majlislar aʼzolari tomonidan har besh yilda bir marta saylanadi[57]. 21 yoshga toʻlgan va undan katta yoshdagi har bir bahoiy erkak Umumjahon Adolat Uyiga saylanish huquqiga ega; boshqa barcha muassasalarda xizmat bahoiy erkaklar va ayollar uchun ochiqdir[7].

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va Bahoiy Eʼtiqodi

Bahoiylar jamoasi vujudga kelganidan beri, ayollarga kengroq erkinlik berilishdan boshlab[58], ayollarning bilim olishini ilgari surish ustuvor vazifa deb eʼlon qilib[59] jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ishtirok etdi, va bu ishtirok maktablar, qishloq xoʻjaligi birlashmalari va klinikalarni barpo etishda amaliy ifodasini topdi[58].

Umumjahon Adolat Uyining 1983-yil 20-oktabrda butun dunyo bahoiylariga yoʻllagan nomasidan soʻng Bahoiy Eʼtiqodi oʻz faoliyat sohasida yangi bosqichga qadam qoʻydi. Nomada bahoiylar taʼlimot tamoyillariga muvofiq ravishda jamoalarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida ishtirok etish yoʻllarini izlashga chaqirilgan edi. 1979 yilda butun dunyo boʻylab 129 ta rasman tan olingan Bahoiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalari faoliyat koʻrsata boshladi. 1987 yilga kelib rasman tan olingan rivojlanish loyihalari soni 1.482 tagacha koʻpaydi[60].

Joriy ijtimoiy harakat tashabbuslari sogʻliqni saqlash va sanitariya, taʼlim va gender tengligi, sanʼat va ommaviy axborot vositalari, qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit kabi sohalardagi faoliyatni oʻz ichiga oladi[61]. Taʼlim loyihalariga qishloq maktablaridan tortib yirik oʻrta maktablargacha boʻlgan maktablar, shuningdek, ayrim universitetlar kiradi[62]. 2017 yilga kelib Bahoiy Xalqaro Taraqqiyot Tashkiloti 40.000ta kichik loyiha, 1.400ta barqaror loyiha va 135ta bahoiy gʻoyalaridan ilhomlangan tashkilotlar faoliyati haqida xabar berdi[61].

Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati BMTda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati (XBH) Umumjahon Adolat Uyi boshchiligidagi Dunyo Bahoiy Jamoasining namoyondasi boʻlmish nodavlat tashkilotdir. U quyidagi tashkilotlar bilan maslahatlashuv maqomida ish olib boradi:[63][64]

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi (YuNICEF)

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar manfaatini rivojlantirish Jamgʻarmasi. (YuNIFYeM)

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (EKOSOC)

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit boʻyicha dasturi (YuNEP)

• Umumjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ)

Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York va Jenevadagi ofislariga, hamda Addis-Abeba, Bangkok, Nayrobi, Rim, Santyago va Vena shaharlaridagi hududiy komissiyalarida vakolatxonalariga ega.[64] Soʻnggi yillarda BMT Boʻlimi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ayollar mavqeini yaxshilash Boshqarmasi tashkil etildi. Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati BMTning boshqa turli agentliklari bilan ham birgalikda rivojlanish dasturlarini amalga oshiradi. 2.000-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik Forumda, Xalqaro Bahoiy Hamjamiyati sammitda yagona nodavlat maʼruzachilaridan biri sifatida taklif qilingan edi.[65]

Bahoiy Ibodatgohlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Odatda Lotus Ibodatgohi deb ataladigan Dehlidagi Bahoʼiy Ibodatgohi koʻplab meʼmoriy mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Birinchi Ibodatgoh Ashgabat shahrida 1908-yilda qurilgan. 1938-yilgacha hizmat bergan bu Ibodatgoh Sovet hukumati tomonidan yopildi. 1962-yilda zilzila oqibatida buzildi.

1953-yilda Chikagoning janubida ibodatgoh qurildi.

Qolgan Kontinental Ibodatgohlar quyidagi mamlakatlarda:

Uganda (Kampala) ibodatgohi,

Avstraliya (Sidney) ibodatgohi,

Germaniya (Frankfurt) ibodatgohi,

Panama (Panama City) ibodatgohi,

Gʻarbiy Samoa (Apia) ibodatgohi,

Hindiston (New Dehli) Lotus ibodatgohi

Chili (Santiyago) ibodatgohi

1986-yilda bitirilgan Hindistondagi Ibodatgoh bir qancha memoriy mukofotlar oldi.

Markaziy Osiyoda Bahoiy jamoalarning vujudga kelish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Samarqand Bahoiy Jamoasi, 1930y

Oʻzbekiston hududida ilk bahoiylar 19-asr oxirlarida, Bahoullohning izdoshlari qatagʻonga uchrab, Forsdan Turkiston hududiga koʻchishga majbur boʻlgan paytda paydo boʻla boshlagan.

Tez orada Ashxobodda qoʻnim topgan kichik jamoa kengaya boshlaydi va birinchi ehromni, – yonida boshqa muassasalari: maktablar, kasalxonalar, bosma nashrlar va ayollar maktabi joylashgan Ibodatgoh quriladi.

Asta-sekin Oʻzbekiston bahoiy jamoalari dastlab Samarqandda, keyin Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshlaydi. Bu yerda ular Forsdagiga nisbatan ancha keng erkinliklarga ega boʻlib, oʻzlarining insonparvarlik va maʼrifatparvarlikka oid vazifalarini amalga oshira boshlaydilar. Taʼlimotning maʼnaviy va ijtimoiy tamoyillarini oshkora amalda  qoʻllagan bu jamoa aʼzolari atrofdagilarning hurmatini qozonib, har bir ishni nihoyatda halol va sidqidildan bajaradigan insonlar sifatida katta nufuz orttirgan edilar.

Bahoullohning hayotlik davrida Mirzo Abul-Fazl tashrif buyurgan paytlarda Samarqandda Bahoiy Eʼtiqodi mavjud boʻlgan.[66] Mirzo Abul-Fazl 1892 yili Samarqandda boʻlganida Tabrizlik Mirzo Haydar Alining savollariga javoban "Fasl-ul-Xitob" („Ishonchli dalillar“) kitobini yozadi[67]. Shuningdek u Samarqandda ayrim protestant targʻibotchilariga ham dalillarni zohir etadi. 1910-yilda Samarqand Bahoiylar jamoasi oʻzining ilk Mahalliy Ruhiy Majlisini saylaydi, hamda maktab tashkil etadi va markaz quradi.

Lavhlaridan birida Abdul-Baho Samarqand jamoasiga shunday yozadi:

"… Qay davrda dunyoga kelib, qay asrda yashayotganingizni anglaysizmi? Ushbu davr Muborak Komillik davri va ushbu asr Ulugʻvor Ism zamonidir! … Gar biz ushbu zamonda baxtiyor va shodon boʻlmasak, unda yana qay zamonni kutib va yana qay vaqtni izlashimiz kerak? Bu zamon ulgʻayish zamoni; Bu zamon shodiyona majlislar zamoni!…[68]

Sovet Ittifoqi davridagi Bahoiy jamoalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentda Bahoiylar jamoasi kutubxona, fors va rus tillari maktablarini qoʻllab-quvvatlab, taxminan 1.900 ga yaqin aʼzolari boʻlgan, davlat organlarining ruxsati bilan katta yigʻilishlarni oʻtkazgan.[69] Toshkentda kutubxona – oʻquv zali va „Vahdat“ („Birlik“) nomli bahoiy nashriyoti ochilgan[70]. 1916-yilda nashr etilgan Bahoullohning fors va arab tillaridagi duolari va bitiklari bugungi kunga qadar saqlanib kelmoqda. 1938 yilga kelib, koʻplab hibsga olishlar va dinga qarshi zulm siyosatidan butun Sovet Ittifoqi boʻylab bahoiylar qamoqxonalar va lagerlarga surgun qilingan.[71] SSSRning 38ta shahridagi bahoiy jamoalari oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Toshkentda bahoiylar soʻroq qilinib, qamoqqa [72]. Toshkentlik Habibullo ogʻa Bokirov „Shimoliy dengiz va qutb oʻrmonlari yaqinida“ oʻn yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi[66].

Din taqiqlanganidan keyin Bahoiylar jamoasi hukumat qonunlariga boʻysunishdek oʻz tamoyiliga qatʼiy amal qilib, maʼmuriy boshqaruvdan voz kechadi, jamoaning mulki esa davlat mulkiga aylantiriladi[73]. 1946 yilga kelib butun Turkistonda faqat Ashxobod, Samarqand va Toshkentdagi jamoalar saqlanib qoladi[66]. Faqat 1963 yilga kelib SSSRda iliqlik deb ataladigan vaqt boshlanishi bilangina moʻminlar bayramlar va muqaddas kunlarni nishonlash uchun yigʻilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Boshqa mamlakatlardagi jamoalar bilan uzilgan aloqalar tiklana boshlaydi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Bahoiy jamoalari.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng va 1991-yilda qabul qilingan „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“ gi qonun asosida va taqvodorlarning saʼy-harakatlari orqali Samarqand, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Jizzak, keyinchalik Oxangaron va Namanganda rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazildi, shuningdek mahalliy kollegial (Mahalliy Ruhoniy Kengash deb ataluvchi) boshqaruv organlari sifatida saylandi.

  1. Multiple Authors (15 December 1988). „"Bahaism". Encyclopædia Iranica.“ (Vol. III. pp. 438–475. Retrieved 11 January 2021.).
  2. „Bahāʾī Faith. Encyclopædia Britannica.“ (19 November 2020. Retrieved 29 November 2020.).
  3. Affolter, Friedrich W. (January 2005). „"The Specter of Ideological Genocide: The Baháʼís of Iran"“. 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  4. Hatcher, W.S.; Martin, J.D. (1998). „The Baháʼí Faith: The Emerging Global Religion“. New York: Harper & Row. ISBN 0-06-065441-4..
  5. Momen, Moojan (2011). „Baha'i. Encyclopedia of Global Religion.“. ISBN 978-0-7619-2729-7..
  6. 6,0 6,1 Hutter, Manfred (2005). "Bahā'īs". In Jones, Lindsay (ed.). „Encyclopedia of Religion“. Vol. 2 (2nd ed.). Detroit, MI: Macmillan Reference US. pp. 737–740. ISBN 0-02-865733-0..
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 Smith, Peter (2008). „An Introduction to the Baha'i Faith“ Cambridge: Cambridge University Press.. ISBN 978-0-521-86251-6..
  8. Effendi, Shoghi (1944). „"God Passes By"“. Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust.. ISBN 9781508530732..
  9. Smith, Peter (2000). „"Manifestations of God"“ (Ingliz). A concise encyclopedia of the Baháʼí Faith. Oxford: Oneworld Publications. pp. 231. ISBN 1-85168-184-1..
  10. Cole, Juan (1982). „The Concept of Manifestation in the Baháʼí Writings“ Baháʼí Studies. monograph 9..
  11. Hatcher, William S.; Martin, Douglas (1985). „The Baháʼí Faith“ (PDF) San Francisco: Harper & Row.. ISBN 9780060637934.
  12. Baháʼu'lláh (1976). „Gleanings from the Writings of Baháʼu'lláh“ Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust.. ISBN 9781618510730..
  13. 13,0 13,1 13,2 Hartz, Paula (2009). „World Religions: Baha'i Faith (3rd ed.)“ New York, NY: Chelsea House Publishers.. ISBN 978-1-60413-104-8..
  14. [Robert (2013).] „Baháʼí Faith: A Guide For The Perplexed.“ New York, NY: Bloomsbury Academic.. ISBN 978-1-4411-8781-9..
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 Daume, Daphne; Watson, Louise, eds. (1992). "The Baháʼí Faith". „Britannica Book of the Year“ Chicago: Encyclopædia Britannica.. ISBN 0-85229-486-7..
  16. McMullen, Michael D. (2000). „The Baha'i: The Religious Construction of a Global Identity“ Atlanta, GA: Rutgers University Press.. ISBN 0-8135-2836-4..
  17. Hartz, Paula (2009). „World Religions: Baha'i Faith (3rd ed.)“ World Religions: Baha'i Faith (3rd ed.).. ISBN 978-1-60413-104-8..
  18. Van der Vyer, J.D. (1996). „Religious human rights in global perspective: religious perspectives.“ Martinus Nijhoff Publishers. p. 449.. ISBN 90-411-0176-4..
  19. Lundberg, Zaid (2005). „The Concept of Progressive Revelation“. Baha'i Apocalypticism: The Concept of Progressive Revelation (Master of Arts thesis). Department of History of Religion at the Faculty of Theology, Lund University, Sweden. Retrieved 1 May 2007..
  20. Hartz, Paula (2009). „World Religions: Baha'i Faith“. (3rd ed.) New York, NY: Chelsea House Publishers.. ISBN 978-1-60413-104-8..
  21. Hartz, Paula (2009). „World Religions: Baha'i Faith“. (3rd ed.) New York, NY: Chelsea House Publishers.. ISBN 978-1-60413-104-8..
  22. 22,0 22,1 „Stockman, Robert (2013)“. Baháʼí Faith: A Guide For The Perplexed. New York, NY: Bloomsbury Academic.. ISBN 978-1-4411-8781-9..
  23. Hutter, Manfred (2005); "Bahā'īs". In Jones, Lindsay. „Encyclopedia of Religion“. Vol. 2 (2nd ed.) Detroit, MI: Macmillan Reference US. pp. 737–740. ISBN 0-02-865733-0..
  24. Daume, Daphne; Watson, Louise, eds. (1992). "The Baháʼí Faith".; Chicago: Encyclopædia Britannica. „Britannica Book of the Year“. ISBN 0-85229-486-7..
  25. Cole, Juan (15 December 1988). „"BAHAISM i. The Faith"“ Encyclopædia Iranica. Vol. III. New York (published 23 August 2011). pp. 438–446. Retrieved 30 December 2012..
  26. „Stockman, Robert (2013).“. Baháʼí Faith: A Guide For The Perplexed. Baháʼí Faith: A Guide For The Perplexed.. ISBN 978-1-4411-8781-9..
  27. Hartz, Paula (2009). „World Religions: Baha'i Faith“. (3rd ed.). New York, NY: Chelsea House Publishers.. ISBN 978-1-60413-104-8..
  28. 28,0 28,1 Smith, Peter (2000). „A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith“ Oxford, UK: Oneworld Publications.. ISBN 1-85168-184-1..
  29. Cole, Juan (15 December 1988). „"BAHAISM i. The Faith"“ Encyclopædia Iranica. Vol. III. New York (published 23 August 2011). pp. 438–446. Retrieved 30 December 2012..
  30. 30,0 30,1 Smith, Peter (2000). „A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith“ Oxford, UK: Oneworld Publications.. ISBN 1-85168-184-1..
  31. [Shoghi (1944).] „God Passes By“ Wilmette, IL: Baháʼí Publishing Trust (published 1979).. ISBN 0-87743-020-9..
  32. Adamson, Hugh C. (2009). „The A to Z of the Baháʼí Faith“ The A to Z Guide Series, No. 70. Plymouth, UK: Scarecrow Press.. ISBN 978-0-8108-6853-3..
  33. Smith, Peter (2000). „A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith“ Oxford, UK: Oneworld Publications.. ISBN 1-85168-184-1..
  34. Hatcher, W.S.; Martin, J.D. (1998). „The Baháʼí Faith: The Emerging Global Religion.“ New York: Harper & Row. ISBN 0-06-065441-4..
  35. Hatcher, W.S.; Martin, J.D. (1998). „The Baháʼí Faith: The Emerging Global Religion.“ New York: Harper & Row.. ISBN 0-06-065441-4..
  36. Daume, Daphne; Watson, Louise, eds. (1992).; "The Baháʼí Faith". „Britannica Book of the Year.“ Chicago: Encyclopædia Britannica.. ISBN 0-85229-486-7..
  37. 37,0 37,1 Smith, Peter (2008). „An Introduction to the Baha'i Faith“ Cambridge: Cambridge University Press.. ISBN 978-0-521-86251-6..
  38. Smith, Peter (2000). „A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith.“ Oxford, UK: Oneworld Publications.. ISBN 1-85168-184-1..
  39. Smith, Peter (2000). „A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith“ Oxford, UK: Oneworld Publications.. ISBN 1-85168-184-1..
  40. „THE BÁB — HERALD OF THE BAHÁ’Í FAITH“ Baha'i World Center.
  41. A.V. (20 April 2017). „"The Economist explains: The Bahai faith"“ The Economist. Retrieved 23 April 2017..
  42. From a letter written on behalf of Shoghi Effendi to an individual believer dated 9 June 1932
  43. Taherzadeh, Adib (1987). „The Revelation of Baháʼu'lláh, Volume 4: Mazra'ih & Bahji 1877–92.“ Oxford, UK: George Ronald. p. 125.. ISBN 0-85398-270-8..
  44. Whitmore, Bruce W. (1984). The Dawning Place: The Building of a Temple, the Forging of the North American Baháʼí Community. Wilmette, Illinois, USA: Baháʼí Publishing Trust. ISBN 0-87743-192-2.
  45. Affolter, Friedrich W. (January 2005). „The Specter of Ideological Genocide: The Baháʼís of Iran“ War Crimes, Genocide, & Crimes Against Humanity. 1 (1): 75-114. Archived from the original (PDF) on 22 July 2012. Retrieved 31 May 2006.
  46. MacEoin, Denis (2009). The Messiah of Shiraz: Studies in Early and Middle Babism. Brill. ISBN 978-90-04-17035-3.
  47. Universal House of Justice (September 2002). „Numbers and Classifications of Sacred Writings & Texts“ Lights of Irfan. Wilmette, IL: Irfan Colloquia. 10: 349-350. Retrieved 20 March 2007.
  48. The Messiah of Shiraz: Studies in Early and Middle Babism. Brill. „MacEoin, Denis (2009).“. ISBN 978-90-04-17035-3..
  49. 49,0 49,1 49,2 49,3 Warburg, Margit (2006). Citizens of the world: a history and sociology of the Bahaʹis from a globalisation perspective. Leiden: Brill. ISBN 978-90-474-0746-1. OCLC 234309958.
  50. Momen, Moojan (August 2008). „Millennialism and Violence: The Attempted Assassination of Nasir al-Din Shah of Iran by the Babis in 1852“. Nova Religio: The Journal of Alternative and Emergent Religions. 12 (1): 57-82. doi:10.1525/nr.2008.12.1.57. JSTOR 10.1525/nr.2008.12.1.57. The actual attempt on the shah’s life was made by three individuals who appear to have been very ill-prepared for their task, having only pistols loaded with grape-shot unlikely to kill anyone.
  51. „Persia – The Journal de Constantinople…“. The Guardian. London, UK. 3 November 1852. p. 2. Retrieved 6 September 2022 – via Newspapers.com. Persia. The Sun. Baltimore, MD. 17 November 1852. p. 1. Retrieved 6 September 2022 – via Newspapers.com. Turkey. London Standard. London, UK. 20 December 1852. p. 3. Retrieved 6 September 2022 – via BritishNewspaperArchive.co.uk.
  52. Cole, Juan (15 December 1988). „BAHĀʾ-ALLĀH“. Encyclopædia Iranica. Vol. III (published 23 August 2011). pp. 422-429. Retrieved 30 December 2012.
  53. Bausani, Alessandro; MacEoin, Denis (14 July 2011) [15 December 1982]. „ʿAbd-al-Bahāʾ“. Encyclopædia Iranica. Vol. I/1. New York: Columbia University. pp. 102-104. ISSN 2330-4804 Archived from the original on 16 November 2012. Retrieved 25 October 2020.
  54. Smith, Peter (2022). „Ch. 41: The History of the Bábí and Bahá'í Faiths“. In Stockman, Robert H. (ed.) The World of the Bahá'í Faith. Oxfordshire, UK: Routledge. pp. 501-512. ISBN 978-1-138-36772-2. S2CID 244705793.
  55. Momen, Moojan (1989). „BAYT-AL-ʿADL (House of Justice)“. Encyclopædia Iranica. Vol. IV. pp. 12-14. ISSN 2330-4804.
  56. All Ridván messages can be found at Bahai.org.
  57. Warburg, Margit (2001). Introvigne (ed.). Bahaʼi. Studies in Contemporary Religions. USA: Signature Books.
  58. 58,0 58,1 Momen, Moojan (1994b). „Iran: History of the Baháʼí Faith“. draft „A Short Encyclopedia of the Bahaʼi Faith“. Baháʼí Library Online. Retrieved 16 October 2009.
  59. Kingdon, Geeta Gandhi (1997). „Education of women and socio-economic development“. Baháʼí Studies Review. 7 (1).
  60. Smith, Peter; Momen, Moojan (1989). „The Bahaʼi Faith 1957-1988: A Survey of Contemporary Developments“. Religion. 19 (1): 63-91. doi:10.1016/0048-721X(89)90077-8.
  61. 61,0 61,1 Baháʼí Office of Social and Economic Development (2018). „For the Betterment of the World: The Worldwide Baháʼí Community’s Approach to Social and Economic Development“ (PDF). Retrieved 3 May 2018.
  62. Momen, Moojan (2007). „The Baháʼí Faith“. In Partridge, Christopher H. (ed.). New Lion Handbook: The World’s Religions (3rd ed.). Oxford, UK: Lion Hudson Plc. ISBN 978-0-7459-5266-6.
  63. McMullen, Michael D. (2000). The Bahaʼi: The Religious Construction of a Global Identity. Atlanta, GA: Rutgers University Press. ISBN 0-8135-2836-4.
  64. 64,0 64,1 Baháʼí International Community (6 June 2000). „History of Active Cooperation with the United Nations“. (Press release). Retrieved 25 September 2013.
  65. Baháʼí World News Service (8 September 2000). „Bahaʼi United Nations Representative addresses world leaders at Millennium Summit“. Retrieved 21 October 2021.
  66. 66,0 66,1 66,2 Hassall, Graham (1993). „Notes on the Babi and Bahaʼi Religions in Russia and its territories“. Journal of Baháʼí Studies. 05 (3): 41-80, 86. doi:10.31581/JBS-5.3.3(1993). Retrieved 2010-02-18.
  67. ibn-Kalanter, Ish’teʼaʼl (March 2, 1914). „Mirza Abdul-Fazl“. Star of the West. 14 (19): 318-9. Retrieved 2010-02-19.
  68. ʻAbdu’l-Bahá (1909). Tablets of Abdul-Baha ʻAbbas. Chicago, USA: Baháʼí Publishing Committee. pp. 641-2.
  69. Hassall, Graham (1993). „Notes on the Babi and Bahaʼi Religions in Russia and its territories“. Journal of Baháʼí Studies. 05 (3): 41-80, 86. doi:10.31581/JBS-5.3.3(1993). Retrieved 2010-02-18.
  70. „Община Бахаи Узбекистана до революции“.
  71. Momen, Moojan (1994). „Turkmenistan“. draft of „A Short Encyclopedia of the Bahaʼi Faith“. Baháʼí Library Online. Archived from the original on 9 May 2008. Retrieved 2008-05-21.
  72. "Notes on the Babi and Bahaʼi Religions in Russia and its territories". Journal of Baháʼí Studies. 05 (3): 41-80, 86. doi:10.31581/JBS-5.3.3(1993)
  73. Effendi, Shoghi (1936-03-11). The World Order of Baháʼu’lláh (1991 first pocket-size ed.). Haifa, Palestine: US Baháʼí Publishing Trust. pp. 64-67.