Kontent qismiga oʻtish

Ferroqotishmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ferroqotishmalar - temir (Fe)ning kremniy (Si), marganes (Mg), xrom (Cr) va boshqa elementlar bilan qotishmalari. Metallurgiya sanoati uchun xomashyo (chala mahsulot) hisoblanadi. Tarkibida temir faqat qoʻshimcha sifatida ishlatilgan baʼzi qotishmalar (mis, silikomarganes, silikokalsiy) hamda texnik jihatdan sof boʻlgan baʼzi metallar va nometallar (metall marganets, metall xrom, kristall kremniy) ham shartli ravishda ferroqotishmalar jumlasiga kiritiladi. Ferroqotishmalarning suyuqlanish temperaturasi sof metallning suyuqlanishidan pastroq boʻladi. Shuning uchun ferroqotishmalar suyuq poʻlatga qoʻshilganda ular osongina eriydi. Ferroqotishmalar rudalar yoki konsentrlangan elektr pechlar va suyuqlantirish shaxtalari (gorn)larda olinadi.