Kontent qismiga oʻtish

Fon togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fon togʻlariPomir-Olay sistemasidagi baland togʻlar. Zarafshon va Turkiston tizmalari oraligʻida. Shimoldan Zarafshon vodiysi, gʻarbdan Kishtut daryosi vodiysi va sharqdan Fondaryoning chuqur darasimon vodiysi bilan chegaradosh. Eng baland joyi Chimtargʻa togʻi (5489 m). Fon togʻlarida Iskandarkoʻl bor. Oʻrtacha balandlikdagi qismlarida oʻrmon, oʻtloqi dasht landshaftlari asosiy oʻrin tutadi. Baland togʻlar alp va subalp oʻtloklari, choʻqqilari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Yon bagʻrilarida qoya va qurum koʻp. Yanvarning oʻrtacha harorati — 10-15°; iyulniki 10-15°. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Fon togʻlaridan Toshkent-Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Turistlar koʻp keladi.