Kontent qismiga oʻtish

Fotima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fotima bintu Muhammaddan yoʻnaltirildi)

Fotima (r.a) (taxminan 605/606, Makka – 632/633, Madina) — Muhammadning payg'ambar (s.a.v) kenja qizi.Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va boshqalar), shuningdek, barcha sayyidlar Fotima (r.a) va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima (r.a) goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro (Guldek) ismi ham qoʻshib aytiladi. Fotima(r.a)ning 5 farzandi: 3 oʻgʻil (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummu Gulsum va Zaynab) boʻlgan edi. Muhammad payg'ambar (s.a.v) vafotidan olti oydan soʻng Fotima (r.a) olamdan oʻtgan. Madinaga borgan shia ayollar Fotima (r.a) qabrini ziyorat qiladi.[1]