Foydalanuvchi:Didosh Jurayeva/Edita Piekha
Didosh Jurayeva/Edita Piekha | |
---|---|
Tavalludi |
Édith-Marie Piecha 31-iyul 1937-yil |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1955 |
Veb-sayti | edyta.ru |
Edita Stanislavovna Piekha - rus aktrisasi. Peopleʼs Artist of the USSR (1988-yil) mukofotini olgan uchinchi ayol aktrisasidir. Edita Piekha – insonparvarlik ishlari uchun taniqli jamoat faollari va Rossiyadagi yetimxonalarga yordam bergan.
Hayot va ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edita Piekha 1937-yilda Fransiyaning Noyelles-sous-Lens shahrida tugʻilgan. Otasi oddiy ishchi Stanislav Piecha, onasi Felicja Korolewska boʻlgan. 1945-yildan 1955-yilgacha Edita Piekha Polsha shahrida yashagan. Polshada musiqa oʻrgangan hamda, qoʻshiqchilar jamoasiga qoʻshilgan. Maktabda rus tilini yaxshi oʻrgangan va sinfning eng yaxshi oʻquvchilaridan boʻlgan.
1955-yilda Piekha Leningrad davlat granti bilan psixologiyani oʻrganish uchun koʻchib oʻtgan[1]. 1955-yildan 1957-yilgacha Zhdanov Leningrad davlat universitetida oʻqigan. Kompozitor va pianist Aleksandr Bronevitsky bilan uchrashgan hamda birgalikda Rossiyadagi Druzhba nomli birinchi mashhur guruhni tashkil etishgan[1]. Guruh SSSRda shuhrat qozongan.
1956-yilda Piekha Leningrad konservatoriyasida oʻqishni boshlagan. 1957-yilda Druzhba va Edita Piekha ansambli Moskvada boʻlib oʻtgan VI Jahon Yoshlik va Talabalar Festivalida oltin medalni qoʻlga kiritgan va bu birinchi mukofoti boʻlgan. Festivalda Piekha 130 mamlakatdan kelgan xalqaro tinglovchilarga mashhur „Moscow Nights“ musiqasini ijro etganligi bilan tarixga kirgan. 1968-yilda Sofiya IX Jahon Yoshlik va Talabalar Festivalida „Ogromnoe nebo“ qoʻshigʻi bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. 2000-yillarda Piekhaning chiqishlari rus televideniyesida bir necha bor namoyish etilgan. Piekha 1955-yildan beri Sankt-Peterburgda yashagan. Qizi Ilona Bronevitskaya va nabirasi Stas Piekha Rossiyada mashhur qoʻshiqchi va aktrisalar boʻlgan[3]. Piekha 1998-yilda Moskva Yulduzi mukofotini olgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Biography of Piecha (in Polish)
- ↑ Ogromnoe Nebo. In Russian.
- ↑ Ilona Bronevitskaya. IMDb.