Foydalanuvchi:Dilorom Tursunova
Hayoti va ijodi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon Turmuhammedov 1941-yili Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi G'ishti mahallasida tavallud topgan. 1965- yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakultetini tugatgan. Uch marta respublika pedagogik oʻqishlari ishtirokchisi. Ellikdan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalari markaziy matbuotda eʼlon qilingan. Hamkorlikda uchta risola va "Fizikadan masalalar toʻplami" chop etilgan. Oliy toifali fizika oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi. U. Turmuhammedov badiiy ijod bilan ham shugʼullangan. Uning “Bahor yomgʻiridan soʻng” (2000), “Koʻngil qoʻriqxonasiʼʼ( 2001), “Bobomdan qolgan yurt” ( 2003), “Moziy sabogʻi” (2004), “Ikkinchi umrʼʼ (2009) kabi nazmiy va nasriy toʻplamlari eʼlon qilingan.
Usmon Turmuhammedov 2019-yili Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida vafot etgan.
,,Ikkinchi Umrʼʼ kitobi haqida.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijodkor oʻz qalamiga mansub “Ikkinchi umrʼʼ deb nomlangan sheʼrlar va hikoyalar toʻplami haqida shunday deydi: “Ikki umr... Bir qarashda bu gʻalati koʻrinadi. Lekin... Oltmish yoshgacha turli shoʻxliklar, nafs gʻalvalari, amal talashishlar kabilarning boʻlish ehtimoli kattaroq. Oltmish yoshdan keyin esa quyilish, oʻtganlarni eslash, bosiqlik, hikmatli boʻlish ustunlik qiladi. Shveytsariyalik ruhshunos Yung odamning haqiqiy hayoti oltmish yoshdan keyin boshlanadi, deganida u balki shu maʼnoda haq boʻlsa kerak. Shu nuqtayi nazardan yondashilsa, oltmish yoshdan keyingi umrni Ikkinchi umr deyish mumkin.
Kishilar hayotidan koʻz yumgach, ularning yaxshi amallari-yu, yozgan asarlari boshqalar tomonidan eslansa, buni ham Ikkinchi umr deyish mumkin.
Istardimki, bu ikki xil umr sohibi boʻlish hammaga nasib etsin. Orzuga ayb yoʻq-ku, axir.ʼʼ
Bu umrim-ku oʻtdi ayriliq sari,
Sensiz ayro menga yashamoq, nechun?!
Ikkinchi umrimdan topgayman Seni,
Ketmoqdaman qaytib kelmoqlik uchun.
(Usmon Turmuhammedov)
Usmon Turmuhammedov 2019-yilning 6-dekabrida bu yorugʻ olamdan koʻz yumdilar.
Yaxshidan bogʻ qoladi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bizga qoldirgan ilmiy va badiiy meroslari bilan birgalikda goʻzal bogʻlarini tilga olmasak boʻlmaydi.
Usmon Turmuhammedov bilan yaqin qarindosh boʻlganligim sababli, yoshlik chogʻimni eslasam ular ham yodimga keladilar. Bizning koʻchamizda kichik hovlilari bor edi. Ammo u hovlida hech kim yashamaydi, shunday boʻlishiga qaramasdan, u yer jannatning oʻzi edi. Usmon Turmuhammedov yetmish yoshdan oʻtganlariga qaramay, bu hovliga har kunda bir kelmasa, yuraklarining bir kami toʻlmas edi. Men baʼzida shoirlik darslaridan saboq olish uchun dadam bilan birgalikda ularning hovlisiga borar edik. Bu hovli manzarasidan rohatlanib qaytardim.
Uzum, olma, yongʻoq, behi, anor, nok, anjir... Barcha mevalar daraxtda tizilib turardi. Yerda quvonib, yayrab oʻsayotgan rayhonlar ham hovli tomon kirib borishingizda, sizga tashakkur bildirgandek boshlarini egib qoʻyar, qip-qizil atirgullar kulgichlarini koʻrsatib, marhamat degandek sizni uyga kirish eshigigacha kuzatib qoʻyar edilar...
Ammo vafotlaridan soʻng, bu ogʻir judolikni nafaqat marhumning yaqinlari balki bu koʻrkam bogʻ ham koʻtarolmay yigʻlagan boʻlsa kerak.
Milliy Hind bayramlari.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindiston Mustaqilligi kuni har yili 15 avgustda nishonlanadi. Ikkinchi milliy bayram - Respublika kuni.Bu 26-yanvar kuni nishonlanadi. Gandi tavallud kuni butun mamlakat bo'ylab 2 oktyabr kuni nishonlanadi.
Mashhur bayramlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bundan tashqari, mamlakatning turli viloyatlarida turli dinlar, e'tiqodlar va millatlar bayramlari nishonlanadi. Eng mashhur va ko'p sonli hind dinlari bayramlari. Ulardan eng kattasi - Divali ko'p kunlik yorug'lik bayrami bilan nishonlanadi (bayramning nomi Sanskrit tilidan "olovli shamchiroq" deb tarjima qilinadi). Ko'p bayramlar zulmatda nurning g'alabasini anglatadi va karnaval marosimlari, otashinlar, qo'shiq va raqslar bilan birga keladi. Divali odatda oktyabr yoki noyabrda nishonlanadi va besh kun davom etadi.
Hindistonning boshqa yirik tantanalari orasida, "ranglar bayrami" - Holi (suzuvchi sana) haqida so'z bo'lishi kerak. Dunyo bo'ylab allaqachon ma'lum bo'lgan va uning ko'plab burchaklarida nishonlangan. Boshqa hind festivallari: Pongal (yig'im-terim uchun minnatdorlik bayrami, 15 yanvar), Rama-navami (Rama, 13-aprel kuni paydo bo'lishi), Krishna -janmashtami (Krishna qiyofasi kuni, 24-avgust).