Foydalanuvchi munozarasi:Dilorom Tursunova
Usmon Turmuhammedov 1941-yili Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi G'ishti mahallasida tavallud topgan.1965- yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakultetini tugatgan. Uch marta respublika pedagogik oʻqishlari ishtirokchisi. Ellikdan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalari markaziy matbuotda eʼlon qilingan. Hamkorlikda uchta risola va "Fizikadan masalalar toʻplami" chop etilgan.Oliy toifali fizika oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi.
U.Turmuhammedov badiiy ijod bilan ham shugʼullangan.Uning “Bahor yomgʻiridan soʻng” (2000), “Koʻngil qoʻriqxonasiʼʼ( 2001), “Bobomdan qolgan yurt” ( 2003), “Moziy sabogʻi” (2004), ,,Ikkinchi umrʼʼ(2009) kabi nazmiy va nasriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Usmon Turmuhammedov 2019-yili Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida vafot etgan.
Ijodkor oʻz qalamiga mansub “Ikkinchi umrʼʼ deb nomlangan sheʼrlar va hikoyalar toʻplami haqida shunday deydi: “Ikki umr... Bir qarashda bu gʻalati koʻrinadi. Lekin... Oltmish yoshgacha turli shoʻxliklar, nafs gʻalvalari, amal talashishlar kabilarning boʻlish ehtimoli kattaroq. Oltmish yoshdan keyin esa quyilish, oʻtganlarni eslash, bosiqlik, hikmatli boʻlish ustunlik qiladi. Shveytsariyalik ruhshunos Yung odamning haqiqiy hayoti oltmish yoshdan keyin boshlanadi, deganida u balki shu maʼnoda haq boʻlsa kerak. Shu nuqtayi nazardan yondashilsa, oltmish yoshdan keyingi umrni Ikkinchi umr deyish mumkin.
Kishilar hayotidan koʻz yumgach, ularning yaxshi amallari-yu, yozgan asarlari boshqalar tomonidan eslansa, buni ham Ikkinchi umr deyish mumkin. Istardimki,bu ikki xil umr sohibi boʻlish hammaga nasib etsin. Orzuga ayb yoʻq-ku,axir.ʼʼ
Bu umrim-ku oʻtdi ayriliq sari, Sensiz ayro menga yashamoq, nechun?! Ikkinchi umrimdan topgayman Seni, Ketmoqdaman qaytib kelmoqlik uchun.
(Usmon Turmuhammedov)
Yaxshidan bogʻ qoladi.
Usmon Turmuhammedov 2019-yilning 6-dekabrida bu yorugʻ olamdan koʻz yumdilar. Bizga qoldirgan ilmiy va badiiy meroslari bilan birgalikda goʻzal bogʻlarini tilga olmasak boʻlmaydi.
Usmon Turmuhammedov bilan yaqin qarindosh boʻlganligim sababli, yoshlik chogʻimni eslasam ular ham yodimga keladilar.Bizning koʻchamizda kichik hovlilari bor edi.Ammo u hovlida hech kim yashamaydi, shunday boʻlishiga qaramasdan,u yer jannatning oʻzi edi. Usmon Turmuhammedov yetmish yoshdan oʻtganlariga qaramay, bu hovliga har kunda bir kelmasa, yuraklarining bir kami toʻlmas edi. Men baʼzida shoirlik darslaridan saboq olish uchun dadam bilan birgalikda ularning hovlisiga borar edik. Bu hovli manzarasidan rohatlanib qaytardim.
Uzum,olma,yongʻoq,behi,anor,nok, anjir...Barcha mevalar daraxtda tizilib turardi.Yerda quvonib, yayrab oʻsayotgan rayhonlar ham hovli tomon kirib borishingizda,sizga tashakkur bildirgandek boshlarini egib qoʻyar, qip-qizil atirgullar kulgichlarini koʻrsatib, marhamat degandek sizni uyga kirish eshigigacha kuzatib qoʻyar edilar... Ammo vafotlaridan soʻng,bu ogʻir judolikni nafaqat marhumning yaqinlari balki bu koʻrkam bogʻ ham koʻtarolmay yigʻlagan boʻlsa kerak.
Dilorom Tursunova bilan munozara boshlang
Talk pages are where people discuss how to make content on Vikipediya the best that it can be. Start a new discussion to connect and collaborate with Dilorom Tursunova. What you say here will be public for others to see.