Foydalanuvchi:FMIOPH2024
FARGʻONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro nomi |
Ferghana Medical Institute of Public Health |
---|---|
Turi | institut |
Asos solingan sanasi | 2020-yil |
Rektori | Sidikov Akmal Abdikaharovich |
Fakultetlar | 3 ta |
Talabalari | 4421 nafar |
Professorlari | 18 |
Oʻqituvchilari | 648 |
Manzili |
Oʻzbekiston Fargʻona shahri , Fargʻona , Oʻzbekiston |
Kampusi | 2 ta |
Veb-sayti | www.fjsti.uz |
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (FJSTI) – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, Respublika va Oʻrta Osiyo mintaqasidagi malakali, chuqur bilimga ega shifokorlarni yetishtirib beruvchi oliy bilim maskani hisoblanadi.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 1992 yil 28 may kunidagi 189 va 311-sonli qoʻshma buyruqlari asosida Fargʻona Davlat universiteti qoshida „Tibbiyot Markazi“ sifatida tashkil qilingan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-qarori bilan Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot institutining Fargʻona filialiga aylantirildi va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 780-sonli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filialiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4911-sonli „Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali negizida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va oʻquv, ilmiy va maʼrifiy sohalarda doimiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Institut oʻz faoliyati davomida 2000 dan ortiq malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-1997 yillari | K.M.Mirzayev |
---|---|
1997-2005 yillari | Yu.N.Nishonov |
2005-2012 yillari | M. A. Abduraxmonov |
2012-2015 yillari | R.J. Usmanov |
2015-2017 yillari | X.A. Mamatqulov |
2017-2021 yillari | G.N. Sultanov |
2021−hozirgacha | A. A. Sidikov |
2021− yildan shu kungacha institut rektori sifatida Sidikov Akmal Abdikaharovich faoliyat yuritib kelmoqda
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi:
– Biotibbiyot muxandisligi
– Tibbiy profilaktika
– Davolash ishi
– Xalq tabobati
– Farmatsiya
– Stomatologiya
– Pediatriya
Magistratura taʼlim yoʻnalishi boʻyicha: – Akusher ginekologiya – Otorinolaringologiya – Oftalmologiya – Umumiy Xirurgiya – Urologiya – Terapiya – Gigiena – Onkologiya – SS boshqarish – Morfologiya
Klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishi boʻyicha: – Akusher ginekologiya – Allergologiya – Anestiziologiya va reanimatologiya – Bolalar nevrologiyasi – Labaratoriya ishi – Mexnat gigienasi – Nevrologiya – Oftolmologiya – Pediatriya – Terapiya – Travmatologiya – Xirurgiya
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik oʻquv bazalari 1. Ichki kasalliklar propedevtikasi RSHTYoIM Fargʻona filialida joylashgan. 2. 1-son Ichki kasalliklar klinik kafedrasi Fargʻona shahar 1-sonli shifoxonasida joylashgan. 3. 2-son ichki kasalliklar klinik kafedrasi Fargʻona shahar 1-sonli shifoxonasida joylashgan. 4. Pediatriya klinik kafedrasi Fargʻona viloyat bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasida joylashgan. 5.Jarrohlik kasalliklari klinik kafedrasi RSHTYoIM Fargʻona filialida joylashgan. 6. Travmatologiya, akusherlik va ginekologiya klinik kafedrasi Fargʻona viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan. 7. Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar klinik kafedrasi Fargʻona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida joylashgan. Institutda 4 yoʻnalishda qoʻshma taʼlim dasturi va „MMBS“ xalqaro dastur oʻz ishsini boshladi – Davolash ishi – Pediatriya ishi – Farmatsiya – Stomotalogiya
Tuzilma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fakultetlar
Kafedralar
- Jamoat salomatligi sogʻliqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va sport kafedrasi
- Pediatriya kafedrasi
- Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi
- Kommunal va mehnat gigienasi kafedrasi
- Tibbiy kimyo va biologik kimyo kafedrasi
- Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi
- Ovqatlanish, bolalar va oʻsmirlar gigienasi kafedrasi
- Lotin tili, pedagogika va psixologiya
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
- Biofizika va axborot texnologiyalar kafedrasi
- Gistologiya va biologiya kafedrasi
- Anatomiya kafedrasi
- Patalogik fiziologiya kafedrasi
- Xalq tabobati va farmakologiya kafedrasi
- Fiziologiya kafedrasi
- Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi
- Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi
- Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
- Stomatologiya va otoloringologiya kafedradsi
Xalqaro va mahalliy abituriyentlar quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olishlari mumkin
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davolash ishi – 6 yil;
Pediatriya ishi – 6 yil;
Stomatologiya – 5 yil;
Tibbiy profilaktika ishi – 5 yil;
Oliy hamshiralik ishi – 4 yil;
Xalq tabobati – 4 yil;
Biotibbiyot muxandisligi – 4 yil;
Farmatsiya – 5 yil.
FJSTI texnikum va klinikalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2-Fargʻona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
1-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
2-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Qoʻqon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Fargʻona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi