Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Jumabekyusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu maqola shahar haqidadir. Mavzuning boshqa maʼnolari uchun Toshkent (maʼnolari) ga qarang.

Toshkent
Poytaxt
Bayroq

Gerb

41°18′0″N 69°16′0″E G OKoordinatalari: 41°18′0″N 69°16′0″E G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Ichki boʻlinishi 12 tuman
Hukumat
Hokim Jahongir Ortiqxoʻjayev
Ilk eslatilishi Eramizdan avvalgi 5—3 asr
Avvalgi nomlari Yuni, Choch, Shosh (Madina-ash-Shash) va Binkat
Maydon 334.8 km2 (129.3 mi²)
Markazi balandligi 455 m
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi

(2021)

2 694 400
Zichligi 8000.5 kishi/km2
Milliy tarkib
Konfessiyaviy tarkib
Etnoxoronim toshkentlik (lar)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 71
Pochta indeks(lar)i 100 000
Avtomobil kodi 01—09
Toshkent

ToshkentOʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.

Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. 1630-yildan 1729-yilgacha Toshkent shahri Qozoq xonligining rasmiy poytaxti boʻlgan. XVIII—XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.

Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi.