Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Jumabekyusupov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavzu:IT haqida tushuncha

Eslatma: IT- bu qisqartma so'z bo'lib keng. information technology(ing. ) ya'ni information-axborot, technology-texnologiya axborot texnologiyasi degan ma'noni anglatadi.

1.Axborot nima o'zi?

Axborot informatikaning asosiy tushunchasi bo'lib, ko'p ma'noni o'z ichiga oladi. Axborot deganda biz barcha sezgi a'zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta'sirini, bog'liqlik darajasini tushunamiz. Axborot har xil ko'rinishda bo'ladi. Misol uchun: rasm, chizma, yozuv, nur, tovush va boshqa ko'rinishda. Hayotiy misollardan biri bu miya impuls va reflekslari orqalidir. Siz aynigan ovqat yesangiz, miya siz uchun axborot beradi. Faqat boshqacha usulda, ya'ni og'riq orqali. Miya impulslari sizga xabar bergandan so'ng, siz og'riqqa chora ko'rasiz. Dori ichasiz, doktorga ko'rinasiz. Agar bunday qilmasangiz oxiri yaxshi bo'lmaydi.

2.Moddiy axborot haqida tushuncha

Xabar axborotning moddiy shakli bo'lib xizmat qiladi, axborot esa inson tomonidan shu xabar asosida hosil qilinadigan nomoddiy mazmundir. Masalan, biror shakl yoki tovush xabarga misol bo'lsa, bu xabar ikki insonda ikki xil mazmundagi axborotni hosil qilishi mumkin. Shuning uchun xabarni to'g'ri yetkazish kerak. Masalan, agar bior kimsa "yerga kometa yaqinlashadi" degan xabarni "yerga kometa tusharkan" deb ovoza qilsa hamma vahimaga tushadi. Qo'rquv paydo bo'ladi. Yolg'onligini bilishgach qonun oldida javob berasiz.

3.Axborot texnologiyalari

Axborot texnologiyalariga yaqqol kompyuterni misol qilish mumkin. Kompyuter, axborot, axborotli model va algoritm informatikani tashkil etadi. Agar o'tmishga qaytsak, axborot kabutarlar, choparlar, elchilar orqali yuborilgan. So'ng fax, telegraph, pochta oqali yuborilgan. Hozirgi davrda internet yaralgandan so'ng axborotlarni yuborishga bir necha soniya kifoya.

4.Axborot qoldirish

Axborot berishning yana bir usuli bu - kitob va yozuv shaklidadir. Ota-bobolarimiz shu usuldan foydalanishgan. Bulardan ba'zilari tarix haqida axborotlardir. Agar tarix haqida axborot bo'lmaganda, Islom Karimov aytgandek, "Tarixsiz - kelajag yo'q". Har bir xalqning o'tmishi haqida axborot bo'ladi.

5. Informatikaning yo'nalishlari

Informatika fanining asosiy rivojlanish yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

• hisoblash sistemalari va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish;

• uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan bog'liq jarayonlarni o'rganadigan axborot nazariyasi;

• inson bajarayotganda aniq bir intellektual kuch (mantiqiy xulosa, o'qitish, nutqni tushunish, vizual idrok etish, o'yinlar va hokazo)ni talab qiladigan masalalarni hal etuvchi dasturlar ishlab chiqishni ta'minlaydigan sun'iy intellekt usullari;

• loyihalashtirilayotgan sistema vazifasi tahlili va ular javob berishi kerak bo'lgan talablarni aniqlashni o'z ichiga olgan sistemali tahlil;

• mashina grafikasi usullari, animatsiya, multimedia, 3D, dizaynerlik, frilanserlik vositalari;

• butun insoniyatni yagona axborot uyushmasiga birlashtiruvchi global kompyuter tarmogʻini ham oʻz ichiga oluvchi telekommunikatsiya vositalari;

• ishlab chiqarish, fan, ta'lim, tibbiyot, savdo, qishloq xo'jalik va boshqa turdagi barcha xo'jalik hamda ijtimoiy faoliyatni oʻz ichiga oluvchi turli xil ilovalar ishlab